O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi
Voleybol mashgulotlarda voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi
Download 0.51 Mb.
|
Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari (12-13 yoshli o‘quvchilarda)
2.2. Voleybol mashgulotlarda voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi
Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlarining biri boʼlib, voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga hamda oʼyin faoliyatini samarali amalga oshirishni taʼminovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir. Zamonaviy voleybol shugullanuvchilardan nixoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport oʼyinlari turiga mansubdir. Oʼyinning mohiyati oʼyinchi harakatining turli yoʼnalish va oʼzgaruvchan vaziyatda oʼta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida oʼyin davomida koʼpdan - koʼp toʼsiq qoʼyish, zarba berish va toʼp kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, yugurish, toʼxtash, burilish,egilish va boshqa xarakatlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, oʼta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uygʼunlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) taʼsiri shugʼullanuvchi organizmining funktsional jihatdan mukammal shakllangan boʼlishini taqozo etadi. Bugungi voleybolchi boʼyi jihatdan 185-195 sm xarakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, oʼtkir zexnli, maydonda roʼy beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan koʼrsatkichga ega boʼlishi kerak. Sportchilarning yoshiga tayyorgarligiga malakasiga hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni xajmi va shiddati turlicha boʼladi. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qoʼyidagilardan iborat: 1.Sogʼlikni mustahkamlash 2. Hayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va x.k) 3. Harakat sifatlarini rivojlantirish 4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish. 5. Organizmning oʼyin davomida ishtirok etuvchi organ, boʼlim va mushak guruxlarining funktsiyalarini shakllantirish. 6. Uyin malakalarini samarali oʼzlashtirishni taʼminlovchi maxsus sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik ikki xil boʼlib: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka boʼlinadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik - sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri shugʼullanuvchilarning toʼlaqonli jismoniy taraqqiyotini va xar tomonlama jismoniy tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan. UJT xayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirishga yunaltirilgan jarayondir. Maqsadi - MJT ning poydevori boʼlgan UJT bazasini yaratishdir. Vazifalari – asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish organizmning funktsional imkoniyatlarini oshirish xarakat malakalarining xajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish, sogʼlikni mustaxkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, organizmning tashqi va ichki salbiy taʼsirlarga boʼlgan bardoshini oshirishdan iborat. Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kiradi. UJT - jismoniy sifatlarni alohida yoki birgalikda rivojlantiruvchi oʼziga xos mashqlardan iborat. UJTni amalga oshirish jarayonida xar xil sport uskunalaridan, anjomlardan, trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sport trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va mashgʼulotlarining hajmi: shiddati, yoʼnalish va tuzilishi oʼziga xosligi bilan farqlanadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik – tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega boʼlgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan jarayondir. Vazifalari : - voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va x.k) rivojlantirish - oʼyin texnikasini oʼzlashtirishda zarur boʼlgan qobiliyatlarni rivojlantirish - oʼyin taktikasini oʼzlashtirishda zarur boʼlgan qobiliyatlarni rivojlantirish. MJT sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat munosib meʼyorda qoʼllaniladi. Funktsional tayyorgarlik - voleybolchi organizmining funtsional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil kiladi. Funktsional imkoniyatlarning darajasi konkret sport ishchanligida namoyon boʼladi. Chunonchi trenirovkalar taʼsirida boʼladigan oʼzgarishlar mustahkam boʼlishi uchun oʼyinchi uzoq vaqt davomida oʼziga xos (spetsifik) ishni bajarish qobiliyatiga ega boʼlishi lozim. Trenirovka mashgʼulotlari jarayonida voleybolchiga xajm va intensivligi jixatidan anchagina kata nagruzkani bajarishga toʼgʼri keladi. Koʼpincha bu nagruzka musobaqa nagruzkasidan xam ortiqroq boʼladi. Maʼlumki oʼyinda aktiv ishtirok etgan oʼyinchi xarakatlanadi sakraydi, zarbli urush qiladi, toʼsiq qoʼyadi va x.k. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetika imkoniyatiga bogʼliq boʼlmay, balki maʼlum darajada nerv-mushak kordinatsiyasiga texnik kamolotga va xarakat faoliyatining mustaxkamligini xamda tejamkorligini taʼminlab beruvchi boshqa faktorlarga xam bogʼliq boʼladi. Tayyorgarlikning boshlangich boskichida jismoniy sifatlarni tarbiyalashda - maʼlum ishning qisqa vaqt ichida bajarilishini talab etuvchi sifat boʼlib, uni samarali rivojlantirish ayniqsa yosh bolalarda (7-11 yosh) yaxshi natija beradi. 12-15 yoshli bolalarda tezkorlikning rivojlanishi koʼproq ularning mushak kuchini tezkorlik kuch sifatini orttirish xisobiga roʼy beradi. Tezkorlik uch tarkibiy qismdan iborat: Oddiy aks taʼsir (tezkorlik) Masalan: joyda oʼtirgan holda turli tashqi taʼsirlarga (lampaning yonishi , issiq, sovuq,tovush va xokozo) tez «javob» qaytarish. Murakkab aks taʼsir yoki tana xarakati bilan taʼsirlarga (vaziyatga) «javob» qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor xarakati. Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari biri-biri bilan uzviy bogliq boʼlmaydi, yaʼni oddiy aks taʼsir xarakatini qanchalik koʼp mashq qilinsa xam tana xarakati yoki siklik xarakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha. Tayyorgarlikning boshlangʼich bosqichida tezkorlik sifatini tarbiyalash qoʼyidagi vosita – mashqlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: xarakatli oʼyinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli estafetalar, sakrashga oid mashqlar, gimnastika va akrobotika mashqlari, qoidasi soddalashtirilgan sport oʼyinlari, mazkur vositalarni qoʼllashda komplesk uslubdan foydalanish samara beradi. Jismoniy fazilatlardan biri boʼlgan tezkorlik deganda biz voleybolchining maʼlum sharoitda qisqa vaqt ichida xarakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz. Tezkorlik nomoyon boʼlishining qoʼyidagi formalari mavjuddir: - tafakkur (fikrlpash) jarayonining tezligi ; - oddiy va murakkab reaktsiyalarningn qanday boʼlmasin biron-bir tashqi yoki kompleks taʼsirlariga javoban tezligi; - yakka xarakatni bajarish tezligi; - xarakatlar chastotasi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga oʼxshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana koʼpgina mashqlarni keltirish mumkin: - yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish: - tizzani yuqoriroq koʼtarib va qadamlarni maksimal chastotada qoʼyib yugurish: - 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish; - maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun argʼamchi bilan sakrash, aylanib turgan argʼamchi tagidan yoki ustidan yugurib oʼtish; - oʼrta masofaga yugurayotganda tempni toʼsatdan oʼzgartirish; - dastlabki yugurib borishdan soʼng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish; Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan oʼtkazilgani maʼqul. Bir mashgʼulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta boʼlmasligi kerak. KUCh – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish maʼnosini anglatadi. Kuch ikki turga boʼlinadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – bu oʼzgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch. Statik kuch 3 ga boʼlinadi : - «engib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan ogʼir toshni koʼtarib olib ushlab turish - bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir xil holatda ushlab turish. - qarshilikni «enga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh oʼta ogʼir boʼlgani sababli uni koʼtarish imkoniyati yoʼq. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish bajarib turadi. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zoʼriqish bilan bogʼliq boʼlmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday moxiyatga ega boʼlgan mashqlarni uncha ogʼir boʼlmagan anjomlar bilan katta tezlikda bajargan maʼqul. Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qoʼllash alohida nazorat va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish oʼyin malakalarining texnikasini oʼzlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sifatni tarbiyalash – turli toʼplar bilan mashq qilish, gimnastika, akrobatika, sport oʼyinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur. Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri boʼlib hisoblanadi. Chunki kuch maʼlum darajada oʼyinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi. Kuch oʼz xarakteriga koʼra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» boʼlishi mumkin. Аbsolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) oʼz ogʼirligidan qatʼiy nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi. Nisbiy kuch – oʼyinchi tanasi ogʼirligining bir kilogrammiga tugʼri keladigan miqdor. Portlovchi kuch – sport mashqi yoki oʼyin harakati sharoitida reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, toʼp kiritishda, zarbli urishda, tusiq qoʼyishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi mushakning reaktiv qobiliyatiga bogʼliq boʼladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan mexanik choʼzilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta xarakat kuchlanish xosil boʼladi. Koʼzgalgan mushaklarning elastik oʼzgarishni chaqiradigan dastlabki choʼzilish ularda kinematik energiyani oʼziga olishi tufayli boʼladigan ayrim kuchlanish potentsialining jamgʼarilishini taʼminlab beradi. Sport mashgʼulotlarida muskullar oʼz uzunligini oʼzgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va oʼz uzunligini qisqartirgan holatda kuch koʼrsatadi. Mushaklar choʼzilganda ustun keladigan va toʼsiqsiz rejimlar birgalashib «dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak. Chaqqonlik – turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tugʼri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha boʼlib, oʼz ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan. Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta murakkab mashqlarga oʼtish zarur. Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy oʼyinlar juda qoʼl keladi. Egiluvchanlik – bu tana bugʼimlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini oʼstirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shugʼullanishga bogʼlik. Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlangʼich maktab yoshidan boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi – suyaklari, mushak va bugʼinlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega boʼladi. Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin surʼatda bajariladigan xar xil yoʼnalishlarga oid boʼlgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qoʼl keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli oʼyinlar va sport oʼyinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan shoʼgullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va qayta – qayta bajarilishi lozim. Chidamlilik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat koʼrsatish yoki biron-bir xarakatni yuqori samarada oʼzoq vaqt ettira olish qobiliyatiga aytiladi. Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport maxoratining samarali oʼsishiga, oʼzoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik malakalarining musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin boʼladi.Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash oʼzoq vaqt davomida voleybol va oʼzga sport oʼyinlari, harakatli oʼyinlar, xar xil yoʼnalishlarga oʼzgaruvchan yoʼnalishlarga qayta-qayta chopish, charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi. Voleybolda strategiya va taktika deganda – strategiya yunoncha soʼz boʼlib, aksariyat harbiy sohaga mansub boʼlib qoʼshinni belgilangan maqsad sari boshlash, olib borish, unga ustalik bilan erishish sanʼatini ifodalaydi.Sport soxasida va aynan voleybolda mazkur atama muayyan sportchi yoki jamoaning tayyorgarlik jarayonini boshkarish hamda uni musobaqalar davrida gʼalabaga olib borish sanʼatini anglatadi. Strategiya - jamoaning asosiy va oʼrinbosar tarkibini tuzish – jamlash, musobaqani boshqarish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, muayyan uchrashuvning (musobaqaning) taktik rejasini tuzish, boʼlajak oʼyinning nazariy va amaliy andozasini (nusxasini) qoʼllab koʼrish hamda oʼtkazilayotgan musobaqalarni atroflicha tahlil qilish kabi tadbirlarni uz ichiga oladi. Bundan tashkari stategiyaga rakib jamoasi, uning oʼyinchilari haqida maʼlumotlar yigʼish, razvedka (aygʼoqchilik) asosida raqibning butun imkoniyat va xususiyatlarini bilib olish masalalari kiradi. «Taktika» atamasi xam yunoncha soʼz boʼlib, tom maʼnoda «tartibga keltirish» yoki «maʼlum tartibda joylashtirish» tushunchasini anglatadi. «Taktika» suzi «strategiya» atamasi harbiy sohaga doir boʼlib, qoʼshinlarni maqsadga muvofiq tuzish va ularni ogʼir vaziyatlarga qaramasdan gʼalaba chuqqisiga yetaklash sanʼatini nazarda tutadi. Voleybolda taktika tushunchasi oʼyin vaziyatini eʼtiborga olgan holda samarali va maqsadga mos shakl, usul hamda vositalarni qoʼllash asosida gʼalabaga erishish saʼatini bildiradi. «Taktika» - yunoncha soʼzidan olingan boʼlib, oʼzbek tilida «tartib», «tartiblashtirish» maʼnosini anglatadi. Voleybolda oʼyin taktikasi – deb muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan yakka, gurux va jamoa xarakatlari yordamida gʼalabaga erishish sanʼatiga aytiladi. Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab gʼalaba sari qoʼllaniladigan oʼyin vositatari, usullari va shakllarini aniqlab, qoʼllay olishdan iborat. Zamonaviy voleybolda qoʼllaniladigan atamalar. Birinchi temp atamasi xujum kombinatsiyasini birinchi boʼlib boshlaydigan oʼyinchiga tegishli boʼlib, u deyarli «past» va tez oʼzatiladigan toʼp bilan xujum uyushtiradi. Ikkinchi temp – kombinatsiyani ikkinchi boʼlib boshlaydigan oʼyinchi. Bu oʼyinchi xujumni asosan baland uzatiladigan toʼp asosida tashkil etadi. Bir temp tashkil etiladigan xujumda bir yoʼla ikki yoki uch oʼyinchi zarba berish uchun bir vaqtda sakraydilar. «Toʼlkin» kombinatsiyasida ikki xujumchi ishtirok etadi. Birinchi xujumchi sakrab, yerga tushayotganda, ikkinchi xujumchi sakrab zarba beradi. «Eshelon» kombinatsiyasida ikki xujumchi ketma-ket sakraydi, toʼp xujumchilarning qaysi biriga qulay uzatiladigan boʼlsa, shu xujumchi zarba beradi. «Krest» kombinatsiyasida ikki xujumchi biri-birining harakat yoʼnalishini kesib, muvofiq xujumchi zarba beradi. Shu kombinatsiyani turli shaklda ijro etish mumkin (qayta «Krest», kichik «Krest» katta «Krest»). Morita fintini birinchi bor 1969 yilda GDR da oʼtkazilgan Jahon Kubogida yapon oʼyinchisi Morita qoʼllagan. Bu fint birinchi «yolgon» sakrashdan soʼng ikkinchi bor tuliq sakrab zarba berishdan iborat. Maqsadli – toʼsiq kuyuvchi raqib oʼyinchi pastga tushayotganda sakrab zarba berish, yaʼni tusiqsiz zarba berish bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, ushbu kombinatsiyalarning turli nusxalari va shakllari mavjud. Qoʼyida oʼyin taktikasining tasnifi - turkumlarga boʼlinishi ifodalangan. Taktikaning yakka, gurux va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning usullari oʼyin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa, bu oʼyin malaka usullari oʼyin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa bu oʼyin malaka usullari va ularni barcha turlari kiradi. Taktik xarakat kibernitika nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali qarorni topish va unga munosib xarakat qilish bilan boʼlgan oʼz – oʼzini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. Taktik xarakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, tolalari ishtirokida tashqi muxit taʼsurotlarini qabul qilish, xotirada saqlash, tahlil qilish, vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish kabi faoliyatlar bilan bogʼliq boʼlgan psixofiziologik jarayondan iboratdir.Taktik xarakatning samarali boʼlishida bosh miya yarim sharlarini vaziyatini oldindan bilish (aks ettirish) qobliyati aloxida oʼrin egallaydi. Mazkur qobiliyat musobaqa vaziyatlariga nisbatan toʼgʼri qarorga kelish va maqsadga muvofiq taktik xarakat qilish samarasini oshirishga imkon yaratadi. Аlbatta, bunday qobiliyatni takomillashuvi sportchini oʼyin tajribasiga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun oʼquv – mashgʼulotlar jarayonida xali roʼy bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga mos qarorni tayyorlash va taxminiy xarakat reaktsiyasini xotirada aks ettirish qobiliyatini rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik rejani amalga oshirishda muxim poydevor boʼlib hisoblanadi.Oldindan fahmlash va vaziyatga munosib harakat qilish qobiliyatini rivojlantirnishga oid mashqlarni qoʼllashda 3-ta jarayondan iborat faoliyatni bajarish zarur boʼladi : 1. Musobaqa vaziyatini «xazm» qilish (qabul qilish, fahmlash). 2. Maxsus taktik vazifani fikran bajarish Yuqorida muxokama qilinayotgan taktika va strategiya poydevori boʼlish psixofiziologik jarayon akademik P.K.Аnoxin (1974 yil) kashf etgan funktsional sistema nazariyasi bilan bogʼliqdir. Demak, bundan koʼrinib turibdiki, oʼyin jarayonida samarali taktikani, hamda tayyorgarlik davrida strategik rejani amalga oshirish maxsus nazariy bilim va amaliy malakalarning yuqori darajada takomillashuvini taqozo etadi. Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi tartib bilan amalga oshiriladigan bir necha tadbirlardan iborat boʼladi va qoʼyidagi andoza – tasnif sifatida ifodalanishi mumkin. Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi va taktikasi – strategik aygʼoqchilik (razvedka) – jamoa tayyorgarligining strategik rejasi – jamoani jamlash va jamlab borish – jamoaning taktik tayyorgarligi oʼquv – trenirovka mashgʼulotlari, koʼrik oʼyinlari. Tayyorlov musobaqalari, asosiy musobaqalar, moddiy taʼminot. Tibbiy va pedagogik nazorat – sport bazasi, uskunalar, anjomlar va sport formasi (kiyimi)- shifokor nazorati, taktik tayyorgarlikni test yordamida baholash, tanlangan strategik yoʼnalishning yakuniy natijalarini tahlil qilish. Strategiya – maʼlum tartibda amalga oshiriladigan va mantiqan biri-biriga bogʼliq boʼlgan bir qancha masalalarni oʼz ichiga oladi. Jumladan, strategiya muayyan sport turi boʼyicha moddiy omil yaratish; zamonaviy sport moslamalari va sport kiyimlari bilan taʼminlash masalalarini oʼz ichiga oladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling