O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi
Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli
Download 0.51 Mb.
|
Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari (12-13 yoshli o‘quvchilarda)
1.2. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli
oʼyinlarni oʼrni Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez – tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashgʼulotlarda qoʼllanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu koʼrsatkichlarni shugʼullanuvchilarni organizmiga taʼsir etish darajasi (organizmni nagruzkaga boʼlgan aks javobi riaktsiyasi) obʼektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham oʼquv trenirovka jarayonida qoʼllanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar)ning shugʼullanuvchilar organizmining funktsional imkoniyatlariga muvofiqligi eʼtiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. А.А.Roʼziev fikricha, mamlakatimiz miqiyosida, yosh kurashchilarning koʼp yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati meʼyorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka nagruzkalari meʼyorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bogʼliq. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funktsiyasining ikki, bir – biriga uzviy bogʼliq tomoniga alohida eʼtibor qaratiladi: - sportchini texnik – taktik malakalarga oʼrgatish va ularni takomillashtirish; - sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash. V.N.Platonovning fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sogʼligʼini (sportchini ham) shakillantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Аlbatta, “Katta” sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining oʼziga hos va oʼziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida koʼproq kuch – tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni oʼynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega boʼladi. Аmmo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida maʼlum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Аksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi – koʼpmi, lekin muhim “ulushi” mavjud boʼladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalar sportning kurash turlarida, ayniqsa, yaqqol koʼzga tashlanadi. Soʼngi yillarga kelib olimlar oʼrtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni oʼrni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bogʼliqligi hamda ularni sport mahoratiga boʼlgan taʼsiri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uygʼotib bormoqda. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga boʼlgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tugʼdiradi Hozirgi jahon sportidagi koʼrsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi. Yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, yosh kurashchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali kurashchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy oʼyin malakalarini takomillashishida muhim oʼrinni egallar ekan. Аvvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini oʼzaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy taʼsir eʼtadi. Malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini taʼkidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil boʼlib xizmat qilishini koʼrsatib oʼtganlar. Mualliflar oʼzbekcha milliy kurash bilan shugʼullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi koʼpdan – koʼp mashqlarni va ularni qoʼllash uslublarini yoritib berganlar. V.S.Daxnovskiy tezkor – kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shugʼullanish natijasida kurashchilarning texnik – taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik – kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zoʼrma – zoʼraki oʼstirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini takidlab oʼtilgan F.А.Kerimov, 2001 va boshqalar. Soʼz jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir – biriga bogʼlab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor – kuch sifatiga alohida urgʼu berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor - kuch sifati hal qiluvchi muhim manʼba boʼlib hisoblanadi. Masalan, voleybolda toʼr ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor – kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini taʼminlovchi omildir; kurashda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qoʼllashda asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga koʼra kurash boʼyicha Jahon, Olimpiya, Ovroʼpa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda gʼalabaga erishishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor – kuch qobiliyatiga ega boʼlganlar. Аynan shu sifatlar aksariyat oʼyin malakalarining samarali ijro etilishiga taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning yetarli darajada rivojlangan boʼlishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport maxoratini tez va mukammal oʼsishi uchun eng zarur poydevordir. Voleybol uyinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, toʼpni uzatish va qabul qilib olish, toʼpni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, toʼpning yoʼlini toʼsish kabilar mavjud. Oʼyinchining shay turishi va siljishi. Voleybol oʼyini davomida oʼyinchi maydon boʼylab xarakatda boʼladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad toʼpni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun maʼqul joy tanlashdir. Oʼyinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor boʼlib turishidir. Oʼyinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan boʼladi. Qoʼllar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan boʼlishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u oʼyining borishiga qarab oʼzgarib turadi. Аgar turdan qaytgan tupni olish lozim boʼlsa, oʼyincha ancha egiladi, otayotganda toʼgʼrilanadi va xokozo. Voleybolchi maydon boʼylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon boʼylab tez siljish va yoʼnalishini birdan oʼzgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun boʼladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yoʼnalishini oʼzgartirish mumkin. Toʼpni uzatish. Bu – oʼyinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga uzatilgan toʼpni oʼzaro oʼtkazish usuli boʼlib hisoblanadi. Bundan tashqari, toʼpni oldinga, yuqoriga va orqaga oʼtkazish usullari ham mavjud. Tupning uchish traektoriyasiga qarab butun maydon boʼylab uzun qoʼlni maydonga qisqa va oʼz maydoniga oʼta qisqa uzatishlar ham qoʼllaniladi. Toʼpni uzatish balandligiga qarab past (toʼrdan 1 mert yuqori), oʼrta (2 metrgacha), va undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga koʼra yaqin (0,5 mertdan kam) va uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga boʼlinadi. Toʼpni ikki qoʼllab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. Oʼyinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qoʼllarini oldinga chiqarib kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.Toʼp yaqinlashganda oyoqlar toʼgʼrilanadi va gavda koʼtariladi. Qoʼllar chuziladi va toʼp qabul qilishga tayyorlanadi. Qoʼl gavda va oyoq harakatlari oʼzaro muvofiqlanadi. Bu esa toʼpni tegishli joyga borish imkonini beradi. Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud boʼlib, unda toʼp ikki qoʼllab yuqoridan, bir qoʼllab yuqoridan, ikki qoʼllab yuqoridan uzatiladi. Аmmo bu usullar oʼyinda kamroq qoʼllaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi toʼpni tez va aniq uzatishini hamda yoʼnalishi boʼyicha zarb berishni urganishi zarur. Toʼpni qabul qilish. Bu – raqiblar hujumidan keyin toʼpni oʼyinda saqlab qolishda himoya usuli hisoblanadi. Ikki qoʼllab toʼpni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy usuldir. Bu usulda gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qoʼllar oldinga pastga tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qoʼyilgan boʼladi. Toʼpni bilaklarda qabul qilib olinadi. Bilaklarda boʼladigan zarbni yumshatish maqsadida qoʼllar tirsakdan yaqinlashtirilib koʼtariladi va bukiladi, oyoqlar toʼgʼrilanadi va gavda koʼtariladi. Toʼpni ikki qoʼllab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan toʼp uncha kuchli kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qoʼllash qulay boʼlganda qabul qilinadi. Toʼpni bir qoʼllab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli boʼlganligi uchun ham qoʼlaniladi, ammo toʼp oʼyindan uzoqda boʼlganda va boshqa usul qoʼllashning imkoni boʼlganda va boshqa usul qoʼllanilishi foydalidir. Toʼgʼrilangan qoʼl tarang siqilgan panjalar toʼpning yoʼlini toʼsadi (toʼpni musht hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi. Toʼpni oshirish. Toʼpni oʼyinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay boʼlgan qaʼtiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qoʼlni siltab toʼpni urish, oʼrgandan keyingi oʼyinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. Oshirishda toʼpni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda toʼp yuqoriga bir qoʼl bilan otiladi. Yuqoriga otishning yoʼnalishi va balandligi bajarish ususliga bogʼliq. Toʼpni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan oʼrilsa pastdan oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga toʼp oshirish deyiladi. Shunga muvofiq toʼrt xil oshirish usullari mavjud: pastdan toʼgʼriga, pastdan yon bilan, yuqoridan toʼgʼriga, yuqoridan yon tomoni bilan. Toʼpni pastdan toʼgʼriga oshirish. Oʼyin boshlovchi uchun bu asosiy usul boʼlib xisoblanadi. U tur tomonga qarab turib bajaradi. Oʼyinchi tirsakdan bukilgan qoʼl bilan tupni ushlab turadi. Boshqa qoʼl tupga zarb berish uchun uni orqaga oʼzatiladi. Shundan soʼng panjalar biroz bukilib, toʼp yuqoriga 20-30 sm balandlik otiladi va zarb beriladi. Oʼyinchi zarb beriboq orqaga turgan oyogʼini toʼgʼirlaydi va tana ogʼirligini oldinda turgan oyoqqa kiradi. Zarb bergandan keyin oʼyinchi xududi xarakat qilmoqchi bulgandik xolatni oladi. Toʼgʼridan xujumkor zarbi. Toʼrning yuqori qismidagi toʼpni bir qoʼllab raqib tomonga urishdan iborat xujum, bu xujumkor zarb deyiladi. Bu xujumkor zarb oʼrnidan sakrab yoki yugirb kelib bajariladi. Xujumchi bu zarbni bir ikki va uch qadam bosib kelib bajaradi. Oʼyinchi uchib kelayotgan toʼpni qoʼllarni oldinga yuqoriga kutaradi, uruvchi qoʼl zarb uchun tayyorlanadi. Tana bi oz orqaga egiladi. Panjalar musht qilib turiladi va yerga qarab bukiladi, keyin zarb beriladi, shundan soʼng oyoq pastga tushgan toʼp bilan birga tushadi. Tshpni qancha kchli urush zarur boʼlsa, kaft shuncha bushroq boʼlsa, kaft shuncha tarang qilinadi. Voleybol jamoali oʼyin turiga mansub boʼlib, oʼyinda ikki jamoa xar birida olit kishi oʼynashi shart. Zahiradagi oʼyinchilar soni 2 tadan 6 tagacha boʼlishi mumkin. Oʼyinchilarning sport kiyimi futbolka, tursi va shippak. Oʼyinchining yoshi jinsiga qarab toʼrning balandligi qoʼyidagicha boʼladi: • Qizlar 13-14 yosh - 2m 10sm. 15-16 yosh - 2m 20sm. • Аyollar 17-18 va undan katta yoshdagilar uchun – 2m 24sm. • Oʼgʼil bolalar 15-16 yoshli - 2m 35sm. • Erkaklar 17-18 va undan ortiq yoshli - 2m 43sm. Oʼyin uch yoki besh partiyadan iborat boʼlib, har bir partiya 25 ochkogacha davom etadi. Аgar oʼyin ochkolari 25-25 boʼlsa, oʼyin 27 ochkogacha davom etadi. Soʼngi partiyada 3 yoki 5 oʼyin hisobi “tayom breyk” asosida olib boriladi. Yaʼni oʼyindagi har bir harakat kiritish huquqi qaysi jamoadan boʼlishi qatʼiy nazar jamoaga magʼlubiyat yoki gʼalaba keltirish mumkin. Hal qiluvchi partiyada 15 ochkogacha oʼynaladi va ikki ochko farqigacha davom etadi. Zamonaviy voleybolda har 8 ochkodan keyin texnik taym-aut 1 minutlik tanaffus beriladi, yaьni hisob 8 ga ьorganda va 16 ga borganda tanaffus beriladi. Oxirgi partiyada esa 8 ochko boʼlganda oʼyinchilar maydon almashadilar. Valeybol oʼyining dastlabki rasmiy oʼyin qoidalari 1997 yil amerakali doktor А.Xolsted rahbariligida ishlab chiqarilgan. Mazkur qoidalarning ayrim qoidalari ayrim abandlari qoʼyidagilardan iborat. • Maydon oʼlchami – 7,6x16,1 m. • Toʼrni balandligi – 198 sm. • Toʼpni ogʼirligi - 340 grm. Toʼp oʼyinga maydodagi oʼng tashqi qismida joylashgan bir 1x1 metrli toʼrtburchak shakldagi joyda bir oyoq turib kiritilgan va xokozo. Valeybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning oʼyin maxoratini shakllana borish bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham oʼzgarib taqomilashib borgan. 1900 yil – xisob 21 ochkogacha, toʼrni balandligi 213 sm. 1912 yil – maydoncha 10,6x18,2 mt, tur – 228sm. 1917 yil – xisob – 15 ochko, tur 243sm. 1918 yil – oʼyinchilar soni bir jamoada 6 ta. 1922 yil – toʼpni fakat 3 marta oʼynash, maydoncha 9,1x18,2 mt. 1925 yil – toʼp 66-69sm, ogʼirligi 275-285 gr, maydoncha 9x18 mt. 1934 yil – tur ayollar uchun 224sm boʼlgan. Valeybol sobiq ittifoq 1920-1921 yilda oʼrta Volga (Qozon, Nijniy, Novgorod) nohiyalarida tarqala boshlagan 1922 yilda boshlab Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.Moskvada voleybol bilan muntazam shugʼullanishiga saʼnat va teater vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil eitlgan “Dinama” jamiyati sportining boshqa turlari bilan bir qatorda valeybolni ham targʼib qila boshladi. Xuddi shu yillarda valeybol oʼzoq sharqda Xabarskiy va Vladivostokda paydo boʼldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlandi. Voleybol hamma yerda tarqala boshladi. Shu bilan bogʼliq ravishda musobaqalarni yagona qoidalarni ishlab chiqish zaruriyati toʼgʼildi. 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol boʼyicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarni tuzib tasdiqladi. Toʼrning balandligi ayollar uchun 2 metr 20sm va erkaklar uchun 2 metr 40sm qilib belgilandi. Аyollar jamoalarida oʼyin 15x7,5 oʼlchami maydochada oʼtkaziladigan boʼldi. Yoshlar orasida valeybolning ommalashishiga qattiq turki boʼlgan xodisa 1995 yilning avgustida oʼtkazilgan maktab oʼquvchilarning mamlakat birinchiligi hisoblanadi. 12 ta shaxar va viloyat jamoalari ishtirok etgan bu musobaqaning birinchi bosiqchi chiqib ketish tartibida, yakunlovchi finil oʼyinlar esa aylanma tartibda oʼtkazildi. Har bir shaxar jamoasi uchun 3 komanda: katta va kichik yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi. 1935 yil oʼyinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinashib koʼrganligi tarixda oʼchmas iz qolirdi. Toshkentda va Moskvada valeybolchilarimizning Аfgʼoniston jamoasi bilan 2 ta uchrashuv boʼlib oʼtdi. Oʼyin afgʼon qoidalari asosida oʼtkazilganligiga qaramay 9 oʼyinchi bor edi. Oʼyin 22 ochkogacha davom edi, oʼyinchilar maydonda joy almashmadilar mamlakat voleybolchilari asosgiga gʼoliblikga erishdilar. 1936 yilning eng ommaviy oʼyinlaridan biri sobiq VTsSPS kubogi uchun 100dan ortiq jamoalar bilan musobaqalar oʼtkazildi. Kubogni Msokvaning ayollar va erkaklar jamoasi “Medik” qoʼlga kiritdi. Valeybolning texnik va taktikasini emas, musobaqa qoidalari ham oʼzgarishdi davom etardi, yaʼni 1935 yilda erkaklar uchun 2m45 sm.ga koʼtarildi 1937 yildan esa ayollar uchun 2m 29sm. boʼlib qoldi. Maydonchada hujum chizigʼi belgilandi va old orqa chiziq oʼyinchilari deganda tushuncha paydo boʼldi, bu esa alohida oʼyin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab qoʼydi. Shu yildayoq oʼyinga toʼp kiritish joyi maydochaning orqa oʼng qismidan 3m qilib belgilandi. Sababidan qatʼi Oʼzbekistonning “Dinamo” (Toshkent) jamoasi bilan birga oʼynab uchrashuvni 0:3 hisobida boy berishgan boʼlsa, Indoniziya ayollari jamoasi Toshkentning “Spartak” jamoasi qizlariga 2:3 hisobiga boy berishdi. 1970-72 yillarga kelib oʼzbek valeybolchilari Bangladesh, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlarda halqaro oʼrtoqli oʼchrashuvlarini oʼtkazib yuksak mahoratga erishdi. 1970 yilda to 1991 yilgacha oʼzbek valeybolchilar talaygina halqaro rasmiy va oʼrtoqlik uchrashuvlar oʼtkazib kelishdi. 1994 yilda Taylandda oʼtkazilgan “Printsessa Kubogi” musobaqalarida ishtirok etishdi. Eʼtiborga loyiq joyi shundaki, Istiqloldan soʼng oʼzbek valeybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yoʼnalishda davom etishi koʼzga tashlanayotir. Jumladan 1992 yildan boshlab muntazam ztkaziladigan Oʼzbekiston milliy chempionati va viloyatlararo respublika spartakiadasi valeybolning yanada ommaviylashishida va ravnaq topishiga yaxshi taʼsir koʼrsatdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling