1.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va ahamiyati.
Bozor
islohotlarini
yanada
chuqurlashtirish
va
iqtisodiyotni
boshqarishning bozor uslublarini joriy etish, respublikani rivojlantirishning
maqbul makroiqtisodiy nisbatlarini va barqaror sur`atlarini ta`minlash,
statistiklarning xalqaro me`yorlar va andazalarga muvofiq samarali ishlashini
tashkil qilish maqsadida:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 may 1997 yilgi farmoniga
binoan 1992 yil 5 avgustda tashkil etilgan «O`zbekiston Respublikasi
istiqbolini belgilash va statistika» qo`mitasi o`rniga «Makroiqtisodiyot
va statistika» vazirligi tashkil etildi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari istiqbolni belgilash va statistika bo`yicha
ishlab turgan bo`linmalar negizida;
Qoraqalpog’iston Respublikasi – iqtisodiyot va statistika vazirligi;
Respublika viloyatlari va Toshkent shahrida iqtisodiyot va statistika
bosh boshqarmalari, Respublika shaharlari va tumanlarida iqtisodiyot
va statistika bo`limlari tashkil etildi (2-chizma).
Idoralarda, korxona va muassasalarda, tashkilot va vazirliklarda statistika
bilan shug’ullanadigan bo`lim va guruhlar mavjuddir. Ular vazirlik, idora va
tashkilot miqyosidagi statistika ishlarini olib boradi. SHuning uchun ular
ma`muriy statistika deb yuritiladi. Bu statistika ma`muriy jihatdan tegishli
vazirliklarga, metodologik jihatdan esa Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligining tegishli idoralariga bo`ysunadi.
Amaliyotda yagona xalq xo`jaligi hisobi joriy qilingan. Bu hisob uch
turdagi hisobni o`z ichiga oladi:
operativ-texnika hisobi;
buxgalteriya hisobi;
statistik hisob.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |