O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
16.4. Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash.
Investitsiyalarni statistik o`rganish masalalaridan yana biri ularning samaradorligini baholash hisoblanadi. Bunday holat korxona, firma, korporatsiya va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning rivojlanishi bo`yicha strategik maqsadlaridan kelib chiqib, ularda yangi ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollanish va boshqa tijoriy faoliyatdan kelib chiqadi. Bu ishlarning amalga oshirish uchun katta hajmdagi investitsiya mablag’lari kerak bo`lsa ham, lekin investitsion resurslar hajmi doim chegaralangan bo`ladi. SHuning uchun korxona investorlarini, rahbarlarini, menejerlarini qo`yilgan kapital qo`yilmalarni o`rnini qoplash qachon va qanday amalga oshiriladi yoki ularni samaradorligi qanday bo`lishi hammasini ham qiziqtiradi. Investitsiyalar samaradorligi darajasini o`rganishda statistika, iqtisodiyot nazariyasi uslublarini qo`llaydi. Uning samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash uslubiyati maxsus hujjat «Investitsion loyihalar samaradorligini baholash bo`yicha uslubiy tavsiyanomalar»da keltirilgan. Bundan ko`zlangan maqsad ob`ektlarni loyihalash jarayonida eng samaradorligini tanlab olishdan iborat 166 bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish jarayonidagi samaradorlikni aniqlashdan iborat. SHuning uchun samaradorlikni statistik baholash investitsion ob`ektlarni ham loyihalash, ham ulardan foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Investitsiyalar samaradorlik darajasini aniqlash maxsus hujjatlarda keltirilgan uslubiyotlardan katta farq qilmaydi, lekin ular endi amaliy ma`lumotlarga, ya`ni ob`ektlarni ekspluatatsiya qilish jarayonidagi ma`lumotlarga tayanadi. Ob`ektlar ishlatilayotgan sohalar, tarmoqlarni e`tiborga olgan holda tijorat, byudjet va umumiy iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari aniqlanadi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda boshlang’ich nuqta bo`lib, natija (samara)ni investitsion resurslarni barpo etish xarajatlariga bo`linadi. Natija sifatida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ma`lum davrda olgan sof daromadlari olinsa, investitsion xarajatlar sifatida barcha resurslar: pul, material, intellektual resurslar xarajatlari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlash uchun statistika quyidagi ko`rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: sof daromad, o`rnini qoplash muddati, investitsiyalar foydalilik indeksi va boshqalar. Korxonalar amaliyotida investitsiyalar samaradorligini aniqlashda har xil yo`nalishlar mavjud. Bunda muhim omil sifatida vaqt omili: joriy xarajatlar va olingan iqtisodiy naf hajmi hisoblanadi. Agar vaqt omili hisoblanmasa, olingan naf hajmi bir xil bo`lish ham mumkin, lekin u har xil vaqt davomida olingani uchun ularni solishtirib bo`lmaydi. Statistika amaliyotida kapital qo`yilmalarning amaldagi samaradorligini aniqlashda ikki xil yo`nalish mavjud. Birinchi yo`nalishda amaldagi investitsion xarajatlar va ularning amaliy natijalari vaqt omilini hisobga olmagan holda o`rganiladi. Ikkinchi yo`nalish har xil vaqtlardagi xarajatlarni diskontirlash orqali bir xil vaqtga va solishtirish mumkin bo`lgan holga keltirishga asoslanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling