- aholi, ayniqsa yoshlami ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha
umummilliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlami ishlab
chiqish hamda ular ijrosini
ta’minlash;
- iqtisodiy faol aholini kasbga yo‘mltirish yaxlit tizimini shakllantirish va
uni amaliyotga joriy etish;
- mehnat faoliyatining ustuvor va innovatsion
sohalari uchun kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish
tizimini yaratish;
- yoshlarning ish bilan
bandligiga ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy va
demografik jarayonlarning ta’siri doimiy monitoringini yo‘lga qo‘yish
hamda shu
asosda kadrlar tayyorlash hududiy dasturlariga tegishli qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritish.
31
II. YOSHLARNING ISH
BILAN BANDLIGINI OSHIRISH VA TARTIBGA SOLISH
MEXANIZMLARI
2.1. Yoshlarning ish bilan bandligini oshirishda mintaqaviy mehnat bozorini
takomillashtirish
Yoshlarning ish bilan bandligini oshirishda mintaqaviy mehnat bozorini
takomillashtirish
Mehnat bozorini samarali shakllantirish har bir
davlat ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatini amalga oshirishning eng muhim yo‘naHshlaridan biri hisoblanadi. U
amaldagi qonunchilik doirasida muayyan tartib - qoidalarni ishlab chiqish hamda
ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar o‘rtasidagi
shartnoma majburiyatlari
bajarilishi kafolatini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. shu munosabat bilan
mamlakat taraqqiyotini yuksaltirishga qaratilgan eng
muhim va dolzarb maqsad-
vazifalari qatorida: “.zamonaviy mehnat bozorini yanada kengaytirish asosida
yangi ish o‘rinlari tashkil etish” ni alohida ko‘rsatib o‘tdi.
Iqtisodchi olimlar mehnat bozorini muvofiqlashtirish
omillarini chuqur
tadqiq etganlar. Neoklassik iqtisodiy nazariya vakillaridan D. Gildyar, M.
Feldstayn, R. Xoll mehnat bozorini bozor iqtisodiyoti qonunlariga amal etuvchi va
narx mexanizmi bilan muvofiqlashtiruvchi faol tizim sifatida ta’riflaydilar.
Ularning fikriga binoan ish kuchi bahosi bozor mexanizmlarining
amal qilish
jarayonida mehnat bozori kon’yukturasiga bo‘ysungan holda uning ehtiyojiga
qarab qimmatlashadi yoki arzonlashadi
1
.
J.M. Keyns esa o‘zining 1936 yilda e’lon qilingan “Ish bilan bandlik, foiz va
pulning umumiy nazariyasi” asarida aholining ish bilan
bandligini tahlil etish
asosida bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi muvozanatni avtomatik ravishda tiklashga
qodir emasligi to‘g‘risidagi xulosaga keladi va shuning uchun iqtisodiyotni tartibga
solishga davlat aralashuvi talab etilishini ko‘rsatgan. Bu ish kuchiga samarali
Do'stlaringiz bilan baham: