O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti psixologya yo‘nalishi


Download 1.28 Mb.
bet5/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1271082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLARDA METAMERIYA HOLATI MOHIYATI

2.1. Halqali chuvalchanglar tipi
Halqali chuvalchanglar tipi. Halqali chuvalchanglar tanasi halqali, tana bo’shlig’i rivojlangan hayvonlar. Ularga 7000 tur kiradi. Yashash muhiti tuproq, chuchuk suvlar, dengiz. Tanasi bo’g’imlarga bo’linib, ikkala yonida harakat vositasi bo’lgan tuklari – paradoiyalar joylashgan.
Halqali chuvalchanglar 2 ta sinfga bo’linadi. 1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar). 2.Ko’p tuklilar sinfi (poligoxetlar).
1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar) tuproq va suvda yashaydi. Paradoyalari yo’qolgan, o’rnida bir nechta tuklar qolgan. Germafrodit organizmlar, lichinkalari o’zgarishsiz rivojlanadi. Turlari: yomg’ir chuvalchangi, oq gultuvak chuvalchangi, chuchuk suvda, balchiqda yashovchi qizil chuvalchanglar.
2. Yomg’ir chuvalchangi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariq bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlariekiladigan dalalarda uchratish mumkin.
Chuvalchanglar tuproq ichida hayot kechiradi, lekin qattiq jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuzida chiqib qoladi. Ana shu sababdan ular yomg’ir chuvalchangi deb ataladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. tanasi halqalarga o’xshash tortmalar bilan ko’p sonli bo’limlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonidan to’rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi bir necha dona halqalari yo’g’onlashib, maxsus belbog’ hosil qiladi. Tanasida taxminan 100-180 ta halqa bo’ladi.
Teri-muskul xaltasi. Chuvalchangning tanasi tashqi tomonidan bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa terilar bilan qoplangan. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo’ylama muskullar ikki qavat bo’lib joylashgan. Muskullarning ostida bir qator bo’lib joylashgan hujayralardan iborat ichki epiteliy qavati tana bo’shlig’i devorini hosil qiladi. Tashqi va ichki qavatlar va ularning orasida joylashgan halqasimon hamda bo’ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana deorini hosil qiladi. Bu halta ichki organlar joylashgan tana bo’shlig’ini o’rab turadi.
Harakatlanishi. Yomg’ir chuvalchangi tanasining tashqi tuzilishi tuproqda in qazibhayot kechirishga msolashgan. Chuvalchang halqasimon va bo’ylama muskullari yordamida tanasini cho’zadi, yoki qisqartiradi va har tomondan burilib, ancha murakkab harakat qiladi. Tuproq ichida harakatlanayotgan chuvalchangning halqasimon va bo’ylama muskullari galma-galdan qisqarib boradi. Dastlab tanasining oldingi tomonidagi halqasimon muskullar qisqarishi tufayli chuvalchangning oldingi tomoni cho’zilib, ingichkalashadi va chuvalchang tanasining konussimon oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan so’ng tana devoridagi bo’ylama muskullar qisqarib, tanasining olingi qismi yo’g’onlashadi. Tuproq zarralari surilib, chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga in ochadi. Zichlashgan tuproqda chuvalchang tuproqni ichagi orqali o’tkazib, o’ziga yo’l ochadi. Terida joylashgan tuklar chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda esa, chuvalchang tanasining siljishini yengillashtiradi.
Tana bo’shlig’i. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda barcha ichki a’zolari joylashgan. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i to’gachak chuvalchanglaridan farq qilib, yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajratilgan. Tana bo’shlig’i bo’lmaganlarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Bundan tashqari, halqali chuvalchanglartana bo’shlig’i devorining tichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashganhujayralar bilan qoplangan.
Hazm qilish sistemasi. Yomg’ir chuvalchangining og’iz bo’shlig’i tanasining oldingi ichida, birinchi tana bo’shlig’ining ustida joylashgan. Og’iz qisqa xalqum orqali qizilo’ng’achga tutashgan.
Qiziqlo’ng’achning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa, kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing orqa tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular chirindilarni tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladiyu oziq tarkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi tuproq bilan birga unol teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Tashqariga chiqarilayotgan tuproq zarralari hazm shirasiga aralashib, qisman bir-biriga yopishib, yumaloqlanib chiqadi va donador ko’rinishga ega bo’ladi. Bu donachalar kopralitlar deyiladi. Yomg’ir chuvalchangining tuproqni donador qilib yumshatishi va bu bilan o’simliklar ildizining yaxshi nafas olishiga yordam berish hususiyati ham mana shunda.
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda kuzatilgan. Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi bir-biri bilan tutashib turadigan qon tomirlaridaniborat. Chuvalchang tanasida ikkita yirik qon tomir, biri – orqa qon tomiri, tananing orqa tomonida, ichak ustida, ikkinchisi – qorin tomiri, ichak ostida joylashgan. Bu ikkala yirik qon tomirlarhalqa tomirlar orqali o’zaro tutashgan. Qizilo’ng’ach atrofida joylashgan 5-6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan. Bu tomirlar qisqarish hususiyatiga ega bo’lganligi tufayli “yurak” deb ataladi. Halqa tomirlar va yirik qon tomirlardan tanadagi turli organlarga mayda qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar ham o’z navbatida judamayda tomirlar ajraladi.
Organlarga joylashgan eng mayda qon tomirlar kapilyarlar deb ataladi. Kapilyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko’p bo’ladi. Xalqumdagi halqa qon tomirlari qisqarish natijasida qon orqa tomir bo’ylab tananing oldingi tomonigaoqadi. Chuvalchangning qon tomirlari tana bo’shlig’i bilan tutashmaganligi sababli ularning qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketmaydi, qon esa, harakat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan yomg’ir chuvalchangi va boshqa halqali chuvalchanglarning qon tomirlari yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalari bosiladi. Ichakda hazm bo’ladigan oziq moddalarichakdevori orqali qonga so’riladi va hamma organlarga tarqaladi.
Nafas olishi. Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod tuproq havosidan teri orqali kapilyarlardagi qonga o’tib, qon bilan hamma organlarga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonad angidrid gazi ham teri orqali organizmdan chiqib ketadi.. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi.
Ayirish sistemasi. Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi oq planariyanikidan farq qiladi. Har bir tana bo’g’nida bir juftdan sirtmoqqa o’xshash burilgan ingichka uchun naychalar ayirish sistemasi vazifalarini bajaradi. Naychalarning bir uchi tana bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa, teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi voronkaga o’xshash kengaygan va juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teri yuzidagi teshikchalar orqali organizmdan chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to’planib xalqumusti va xalqumosti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi.Bu nerv tugunlarini xalqumni ikkita tomondan aylanib o’tadigan xalqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Xalqumosti nerv tuguni qorin bo’ylab ketadiganqorin nerv zanjiribilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’ini to’g’risida bittadan kichik nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasioq planariya va uskaridanikidan nisbatan ancha murakkab tuzilgan bo’lib, xalqumusti va xalqumosti nerv tugunlaridan, qorin nerv zanjiridanhamda ulardan chiqadigan nerv tolalaridan iborat.
Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi, lekin u yorug’lik, harorat kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. Uning teri hujayralarida sezuvchi nerv tolalaribo’ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan bog’langan. Yomg’ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil bo’ladi. Gidra yoki planariya tanasiningqaysi qismiga ta’sir etsak bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Buning aksicha, yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilsak o’sha tomoni ta’sirlanadi va har xil harakat qiladi. Masalan oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, qochishga harakat qiladi. Reflekslar yomg’ir chuvalchangi hayotida katta ahamiyatga ega. Reflekslar yordamida chuvalchanglar o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlardan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko’payishi. Yomg’ir chuvalchangi germafradit hayvon, lekin ko’payishi davrida ikki chuvalchang bir-birini urug’lantiradi. Chuvalchang tuxum qo’yish davrida belbog’chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo’ladi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba’zan 6-20 donagacha tuxum qo’yadi.Pilla chuvalchang tanasidan sirg’alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regenerasiyasi. Yomg’ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash hususiyati ega.Chuvalchang tanasi ikki bo’lakka ajratilganida uning har bir bo’lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo’lishi aniqlangan.
Ahamiyati. Yer yuzida yomg’ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Yomg’ir chuvalchanglari chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida ko’zga ko’rinmaydigan siyrak va kalta tukchalar bo’ladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Yomg’ir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o’tishini yaxshilaydi. O’simlik ildizlari chuvalchanglar qaziganinlar orqali yaxshi o’sadi. Bundan tashqari chuvalchanglar tuproqni ichagidan o’tkazib, uni chirindiga boyitadi. Chuvalchang ko’p bo’lgan tuproq donador bo’lib, namlik va oziq moddalarni o’zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda yomg’ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 tonna tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomg’ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro’zg’or chirindilarini qayta ishlab sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi.
Qo’shimcha ma’lumot. Yomg’ir chuvalchanglarining yer unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib, AQSh va ba’zi g’arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko’paytiruvchi fermerlar faoliyat yuritmoqda. Bunday ishlar respublikamiz viloyatlarida ham tashkil etilgan. Yomg’ir chuvalchangi ko’p bo’ladigan tuproqlarda mevalar mazali va vitaminlarga boy bo’ladi. XVII asrlarning ikkinchi yarmida Anton Levenguk tomonidan mikroskopning ixtiro qilinishi tuproqshunoslikda katta inqilob yasadi. Uning yordamida mayda, ko’z ilg’amas tuproq jonivorlarining tuproq hosil bo’lishi jarayonidagi beqiyos roli faqatgina 100 yil o’tganidan so’nggina Lui Paster tomonidan ochib berildi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling