O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
15.5. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida 
sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy 
asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy 
fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq 
elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi 
natijasida sodir bo`ladi. 
Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajratmalari faqat 
jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi: 
Т
Б
И
Х
И
БББ
А



bu erda,
A – yillik amortizatsiya ajratmalari; 
BBB – asosiy fondlarning to`la boshlang’ich (tiklash) qiymati 
IX – asosiy fondlarni yo`qotish xarajatlari (demontaj, ajratish
buzish va h.k.) 
IB – asosiy fondlarni yo`qotish vaqtida olingan materiallar, detallar 
va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar 
T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati. 
Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki 
nisbiy ko`rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi 
deb yuritiladi:
Ф
А
N
A
100


bu erda,
N
A
– amortizatsiya normasi; 
F – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati. 
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo`ladi. 
Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning 
darajasi nisbatan kichik bo`lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan 
(mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo`ladi. 
Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional-
chiziqli va tezlashtirilgan usullar. 
Professional-chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish 
davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar 
ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo`lsa, unda uning balansdagi qiymatining 
xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng 
bo`ladi. 
Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab 
chiqarishni tarkibiy o`zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo`ljallangan. 
U amortizatsiya me’yorining ikki marta ko`paytirilgan xajmiga teng bo`lib, 
ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi. 


151 
Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori 
40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa, 
foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda 
qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan 
ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi. 
Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda 
hislblanadi (72x0,4 va h.k.). 
Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash 
(almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan 
vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari 
qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul 
mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini 
yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali 
amalga oshiriladi. 
Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib boradi va 
ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy 
fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning 
amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta 
bo`lishi mumkin emas. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizatsiya 
ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy 
takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan 
asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan 
almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni 
moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial 
aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi. 
Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish 
uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga 
kiritilmaydi. 
Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun 
xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion 
loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan 
tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi 
mumkin. 
SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya 
ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat 
davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. 
Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan 
qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin. 


152 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling