Investitsiya hajmi deb solingan kapitalning qiymat formada ifodalangan
miqdoriga aytiladi. (Absolyut miqdor, ... so`m yoki AQSH dollarida ifodalanadi).
Investitsiya normasi esa uning hajmini yalpi milliy mahsulotga yoki yalpi
ichki mahsulotga bo`lish natijasida olinadi. (Nisbiy miqdor, foizlarda
ifodalanadi).
Investitsiya ko`rsatkichlari joriy va solishtirma baholarda hisoblanadi va
ifodalanadi. Bunda solishtirma narxlardagi hisob-kitoblar faqat so`mda emas,
balki AQSH dollarida ham amalga oshiriladi, bu esa birinchidan, hisoblanayotgan
ko`rsatkichlarga bahoning (inflyatsiyaning) ta`sirini bartaraf qilishga, ikkinchidan.
so`mning xalqaro kursidagi o`zgarishlarni ta`sirini ham bartaraf qilishga olib
keladi va shu bilan birga O`zbekistonning investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarini
boshqa mamlakatlardagi xuddi shunday ko`rsatkichlar bilan bevosita taqqoslash
imkoniyatini yaratadi.
Investitsiyalar haqidagi ma`lumotlar guruhlari bo`yicha korxona va
tashkilotlarning statistik hisobot formasi № P-2 «Investitsiyalar haqida
ma`lumotlar»da va «Investitsion faoliyat haqidagi ma`lumotlar»ning ilovasida
keltiriladi va bu sohadagi statistikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
investitsiyalar tarkibini va manbasini statistik o`rganish;
kapital qo`yilma sifatida amalga oshirilishi investitsiyalarni
o`rganish;
nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarni o`rganish;
investitsiyalar samaradorligini statistik baholash va h.k.
16.2. Investitsiyalar tarkibini statistik o`rganish.
Investitsiyalar tarkibi bir necha yo`nalishlar bo`yicha o`rganiladi.
Iqtisodiy aktivlar bo`yicha investitsiyalar ikkiga bo`linadi:
moliyaviy investitsiyalar – moliyaviy aktivlarga qo`yiladi. Ular
xo`jalik tashkilotlari tomonidan banklarga, qimmatbaho qog’ozlar va boshqa
korxonalar ustav fondiga, davlat va mamlakat zayom obligatsiyalariga, boshqa
tashkilot va korxonalarga kreditlar berish yo`li bilan amalga oshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |