O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Moliyaviy investitsiyalar – kapitalni har xil moliyaviy aktivlarga 
qo`yilishini anglatadi. Investorlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa xil 
qimmatli qog’ozlar sotib olib, boshqa korxonalarning faoliyatida ishtirok etish 
1
У.Шарп, Г.Александр, Ж.Бейли. Инвестиции. Пер. с англ. М.: INFRA, 1997, с.979. 
2
У.Шарп, Г.Александр, Ж.Бейли. Инвестиции. Пер. с англ. М.: INFRA, 1997, с.16 


159 
huquqiga ega bo`ladilar. Ular yana muddatli depozitga qo`yilgan bank 
qo`yilmalari, kreditlashning har xil formalari, erkin konvertatsiyalanadigan 
valyutani sotib olish ham kiradi. 
Moddiy investitsiyalar – material ob`ektlar yaratilishini taqozo qiladi. 
Ularga ko`chmas mulklar (binolar, inshootlar, er uchastkalari)ga, transport 
infratuzilmalariga: ishlab chiqarish uskunalari (stanoklar, mashinalar, potok 
liniyalar, texnologik komplekslar va h.k.)ga aylanma mablag’lar (xomashyo, 
materiallar, butlovchi qism va mexanizmlar)ga qo`yilgan qo`yilmalar kiradi. 
Boshqarish, moliyalashtirish va statistik nazariyasida bularni real yoki kapital 
hosil qiluvchi investitsiyalar deb ataladi. 
Nomoddiy investitsiyalar – investor kapitalini kengaytirish va qayta 
takror ishlab chiqarish uchun qo`yilgan nomaterial qo`yilmalar bo`lib, ular mulkiy 
mablag’lar balansida o`z aksini topmaydilar. Ular ishlab chiqarishni 
takomillashtirish uchun, firma yoki korxona xodimlari malakasini va ilm 
darajasini ko`tarish yoki mamlakat miqyosida «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi»ni amalga oshirish uchun qo`yilgan qo`yilmalar yoki keng ma`noda 
«inson intellektiga» qo`yilgan mablag’lar va patent va litsenziya, nou-xau 
(intellektual kapital), innovatsiyalar (kashfiyot yoki yangi texnika va texnologiya 
echimlari) uchun qo`yilgan qo`yilmalar kiradi. Bularga yana har xil ijtimoiy 
tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish uchun qo`yilgan qo`yilmalar kiradi. 
Amaliyotda mavjud bo`lgan investitsiyalarni quyidagi turlarga ajratiladi: 
1. Nimalarga sarflanishiga qarab: 
Sof investitsiyalar – asosiy kapital hajmini ko`paytirishga saiilanadi; 
YAlpi investitsiyalar – asosiy fondlarning hajmini ko`paytirishga va 
eskirishi o`rnini qoplashga sarflanadi; 
2. Investorning maqsadiga qarab: 
Bevosita investitsiyalar – muayyan xo`jalik sub`ektini boshqarishda
ishtirok etish huquqini olish va foyda chiqarish maqsadida uning ustav kapitaliga 
mablag’ solishdir; 
Portfel investitsiyalar – investorning aniq maqsadiga erishishi uchun 
xizmat qiladigan va bir butun qilib to`plangan turli qiymatlarning yig’indisidir; 
Annuitet (moliyaviy renta) – vaqti-vaqti bilan investorga muayyan 
daromad keltirib turadigan investitsiyadir. 
3. Investitsiya sub`ektlariga qarab: 
Xususiy investitsiyalar – o`z xususiy kapitali, zayomlar (shu jumladan, 
obligatsiya zayomlar), shuningdek, jalb etilgan kapital hisobidan amalga 
oshiriladi; 
Davlat investitsiyalari – byudjet ajratmalari, uzoq muddatli ssudalar 
va boshqa jalb etilgan resurslar hisobidan amalga oshiriladi. 
4. Tijoriy xatarga munosabatiga qarab: 
«Hisobga olingan xatarlarga borishga tayyor investor – biron-bir 
sub`ektga mablag’ solayotgan investor tadbirkor bo`lib, u qanday xatarga 
borayotganligini avvaldan hisoblagan; 
Har qanday xatarga borishga tayyor investor – o`yinchi tadbirkor 
hisoblanadi va u har qanday xatarni ham engishga tayyor bo`ladi. 


160 
5. Tayinlangan ob`ektiga qarab: 
Kapital investitsiyalar – real aktivlarga sarflanadi; 
Innovatsion investitsiyalar – texnikaning yangi avlod va yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqish va o`zlashtirishga sarflanadi; 
Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini va malakasini 
rivojlantirishga, ta`lim sohasiga, ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga va 
nomoddiy ne`matlarning boshqa shakllariga sarflanadi. 
Statistika amaliyotida real investitsiyalarni xarakterlash uchun ularning 
hajmi va normasi aniqlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling