O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi


II.BOB. Mаshgulot jаrаyonidа oʼquvchilаrning umumiy vа mаxsus jismoniy tаyyorgаrlik dаrаjаsini rivojlаntirish uslublаri


Download 0.51 Mb.
bet5/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1027663
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Voleybol mashg‘ulotlari jarayonida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari (12-13 yoshli o‘quvchilarda)

II.BOB. Mаshgulot jаrаyonidа oʼquvchilаrning umumiy vа mаxsus jismoniy tаyyorgаrlik dаrаjаsini rivojlаntirish uslublаri.
2.1.Voleybolchining texnik harakatlari
Sport mutaxassisligi sportchining har taraflama rivojlangan boʼlishini istisno qilmaydi. Аksincha organizmning umumiy funktsional imkoniyatlari oshishida har tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida yuqori darajadagi taraqqiyotga erishishida va har taraflama rivojlanishning bogʼliqligini ikkita asosiy sababini koʼrsatish mumkin.
1. Bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning bir-biri bilan bogʼliqligi sportchining har bir turi oʼziga xos alohida oʼzaro munosabatlar talab qilishga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim umumiy qonuniylik aks etadi. Har qanday fazilatning miyoriy rivojlanishi organizmning funktsional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.
2. Har-xil harakatlantiruvchi koʼnikmalar va qobiliyatning oʼzaro taʼsiri. Sportchining oʼzlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng boʼlsa yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi oʼrganganlarni amalga oshirishda zamin yaratadi. Kishining ongiga bogʼlanmagan holda mavjud boʼlmagan qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashgʼulot chuqur maxsus jarayon boʼlib, sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak.
Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni koʼrsatadiki, sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan erishish uchun ulardan birini mashgʼulotdan ajralib boʼlmaydi. Sportda bu koʼzlangan maqsad tarbiyaviy vositadir.Voleybol sport oʼyinlari turlariga mansub boʼlib oʼz mohiyati va mazmuni xususiyati bilan ulardan farq qiladi. Voleybol oʼyini nisbatan kichik boʼlgan yaʼni oʼrtasidan teng ikkiga boʼlingan 18 x 9 metrli toʼgʼri burchakli toʼrtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. Uzatish texnikasi. Toʼp uzatish voleybolda asosiy oʼyin malakalaridan biri boʼlib shu oʼyin bilan bogʼliq boʼlgan barcha texnik taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir.
Uzatish hujum texnikasiga mansub boʼlib uni maʼlum vaziyatda taktik mahorat bilan toʼgʼridan toʼgʼri ijro etish ochko olish imkonini berish mumkin. Uzatish bir necha turlardan iborat boʼladi.
Tayanch holatda ikki qoʼllab yuqoridan uzatish ikki qoʼllab pastdan uzatish, bir qoʼl bilan yuqoridan va pastdan uzatish, sakragan holatda ikki qoʼl yoki bir qoʼl bilan yuqoridan uzatish.
Uzatish vertikal gorizontal yoki diagonal ravishda baland past uzoq yoki yaqin yoʼnalishlarda ijro etilishi mumkin.
Himoya texnikasi, toʼpni qabul qilish texnikasi. Toʼpni qabul qilish texnikasi bu oʼyinchining oʼz maydonchasida toʼpni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qoʼllaydigan harakat malakasidir. Toʼpni qabul qilish turli usullarda va oʼziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qoʼl bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri boʼlib dastlab tez va aniq toʼpni yoʼnaьlishiga qarshi chiqish tana ogʼirlik markazini pastroq tushirib ikki qoʼlni toʼgʼri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi.
Pastdan ikki qoʼl bilan toʼpni qabul qilish texnikasi yaʼni mazkur malakani ijro etishda tana ogʼirlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda boʼlishi yiqilib qabul qilishlar oʼyin vaziyatiga oʼyinga kiritilgan toʼpni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bogʼliq boʼladi.
Toʼsiq qoʼyish texnikasi toʼsiq qoʼyish bu raqib oʼyinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan toʼp yoʼnablishini toʼsish unga qarama-qarshi “Jonli devor” tashkil qilishdir. Toʼsiq qoʼyuvchi oʼyinchi dastlab oyoqlarini yelka kengligida joylashtiradi. Oyoqlar tizza qismidan ozgina bukilgan boʼladi, qoʼllar yelka qismidan bukilgan boʼlib panjalar yoyilgan shaklda boʼladi. Toʼpni yoʼnalish joyiga qarab harakatlantirgandan soʼng oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib shiddat bilan yoziladi va qoʼllarning faol harakati bilan sakrab toʼp kengligida toʼsiq qoʼyiladi. Holatlar. Voleybol oʼyinida oʼyinchilar toʼp bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling