O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
10.2. Dinamika qatorlarining turlari 
Ma`lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan 
tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. 
Masalan: 
11-jadval. 
O`zbekiston aholisining 2000-2005 yillarda o`sishi 
Yillar 
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
2005 
Aholi soni yil boshiga 
24.5 
24.8 
25.1 
25.4 
25.7 
26.0 
Manba: O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar. 
Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo`lgan vaqt oraliini qisqartirsak, u 
holda qator darajalari ham o`zgaradi. 
Ma`lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya`ni, 
oqimlarni ta`riflovchi ko`rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb 
ataladi. 
Masalan: 
12-jadval. 
O`zbekistonda paxta va don yalpi hosilining o`sishi (ming t.) 
Yillar
2000 
2001 
2002 
2003 
2004 
2005 
Paxta 
3002 
3205 
3122 
2803 
3335 
3500 
Don
3929 
4072 
5793 
6391 
6017 
660 
Manba: O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar. 
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko`rinishda tuzish ixtiyoriy 
ish bo`lmasdan, balki o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini 
aniqlash usuliga bog’liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy 
ko`rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko`rsatkich qatorlari deganda 
mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o`rtacha miqdorlar 
asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
10.3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko`rsatkichlari
Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko`rsatkichlar 
hisoblanadi: 
mutlaq qo`shimcha o`sish (yoki kamayish); 


90 
o`sish (yoki kamayish) koeffitsienti yoki sur`ati; 
qo`shimcha o`sish (yoki kamayish) koeffitsienti yoki sur`ati (foizda); 
1% qo`shimcha o`sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati. 
YUqorida qayd qilingan ko`rsatkichlarini batafsil ko`rib chiqamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling