1.3. Yoshlarning ish bilan bandligiga ijtimoiy-iqtisodiy, xududiy va
demografik jarayonlarning ta’siri
Yoshlarning ish bilan bandligiga ijtimoiy-iqtisodiy, xududiy va demografik
jarayonlarning ta’sirini tahlil etishdan avval yoshlar toifasiga
aniqlik kiritish talab
etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. “Bizning eng katta
kuch-qudratimiz manbai bu - barcha tabiiy
boyliklarimizni ishga solishga, buyuk
ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan betakror ma’naviy
merosdan,
jahondagi taraqqiy topgan davlatlarning intellektual boyligi va tajribasidan oqilona
foydalanishga tayyor bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda,
milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg‘unligi asosida tarbiya topayotgan, hech kimdan kam bo‘lmaydigan
yosh avlodimizdir"
1
, deb ko‘rsatgan.
Yoshlar jamiyatining alohida guruhi sifatida tadqiqotning murakkab ob’ekti
hisoblanadi. yosh avlod muammolari bilan amalda insonni o‘rganuvchi barcha
tabiiy
va ijtimoiy fanlar - jumladan, fiziologiya,
sotsiologiya, demografiya,
statistika shug‘ullanadi. yoshlarning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlarini
tadqiq etishning muayyan nazariy modelini alohida ilmiy yo‘nalish - yuvenologiya
orqali ishlab chiqishga harakat qilinmoqda.
Jamiyat ishlab chiqarish kuchlari tarkibida hamda ishlab chiqarish
munosabatlarida yoshlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarining o‘rni
va roli
iqtisodiy nazariya va iqtisodiy sotsiologiya tomonidan tadqiq etiladi.
Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish usullari,
vositalari va tadbirlari muayyan davrdagi u yoki
bu mamlakatdagi yoshlar ish
kuchiga talab va taklif bilan bog‘liq iqtisodiyo va ijtimoiy muammolarning tavsifi
va keskinligi bilan belgilanadi.
Zamonaviy jamiyat uchun mehnat bozorini tartibga solishni hayotiy
muhimligi uni rivojlanishi uchun davlat joriy xarajatlarining ko‘lami
orqali
namoyon bo‘ladi. Faqat mehnat bozori doirasida ijtimoiy dasturlarni amalga
Do'stlaringiz bilan baham: