iqtisodiyot, siyosat, huquq sohalarida o‘z teng huquqli
ijtimoiy rolini amalda
bajarib, bu roli va mas’uliyatini anglatadigan hamda ulardan kelib chiqadigan
majburiyatlarini bajaradigan holati”
1 2
tarzida ta’rif berganlar.
Hozirgi davr ilmiy adabiyotida yosh avlod Yoshlari
chegarasi tor va keng
ma’noda talqin etiladi. Tor ma’noda yoshlar deyilganda 16-18 yoshdan 25-30
yoshgacha bo‘lganlar tushuniladi. Keng ma’noda esa inson tug‘ilgandan 25-30
yoshgacha bo‘lgan davri - yoshlik davri, deb hisoblanadi.
BMT atamashunosligi va amaliyotida bolalar va Yoshlar quyidagicha
tasniflanadi:
1. bolalar: 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
2. o‘smirlar: 10-19 yoshdagilar (shu
jumladan ilk, o‘rta va katta o‘smirlik
yoshi);
3. Yoshlar: 15-24 yoshdagilar;
Л
4. yosh kishilar: 10-24 yoshda bo‘lgan barcha shaxslar.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari,
kasb-
hunar kollejlari o‘quvchilarini 15 yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan
birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sog‘lig‘iga
va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish
jarayonini buzmaydigan
engil ishlarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‘l
qo‘yiladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro-huquq hujjatlariga to‘la-
to‘kis mosdir. Xususan, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1973 yilda eng kichik
yosh to‘g‘risidagi 138-Konvensiyasida har qanday
ish turida yoki yollanib
ishlashda eng kichik yosh - 14 yosh deb belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyotchi olimlar yoshlarning iqtisodiy maqomi bilan bog‘liq eng
muhim xususiyatlariga alohida e’tiborni qaratadilar. Bu ularning ish kuchi, sifatida
eng yuksak kasbiy va migratsiya faolligi, oila qurish, uy-joyli bo‘lish bosqichida
Do'stlaringiz bilan baham: