O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Tayanch iboralar:
Korrelyatsion-regression tahlil, juft chiziqli korrelyatsiya, juft chiziqli 
regressiya tenglamasi, giperbolik va parabolik regressiya tenglamalari. 
9.1. O`zaro bog’lanishlar haqida tushuncha va ularning turlari 
Hodisalar orasidagi o`zaro bog’lanishlarni o`rganish statistika fanining 
muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko`rsatkichlar ishtirok 
etadi, biri erkli o`zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o`zgaruvchilar hisoblanadi. 
Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta`sir etadi, ularning o`zgarishiga 
sababchi bo`ladi. SHuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi 
toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug’doyga suv, 
mineral o`g’itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu 
bog’lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga ta`sir etuvchi kuchlar (suv, o`g’it, 
ishlov berish va h.k.) omil belgilardir. 
O`zaro bog’lanishlar xarakteriga qarab ikki turga bo`linadi: 
- funktsional bog’lanishlar; 
- korrelyatsion bog’lanishlar. 
Omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining har doim bitta yoki 
bir necha aniq qiymati mos kelsa, bunday munosabat funktsional bog’lanish 
deyiladi. Funktsional bog’lanishning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda 
barcha omillarning to`liq sonini nomma-nom aniqlash va ularning natijaviy 
belgi bilan bog’lanishini to`la ifodalovchi tenglamani yozish mumkin. Masalan, 
uchburchakning sathi (S) uning asosi (a) bilan balandligiga (h) bog’liq bo`lib, bu 
bog’lanish 
ah
S
2
1

formula orqali hisoblanadi. Omillarning soniga qarab 
funktsional bog’lanishlar bir yoki ko`p omilli bo`ladi. Ular tabiatda keng 
kuzatiladi. SHu sababli aniq fanlarga qaraganda funktsional bog’lanishlarga 
ko`proq tayanadi. Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy 
belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish 
yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning xarakterli xususiyati 
shundan iboratki, bunda omillarning to`liq soni noma`lumdir. SHuning uchun 
bunday bog’lanishlar to`liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban 
ifodalash mumkin, xolos. 
Korrelyatsiya so`zi lotincha correlation so`zidan olingan bo`lib, o`zaro 
munosabat, muvofiqlik, bog’liqlik degan luaviy ma`noga ega. Bu atamani 


75 
statistika faniga ingliz biologi va statistik Frensis Galto XIX asr oxirida kiritgan. 
O`sha paytda bu so`z «correlation» (muvofiqlik) ko`rinishida yozilib to`la qonli 
bog’lanish (relation) emasligini anglatgan. Ammo bir asr oldin poleontologiya 
fanida fransuz olimi Jorj Kuve hayvonlar qoldiqlari va a`zolarining 
«korrelyatsiya qonuni» degan iborani ishlatgan. 
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o`zgaruvchi X 
belgining har bir qiymatiga (
k
...
1
i
x
i

) erksiz o`zgaruvchi U belgining 
(
1..s
j

j
y
) taqsimoti mos keladi. O`z-o`zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U 
belgining har bir qiymati (
j
y
) ham birinchi X belgining (
i
x
) taqsimoti bilan 
xarakterlanadi. Agar to`plam hajmi katta bo`lsa, belgi X va U larning juft 
qiymatlari 
i
x
va 
j
y
ham ko`p bo`ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi 
mumkin. bu holda korrelyatsion bog’lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya 
to`g’ri) shaklida tasvirlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling