O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti psixologya yo‘nalishi


Download 1.28 Mb.
bet2/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1271082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLARDA METAMERIYA HOLATI MOHIYATI

Mavzuning ahamiyati: Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi.
Morfologiya – hayvonlarning tashqi, anatomiya – ichki tuzilishini o‘rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik rypyhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenez)ni, filogenetika – esa hayvonot dunyosining evolyutsiyasini, ekologiya – hayvonlarning tashqi va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi. Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya – o‘rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan uzviy bog‘langan. Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi. Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni, entomologiya – hasharotlarni, akarologiya – kanalarni, ixtiologiya – baliqlarni, ornitologiya – qushlarni, teriologiya – sutemizuvchilarni o‘rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq, xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 5 Tuproqda yashovchi hayvonlarni o‘rganish esa tuproq, hosil bo‘lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar baliq xo‘jaligi va chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko‘paytirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, shuningdek hayvonlar organizmidagi biokimyoviy o‘zgarishlarni tekshirish, parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Zoologiya fani yutuqlari tabiatga ilmiy-materialistik dunyoqarashning rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Zoologiya fani to‘plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling