O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Mavzu 1. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Mavzu 1. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI 
Reja: 
1.1. Statistika to`g’risida umumiy tushuncha. 
1.2. Statistika fanining predmeti va usuli.
1.3. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
1.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va ahamiyati. 
Tayanch iboralar:
Statistika, statistik tadqiqot, statistik to`plam, statistik ma`lumot, statistik 
ko`rsatkichlar. 
1.1. Statistika to`g’risida umumiy tushuncha. 
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq 
bo`lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, 
soliqqa tortish ob`ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning 
yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma`lumotlarga ehtiyojlar paydo 
bo`lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo`layotgan o`zgarishlar ustidan 
kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan 
sari ular bilan bevosita bog’liq bo`lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib 
borgan. SHuning uchun tug’ilish, o`lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni 
yozib borish tartibi o`rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan 
ikkinchisiga ko`chib yurishi bilan bog’liq bo`lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd 
qilish tartibi belgilangan. Qishloq xo`jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik
sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo`jalikka 
oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo 
etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish 
va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan 
va rivoj topgan.
«Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, 
hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - 
davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida 
muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.
Hozirgi kunda statistika deyilganda:

o`z ob`ekti va usuliga ega bo`lgan mustaqil fanni;

amaliy faoliyatdagi mustaqil tarmoqlarni, ya`ni Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligi, viloyatlarda iqtisodiyot va statistika bosh 
boshqarmalari, tumanda iqtisodiyot va statistika blimlarini;

ijtimoiy 
hayotning 
turli 
tomonlarini 
ta`riflaydigan 
umumiy 
ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi.
Statistika ko`p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, 
eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro`yxati) o`tkazilgan. Rossiya 
(Moskva)da ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro`yxati o`tkazilgan.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil fan sifatida 
shakllana boshladi. Bu davrda endigina feodalizm o`rnini kapitalizm tuzumi 
egallayotgan edi. Kapitalistik tuzumning barqaror bo`lishi ko`pgina fanlarning, 



shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XVII asrda 
Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari 
ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo`lganlar. 
U.Pettini o`z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma`lum darajada statistikaning 
ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo`lib bel’giyalik olim A.Ketle (1796-
1874) hisoblangan. O`sha davrda Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi 
marta «statistika» so`zini qo`llagan. Angliyada esa A.Bouli (1869-1957) 
statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling