O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
SO`Z BOSHI
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiyalash, xususiy mulkning o`rni va ta`sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik soxalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag’batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o`zi taqozo etmoqda. Bu dolzarb masalani yechish yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash va kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta`lim tizimini isloh qilishni talab qiladi. Buning uchun, birinchi navbatda, oliy ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Davlat standartlarida ko`zlangan fanlarning mazmuni va o`quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirish zarur. Bugungi talab korxonalarning mustaqillikka asoslangan rivojlanishi ularning ma`lumotlarini raqobat zaminida boshqa korxonalar ma`lumotlari bilan taqqoslanishiga va har bir korxonaning o`z o`rnini belgilanishini taqozo qiladi. Buni esa biz statistikasiz tasavvur qilolmaymiz. Chnki statistika davlatlar, korxonalar, umuman ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilovchi ma`lumotlarga tayanadi. SHuning uchun u ijtimoiy iqtisodiy fanlarning maxsus tarmog’i bo`lib hisoblanib kelmoqda. Hozirgi kunda statistika deyilganda birinchidan o`z predmetiga, ob`ektiga va usuliga ega bo`lgan mustaqil ijtimoiy fan ikkinchidan mustaqil amaliy faoliyat, uchinchidan ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tariflaydigan umumiy ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi. «Statistika» fanidan ma`ruzalar to`plami talabalarning statistik xizmatlarni tashkil etishning ilmiy asoslarini, O`zbekistonda va boshqa mamlakatlarda zamonaviy darajada tashkil etilganligi, statistik ma`lumotlar yig’ishning tashkiliy asoslari va usullarini, statistik kuzatuv natijalarini qayta ishlash tamoyillari va usullarini, umumlashtiruvchi statistik ko`rsatkichlar – mutlaq va nisbiy, o`rtacha statistik miqdorlar, variatsiya ko`rsatkichlari, dinamikasi, o`zaro aloqasi va statistik ma`lumotlarni tahlil qilish asoslarini bilishga, yoppasiga va tanlab o`tkazilgan kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish, statistik jadvallar tuzish, turli ko`rsatkichlarni hisoblash (mahsulot ishlab chiqarish va sotish, mehnat resurslaridan foydalanish, mehnat unumdorligi, asosiy va aylanma fondlar), statistik ma`lumotlardan xulosa chiqarishni o`rganishga qaratilgandir. Statistika kursini o`rganish natijasida talaba statistika fani bo`yicha asosiy tununchalarni va statistik tadqiqotlar o`tkazishning umumiy yo`nalishlarini bilib oladi. Bu fan quyidagi fanlar bilan bog’liq: matematik statistika, tarmoq iqtisodi, menejment, buxgalteriya hisobi, audit, mikro va makro iqtisod va h. Bu ma`ruzalar to`plami ikki qismdan, ya`ni, «Statistika umumiy nazariyasi» va «Iqtisodiy statistika» qismlaridan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling