O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


-chizma. Hodisalar orasidagi o`zaro-bog’lanish turlari va o`rganish usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

14-chizma. Hodisalar orasidagi o`zaro-bog’lanish turlari va o`rganish usullari. 
 
 
9.2. Regression va korrelyatsion tahlil vazifalari va bosqichlari 
Korrelyatsion bog’lanishlarni o`rganishda ikki toifadagi masalalar 
ko`ndalang bo`ladi. Ulardan biri o`rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida 
qanchalik zich (ya`ni kuchli yoki kuchsiz) bog’lanish mavjudligini baholashdan 
iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi. 
Korrelyatsion tahlil korrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlash va ularning 
muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi. 
Korrelyatsiya koeffitsientlari ikkiyoqlama xarakterga ega. Ularni 
hisoblash natijasida olingan qiymatlarni X bilan Y belgilar yoki, aksincha, Y 
bilan X belgilar orasidagi bog’lanish me`yori deb qarash mumkin. 
Korrelyatsiya koeffitsienti (r) -1 dan 1 chegarasida yotadi, agar r=0 – 
bog’lanish yo`q, 
1
0


r
bo`lsa, to`g’ri bog’lanish mavjud 
0
1



r
- teskari 
bog’lanish mavjud 
1

r
funktsional bog’lanish mavjud. 
Bog’lanish zichlik darajasi odatda quyidagicha talqin etiladi. Agar 

r
±0,3 bog’lanish deyarlik yo`q 
±0,3


r
±0,5 bog’lanish kuchsiz. 
±0,5


r
±0,8 bog’lanish o`rta miyon. 
±0,8


r
±1 bog’lanish kuchli. 
Bog’lanish turlari 
Funktsional bog’lanish 
Korrelyatsion bog’lanish 
To`g’ri 
bog’lanish 
Teskari 
bog’lanish 
Juft korrelyatsiya 
Ko`p o`lchovli 
korrelyatsiya 
O`rganish usullari 
To`g’ri bog’lanish 
Teskari bog’lanish 
Balans 
usuli 
Indeks usuli 
To`g’ri chiziqli 
bog’lanish 
Egri chiziqli 
bog’lanish 
O`rganish usullari 
Korrelyatsion tahlil 
Regression tahlil 


78 
Korrelyatsion bog’lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikkinchi vazifa bir 
hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini 
aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli - korrelyatsiya 
koeffitsientlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb 
nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi. 
Regressiya so`zi lotincha regressio so`zidan olingan bo`lib, orqaga 
harakatlanish degan luaviy ma`noga ega. Bu atamani statistikaga kirib kelishi 
ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan 
bog’liqdir. 
Regression tahlil amaliy masalalarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
U natijaviy belgiga ta`sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan 
etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. SHu bilan birga 
regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun 
istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash 
mumkin. 
Regression va korrelyatsion tahlilda bog’lanishning regressiya tenglamasi 
aniqlanadi va u ma`lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholanadi, so`ngra 
iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi. 
SHu sababli ham Tenglama tipini aniqlash uchun bog’lanish haqidagi 
ma`lumotlarni grafiklar orqali tasvirlab, ularni sinchiklab tekshirish zarur. 
Ammo bu yo`ldan foydalanmasdan, birmuncha regression va korrelyatsion tahlil 
quyidagi 4 bosqichdan iborat bo`ladi: 
masala qo`yilishi va dastlabki tahlil; 
ma`lumotlarni to`plash va ularni o`rganib chiqish; 
bog’lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash; 
regressiya tenglamasini baholash va tahlil qilish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling