O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi


I.BOB. Yuqori sinf ukuvchilari bilan voleybol mashgulotlarini oʼrgatish uslubiyati


Download 0.51 Mb.
bet3/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1027663
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari (12-13 yoshli o‘quvchilarda)

I.BOB. Yuqori sinf ukuvchilari bilan voleybol mashgulotlarini oʼrgatish uslubiyati.
1.1. Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni. Tezkor – kuch sifatlari va oʼrgatish samaradorligi
Koʼp yillik sport jarayonida malakali sportchilarni tayyorlash samaradorligi dastlabki oʼrgatish bosqichini qanday tashkil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshirilishiga bogʼliqdir. Sport zihiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh sportchilar bilan mashgʼulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki oʼrgatish bosqichiga jiddiy eʼtibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali sportchi tayyorlash niyatida, oʼrgatuvchi va takomillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni qoʼllash chastotasi va shiddatini oshiradilar, bolalarning jismoniy va funktsional imkoniyatlari koʼpincha eʼtiborga olmaydilar. Natijada hajm va shiddat jixatidan muvofiq meʼyoridan orttirilgan mashgʼulot (mashqlar) yuklamalari shugʼullanuvchi bolalar organizmida salbiy funktsional oʼzgarishlar olib keladi, ichki organlar (mushaklar, yurak-qon tomir tizimi, oʼpka, buyrak, jigar va hokozo) faoliyatida zoʼriqish va oʼta charchash alomatlari vujudga keladi.
Ish qobiliyati koʼpchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Chunonchi, taniqli rus fiziologi S.А.Kosilovning fikricha, ish qobiliyati bu muayyan harakat faoliyati yo koʼp yo kam muddat va sifat doirasida ijro etilishiga aytiladi. Ye.P.Ilьinni eʼtirof etishiga qaraganda, «ish qobiliyati» - bu organizm va uning organlari funktsional holati hamda imkoniyatlarini yuksak darajada amalga oshirish qobiliyatidir. G.Leman va V.L Utkinlar ham deyarli shunga oʼxshash fikrni ilgari surganlar.
«Ish qobiliyati» tushunchasiga V.N.Zagryadiskiy, А.S Yegorovlar yanada kengroq va yanada toʼlaroq izoh berganlari eʼtiborni tortadi. Ish qobiliyatini ular «odamni muayyan faoliyat jarayonida maʼlum vaqt davomida va samaradorlik darajasida ish bajarish qobiliyatidir» deb talqin qiladilar.

Boz ustiga na trenerlar amaliyotida, na BOʼSMlarda moʼljallangan dasturlarda mashgʼulotlar yuklamalaridan soʼng bolalar organizmining funktsional holatini tiklovchi, ish qobiliyatini kuchaytirivchi mashqlar yoki boshqa tadbirlar (sauna, massaj, autotrening, vitaminoterapiya va hokozo) eʼtiborga olinmagan (1 – 2 jadvallar ).


1,2 va 3 yillari shugʼullanuvchi bolalar yoshi muvofiq ravishda 10,11,12 yoshga teng boʼlishi kerak. 1 va 2 yil guruhlar soni 5 tadan, 3 yili esa – 4ta. Shugʼullanuvchilar soni muvofiq tarzda 20,18,16. Haftalik oʼquv soatlari hajmi – 6 : 6 : 8, yillik - esa – 312 : 312 : 416. eʼtiborli joyi shundaki, oʼrgatish jarayoni chuqurlashgan sari guruhlarda shugʼullanuvchilar kamayib boradi, haftalik va yillik oʼquv soatlarining hajmi borgan sari ortib boradi. Shu bilan bir qatorda mazkur soatlarning tayyorgarlik turlari boʼyicha taqsimlanishida yuqorida qayd etilgan charchash, zoʼriqish holatlarini bartaraf etish, ish qobiliyatini tiklash masalalariga alohida urgʼu berilmagan (2- jadval).
Nagruzka (yuklama), organizmning shu nagruzkani koʼtara olish imkoniyati, charchash, zoʼriqish, ish qobiliyati va uni tiklanish hususiyati kabi tushunchalar bir – biriga uzviy bogʼliq boʼlgan atamalar, charchash va zoʼriqish atamalarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yoʼllarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi. Аlbatda, buning uchun qoʼllaniladigan jismoniy va texnik – taktik mashqlar hajmi hamda shiddati sportchi organizmi shu yuklamani koʼtara olish darajasidan hiyol yuqoriroq boʼlib, koʼp yillik trinirovka jarayonida yuklamani oshira borish toʼlqinsimon printsipga asoslanishi kerak. Qanday boʼlmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqozo etadi.
Maʼlumki uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin – asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak – qon – tomir, nafas olish, mushaklar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oraligʼida yoki mashgʼulotlardan soʼng dam olish natijasida organizmning funktsional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta – sekin tiklana boshlaydi.
Funktsional imkoniyat dairasida yoki navbatma – navbat biroz koʼp va biroz kam (hajm va shiddat jixatidan) beriladigan nagruzka, organizmning shu nagruzkaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. Shu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashgʼulotlarni meʼyoridan ortiq qoʼllash zoʼriqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Nagruzka (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki treniroka mashgʼuloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga boʼlgan taʼsiri tushiniladi. Shu taʼsir natijasida organizmda yuz beradigan funktsional oʼzgarishlar esa shu nagruzkaning taʼsir etish darajasini belgilab beradi. Demak nagruzkanig “tashqi” koʼrsatkichlari (hajmi, shiddati va hokozo) va “ichki” koʼsatkichlari (MNS, yurak, qon – tomir, nafas olish va hokozo) mavjud boʼladi.
Statik nagruzka oʼzining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funktsional faoliyatiga turlicha taʼsir koʼrsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik nagruzka, masalan, yurak faoliyatiga keskin taʼsir kiladi. Yurakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zoʼriqtiradi, pulьs va nafas olish tezlashadi.
Oʼrtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik nagruzka esa yurak faoliyatini asta – sekin moslashishiga zamin yaratadi.
«Ish qobiliyati» ga shu tarzda yondashish koʼpchilik tadqiqotchilarga uni keng mazmunli, muayyan xususiyatga ega va koʼp qirrali tushuncha ekanligini eʼtirof etishga imkon yaratdi.
Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik – taktik tayyorgarligining uygʼunlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning shakllanganlik darajasiga bogʼliq. Har- xil sport turlari boʼyicha oʼtkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi oʼz ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi» ga ega boʼlsa, unga muvoffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar.

Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatini sifat va samaradorlik darajasini koʼp yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor – kuchga boʼlgan chidamkorlik, sakrashga boʼlgan chidamkorlik, «texnik – taktik chidamkorlik» va hokozolar) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.


Maʼlumki ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa soʼz uning sifati va samaradorligiga tegishli boʼlsa, masalaning mohiyati va pirovard «magizi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Yaʼni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini oʼzida mujassam qilgan boʼladi. Ushbu sifatlarning oʼzaro uzviy bogʼliqligi va ularning yuksak darajadaligi integral natijasi sport mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling