O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi
Download 0.51 Mb.
|
Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari (12-13 yoshli o‘quvchilarda)
K I R I SH
Jismoniy madaniyat komil insonni tarbiyalashdek muqaddas vazifani bajarishda barcha oʼquv yurtlari taʼlim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat irodali chaqqon vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini Oʼzbekiston Respublika “Talim toʼgʼrisida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” hamda “Oʼzbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish toʼgʼrisida”gi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 24-oktyabrdagi PF-31-54-sonli “Oʼzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʼarmasini tuzish” toʼgʼrisidagi farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va oʼtkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarni samarali bajarish uchun bolalarni eng kichik yoshdan boshlab jismoniy-tarbiya bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin. Oʼzbekistonda Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish toʼgʼrisida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim muhim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda Respublika jismoniy – tarbiya va sport qoʼmitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Respublikamizda amalga oshirilatyotgan jismoniy madaniyatni oʼz oldiga qoʼygan maqsadi sogʼlom - ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Biz sogʼlom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak, Sogʼlom kishi deganda faqat jismoniy sogʼliqni emas balki sharqona odob-ahloq va umumbashariy gʼoyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”, -deydi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-yigʼilishidagi maʼruzasida. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sogʼlom, hushchaqchaq har tomonlama jismonan rivojlangan mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan qoʼriqchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Prezidentimiz I.А.Karimov “Sogʼlom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida soʼzlagan nutqlarida alohida taʼkidlab oʼtganlar: “Biz asrimizning kelajagi avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden taʼsis etdik va maxsus halqaro jamgʼarma tuzdik. Sogʼlom avlod deganda biz faqat baquvvat farzandlarimizni emas balki maʼnaviy boy avlodga ega boʼlgan halqni tushunishimiz kerak. Bunday halqni hech kim hech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmogʼimiz kerak”. Zamonaviy voleybolda samarali oʼyin koʼrsatish va yuqori natijalarga erishish faqat oʼta shakllangan jismoniy taryorgarlik evaziga amalga oshirish mumkin. Oʼzbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Аlpomish” va “Barchinoy” maxsus test savollari joriy etilishi haqidagi qoʼshma qarori va ularda belgilangan vazifalar Respublika Oliy va Oʼrta Maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talaba va oʼquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportni jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish hamda uning faoliyatini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisidagi masalalarni hal qilish zarurligini taqozo etmoqda va uni chora tadbirlarini amalga oshirish yoʼllarini aniq va ravon koʼrsatib berdi. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashgʼulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini yetakchi murabbiylarning ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan oʼrganilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari sport klublarining faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarini diqqat markazida turibdi. Kuch va tezkorlikni chidamkorligi sportchilarni yosh sportchilarni juda extiyotkorlik bilan rivojlantirishni zarurligi kattk yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zoʼrma-zoʼraki oʼstirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelish extimolida xoli emasligi alohida taʼkidlab oʼtilgan. Mutaxassislar tadqiqotlarida shuni taʼkidladiki voleybolchilarning oʼyin samarasini taʼminlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan beligilanidi: tezkorlik – kuchlilik tayyorgarliligi va tayyorgarlikning aralash omili. Jismoniy tarbiya darslarida voleybol oʼyinini oʼrgatish usullari hamda voleybol oʼyinida beriladigan mashgʼulotlar samaradorligini oshirish.Ushbu maqsadga erishish qoʼyidagi vazifalar yordamida amalga oshiriladi. 1. Yosh voleybolchilarning oʼyinlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash. 2. 13-14 yoshli voleybolchi oʼquvchilarni umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasini aniqlash. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling