qonuniyatlar deb ataladi.
Ommaviy ma`lumotalrni umumlashtirish yo`li bilan aniqlanadigan
qonuniyatlar esa statistik qonuniyatlar deyiladi.
Statistik ko`rsatkich – aniq sharoitda sodir bo`lgan voqea va hodisaning
miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi. Ko`rsatkichlar tizimi esa bir-biri
bilan o`zaro bog’langan yaxlit tizim bo`lib, hodisa va voqealarni bir
butunligicha tavsiflaydi.
Har qanday fan o`z ob`ektini ma`lum usullar yordamida o`rganadi. Barcha
fanlar uchun umumiy usul – dialektik usuldir. CHunki bu usul ijtimoiy
hodisalarni rivojlanish jarayonida, o`zaro bog’langan holda o`rganishni taqozo
etadi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlarda sodir bo`ladigan barcha o`zgarishlarning
tub sababi ularning o`zaro ta`sirida bo`lishidandir. Masalan, odam moddiy
ishlab chiqarish orqali tabiat bilan bog’langan. Bu bog’lanishning shakli –
insoniyatning yaxshi yashashi uchun zarur va shart bo`lgan mehnatdir. Mehnat
jarayonida kishilarning iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topadi,
shu munosabatlar asosida ularning boshqa aloqalari – siyosiy, huquqiy,
mafkuraviy, etnik aloqalari ham vujudga keladi. Demak, hodisalarni
kuzatayotganda ulardagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda
emas, balki shu hodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib
o`rganish zarur. Aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga ega, odamlar bu
aloqalarni bilib olib, ob`ektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar.
Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o`zining xususiy
usullarini yaratgan. Ular quyidagilardan iborat:
ommaviy statistik kuzatish;
kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;
turli umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy
miqdor, o`rtacha iqdor, indeks, dinamik ko`rsatkichlar va hokazo)
hisoblash;
statistik ma`lumotlarni jadval va grafiklar ko`rinishida tasvirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |