7 - Masala. Uchta kichik korxonadagi tayyor mahsulot va yarim fabrikatlar qiymati to’g’risida joriy yil uchun quyidagi ma’lumotlar berilgan ( mlrd. so’m).
Korxonalar
|
Tayyor mahsulot qiymati
|
Yarimfabrikatlar qiymati
|
Jami
|
1
|
450
|
110
|
560
|
2
|
520
|
90
|
610
|
3
|
700
|
160
|
860
|
Jami:
|
1570
|
360
|
1930
|
Ma’lumotlarni arifmetik nazorat yo’li bilan tekshiring va tegishli o’zgartirishlar kiriting.
8 - Masala. Mantiqiy nazorat yordamida aholini ro’yhatga olish varaqasining savollariga berilgan javoblarni tekshirib ko’ring:
a) ismi, otasining ismi, familiyasi – Aliev Valijon Ahmadjon o’g’li
b) jinsi – erkak
d) yoshi – besh yosh
e) hozir nikohi bormi - ha
f) millati - o’zbek
g) ona tili – rus tili
h) qaysi tilda erkin so’zlasha olasiz-
i) ma’lumoti - o’rta maxsus
j) ish joyi – Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi
k) kasbi – usta
Sizning fikringizcha qaysi savollarga noto’g’ri javob to’ldirilgan. Yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilasa bo’ladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |