O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

ichki investitsiyalar mamlakat milliy daromadining jamg’ariladigan 
qismi; 

tashqi xorij investitsiyalari bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o`tayotgan 
kapital oqimi bo`lib, ular ichki investitsiyalardan keskin farq qiladi. Ular 
mamlakatlararo ko`chadi, faqat o`z maqsadini ko`zlaydi, amal qilish sharoitlari 
o`zgaradi. Xorij investitsiyalari kirib kelishi kapital import qiluvchi 
mamlakatlarda soliq, ijara haqqi va boshqa tushumlarni ko`payishi ta`minlanadi. 
Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotining laureati (1990 yil) U.F.SHarp eng 
ommabop bo`lgan «Investitsiya» nomli darsligida investitsiyalar kelgusida 
(ehtimol, nomuayyan) qiymatni olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan 
qiymatdan voz kechishdir»
1
, deb ta`riflaydi. «Investitsiyalash» atamasining 
ma`nosini bu qo`llanma mualliflari: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan 
ajralishdir»
2
deb e`tirof etadilar. 
Investitsion faoliyat ikki makro va mikro darajada amalga oshiriladi. 
Birinchi darajada davlat va rahbar strukturalar amalga oshirsa, ikkinchisida esa 
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar – korxonalar, firmalar, kompaniyalar va boshqalar 
amalga oshiradilar. Ikkala holatda ham gap investitsiyalash strategiyasi, uning 
o`lchamlari va olingan natijalari haqida boradi. 
Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda, milliy iqtisodiyot 
miqyosida ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, «inson omili»ni 
rivojlantirishga, uy joy fondini, tovar zahiralarini orttirish va shu kabilarga 
qilingan chiqimlarning bir qismi tushuniladi. 
Mikroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda korxona, firma, 
korporatsiya, xolding va h.k. miqyosida kapitalni takror ishlab chiqarishga, 
zahiralar miqdorini orttirishga va shu kabilarga qilingan chiqimlarga, ya`ni 
foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qismini anglatadi. 
Meditsina tili bilan aytganda, investitsiya bu iqtisodiyotga qilingan 
«in`ektsiya» bo`ladi. U iqtisodiyotni sog’lomlashtiradi, bardam qiladi. 
Investitsiyalarning asosiy manbai jamg’arma, boshqacha aytganda milliy 
iqtisodiyot (uy xo`jaligi, korxona, firma, davlat)dagi yalpi daromadning iste`mol 
qilinmagan qismi hisoblanadi. Sarflanmagan daromadlar turli moliya institutlari
banklar, jamg’armalar va boshqalarda saqlanadi va kerak paytda tadbirkorlarga 
resurslar olish uchun qarzga beriladi. 
Amaliyotda uch xil investitsiya turlari mavjud: moliyaviy, moddiy va 
nomoddiy investitsiyalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling