O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Milliy boylik haqida tushuncha/ 2. Monetar oltin nima? 3. Asosiy fondlarning mohiyati. 4. Asosiy fondlarning eskirish deganda nimani tushunasiz? 5. Asosiy fondlarning baholash usullari. 6. Fond qaytimi nima va u qanday hisoblab topiladi? 7. Fond bilan qurollanish koeffitsientini qanday aniqlaymiz? 8. Amortizatsiya normasi deganda nimani tushunasizq? 156 Mavzu 16. INVESTITSIYALAR VA INVESTITSION FAOLIYAT STATISTIKASI Reja: 16.1. Investitsiyalar va investitsion faoliyat haqida tushuncha. 16.2. Investitsiyalar tarkibini statistik o`rganish. 16.3. Kapital qo`yilmalar va ularning moliyaviy manbalari 16.4. Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash. Tayanch iboralar: Investitsiyalar, investitsiya faoliyati, moliyaviy investitsiyalar va ularning formalari, nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalar, investitsiya hajmi, investitsiya nomasi, portfel investitsiya, annuitet. 16.1. Investitsiyalar va investitsion faoliyat haqida tushuncha. Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos holda faoliyat olib borishi uchun muntazam ravishda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim. Burning uchun yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni, xomashyo va materiallarni sotib olish, xodimlar malakasini oshirish lozim bo`ladi. Bunday holatni muntazam ravishda saqlab turish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ma`lum miqdordagi kapitalga ega bo`lishlari kerak. Ammo amalda doim ham shunday bo`lavermaydi. SHuning uchun rahbarlar va menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion mablag’lar manbalarini qidirib topish masalasi ko`ndalang turadi. O`zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni boshqarish asosi bo`lib quyidagi qonunlar hisoblanadi: 1. «Kapital qo`yilmalar sifatida amalga oshiriladigan investitsion faoliyat haqida»gi (2001 yil) qonuni; 2. «O`zbekiston Respublikasidagi xorij investitsiyalari haqida»gi (2002 yil) qonuni. Bu hujjatlarda investitsion faoliyatning asosiy holatlari va kategoriyalari keltirilgan va biz bu kategoriyalarning asosiylari mohiyatini ko`rib chiqamiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlar bozori bilan birga, kapital bozori ham mavjud bo`lib, u har xil moliyaviy bozorlar yig’indisidan tashkil topadi. Moliyaviy bozorlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda kapital egalari (investorlar) pul mablag’larini taqdim etib, daromadni esa kelajakda talab qiladilar, shu bozorning boshqa qatnashchilari kapital sotib olib, uni harakatga keltiradilar, o`z loyihalarini amalga oshiradilar, foyda ko`rishni rejalashtiradilar va kelajakda ko`rgan foydalarining ma`lum qismini kapital egasiga foiz sifatida qaytarib beradilar. Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda etakchi o`rinni egallaydi, chunki investitsiya orqali kapital jamg’armalari jamg’arishiga va uning natijasida mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o`sishga erishiladi. Bizning fikrimizcha, investitsiya – uzoq muddatli resurs qo`yilmalari bo`lib, ular yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va eskilarini modernizatsiya 157 qilish, texnika va texnologiyalarning yangi turlarini o`zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini orttirish va sifatini yaxshilash va shu asosda ko`zlangan foyda (daromad)ni olishdir. Investitsiyalash asosida milliy iqtisodiyot miqyosida ayrim regionlar iqtisodiy potentsiali tenglashtiriladi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi qing’irliklar bartaraf etiladi, shahar va qishloqlar ko`rkiga ko`rk qo`shiladi. Investitsiya lotincha «invest» so`zidan olingan bo`lib, uning aynan tarjimasi «solish» degan ma`noni anglatadi va u juda keng ma`nodagi tushuncha. Bir xil investorlar kapitalni korxona yoki kafeni qurishga yoki sotib olishga yo`naltiradilar, boshqalar ishlab chiqarish uskunalarini yoki potok liniyalarini sotib oladilar, uchinchilar mablag’larini aktsiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qimmatbaho qog’ozlarga qo`yadilar; to`rtinchilar o`z jamg’armalarini o`zlarining ilm va madaniy saviyalarini ko`tarish uchun sarflaydilar, beshinchilar pul mablag’larini bank depozitiga ma`lum foiz asosida qo`yadilar, oltinchilar ma`lum mahsulot ishlab chiqarish uchun patent yoki litsenziya sotib oladilar, ettinchilar kapitalni kollektsionlashtirish uchun qo`yadilar, kitoblar, markalar sotib oladilar va h.k. Bularning barchasi investitsiya bo`lib hisoblanadi, shuning uchun investitsiyaga yagona, har tomonlama ta`rif berib bo`lmaydi, chunki u juda keng va chuqur ma`nodagi ishlab chiqarish munosabatlarini o`zida aks ettiradi. Investitsiyalar birinchi navbatda yalpi ichki mahsulot bir qismining harakati bo`lib, ular milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish parametrlarini aniqlab beradi, iste`mol va iqtisodiy o`sish qat`iyligini, ijtimoiy rivojlanishning kelajagini real aks ettiradi. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati bo`yicha qarash va nuqtai nazarlarni tahlili shuni ko`rsatdiki, turli iqtisodiy fanlar va amaliy faoliyatlarda ular turlicha talqin qilinadi. Umumiy iqtisodiy fanlarda investitsiyalar – kapitalni jamg’arish jarayoni deb qaraladi. Moliya nazariyasiga ko`ra, ular bo`lajak natijalarni qo`lga kiritish maqsadida, mazmuni bo`yicha, hozirgi kapital harakatlarni bildiradi. BMTning 1953 yilda qabul qilgan MHTda va shu asosda 1995 yilda qabul qilingan Evropa MHTda investitsiya tushunchasi kengaytirilgan holda o`rganilib, asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, unumdorlikni oshirish yoki xizmat qilish muddatini ko`paytirish maqsadida asosiy kapital elementlarini qayta qurollantirish bilan bog’liq xarajatlardan chiqariladi. Bizning fikrimizcha, investitsiyalarning ta`rifida ularni mohiyatini bildiruvchi maqsad va funktsiyalari o`z aksini topishi zarur va u avvalo, sarmoya egasi uchun daromad manbai bo`lib hisoblanadi. U donor (sarmoya egasi)ning bo`sh pul mablag’larini muomalaga kiritish orqali unga qo`shimcha daromad keltiradi, ammo bunday faoliyat mavjud bo`lgan aniq va noaniq risklar bilan bog’liq ekanini esda tutish kerak. SHu bilan birga investitsiya aktseptor (sarmoya jalb qiluvchi) uchun ham foydali hisoblanadi. Odatda, investitsiya uchun sarmoya egasiga to`lanadigan haq (foiz, dividend va h.k. shaklida) kredit uchun to`lanadigan foizdan past bo`lishi uning aktseptor uchun qanchalik manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Investitsiyalarning mohiyati rejali, bozor va o`tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan investitsion faoliyat qatnashchilari, moliyalashtirish 158 manbalari, investitsiya riski, investitsion tsikl axborot bazasi, loyihani amalga oshirish sharoiti va h.k.lar bo`yicha farq qiladi. Investitsiyalarni kelib chiqish manbalariga qarab, ikki xilga: ichki va tashqi investitsiyalarga ajratish mumkin: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling