O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti psixologya yo‘nalishi


Download 1.28 Mb.
bet8/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1271082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLARDA METAMERIYA HOLATI MOHIYATI

2.2. Ignaterililar filogeniyasi
Ignaterililar tuzilishining xilma-xilligi ularning kelib chiqishini tushuntirishni qiyinlashtiradi. Anal teshigining blastopor o‘rnida paydo bo‘lishi, mezodermaning kelib chiqishi va nihoyat uch bo‘g‘imli lichinkasi ularni ikkilamchi og'izli hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Ignaterililarning kelib chiqishini ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan diplevrula lichinkasi orqali tushuntirish mumkin. Diplevrulaning tuzilishi ignaterililarning ajdodlari ikki tomonlama simmetriyali oligomer (kam bo‘g‘imli) erkin harakatlanadigan hayvon bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ularning og‘iz teshigi tanasining oldingi tomoniga, anal teshigi keyingi tomoniga yaqinroq joylashgan; selom bo‘shlig‘i 3 juft xaltachalarga ajralgan. Bunday gipotetik organizm faqat ignatanlilarninggina emas, balki hamma ikkilamchi og'izlilarning ham ajdodi bo'lishi mumkin. Chunki Chalaxordalilar va Pogonoforalar voyaga yetgan davrida ham tanasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ayrira chalaxordalilar lichinkasi ignatanlilarning diplev­rula lichinkasiga o‘xshash bo‘lib, selomi uchga bo‘lingan. O‘troq yashashga o‘tgan hayvonlar og‘iz teshigi atrofida keyinchalik suvdan oziq zarralarini yig'ishga moslashgan kiprikli radial ambuiakral egatchalar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlash tufayli bu egatchalar eng qulay holatni egallagan va ularning soni doimiy 5 ta bo‘lib qolgan. Evolyutsiya jarayonida skelet plastinkalari va ichki organlarning joylashishi ham egatchalarning joylashishiga, ya’ni radial simmetriyaga moslasha borib, besh nurli simmetriya kelib chiqqan. Eng so‘nggi navbatda ovqat hazm qilish va jinsiy sistemasi radial simmetriya holatiga ega boigan. Chunki hozirgi ignaterililar orasida goloturiyalar, dengiz tipritikanlari va nilufarlarning ichagi naysimon tuzilgan, goloturiyalaming jinsiy bezlari esa bitta boladi. Hozir­gi ignaterililar tuzilishining bir qancha xususiyati, xususan tosh kanali, o‘q organi va madreopor plastinkasining ekssentrik joylashishi nurli simmetriy­aga mos kelmaydi.
Ichak bilan nafas oluvchhilar filogeniyasi.
Ichak bilan nafas oluvchilarni zoologlar uzoq vaqt davomida chuvalchanglar qatoriga qo‘shib kelishgan. Faqat A.O.Kovalevskiv (1867) ularni xordalilarga yaqin turishini isbot qilib berdi. Jabra yoriqlari, orqa nerv nayi, notoxordi va yurak xaltasining bo‘lishi bilan ular qobiqlilarga o'xshaydi. Lekin tuxum hujayrasining maydalanishi, anal teshigining blastopor o‘mida hosil bo‘lishi, ikkilamchi og‘izning kelib chiqishi, mezodermani enterotsel usulida hosil bo‘lishi, shuningdek tomariya lichinkasining tuzilishi ularni ignaterililarga yaqin hayvonlar ekanligini ko'rsatadi.
Qanot jabralilar filogeniyasi.
О‘troq hayot kechirishi tufayli pogonoforalarning tashqi ko'rinishi o'troq yashovchi halqali chuvalchanglarga o'xshash bo‘ladi. Bunday konvergent o‘xshashlik tufayli ayrim zoologlar pogonofottoni o‘troq yashovchi ko‘p tukli halqalilarga kiritishgan. Pogonoforning tuzilishidagi ayrim belgilar, xususan xitin hosil qilishi va paypaslagichlarinng bo'lishi ulami ko‘p tukli halqalilar, exiuridlar. mollyudlash, paypaslagich­lilar yoxud qiljag'lilarga yaqinlashtiradi. Ikkinchi idfeondan selom enteroteel yo‘l bilan kelib chiqishi, bir juft og’iz xaltalarining asimetnkyo‘1 bilan hosil bo‘lishi, oldingi jag’ perikardiyning shakllanishi pogonoforalarni yelka oyoqlilar va ikkilamchi og‘izlilar bitta tipga yaqinlashtiradi.
Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, serelatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor.
Yassi chuvalchanglar-tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uzunligi 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi-kiprikli epiteliy, parazitlariniki-ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat-tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapnlar va irmoqlardan iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining qorin yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi toʻgʻri (shoxlanmagan, 2-3 yoki koʻp marta) shoxlangan, baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; tasmasimon chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. Ichakning keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi. Ayirish organi-protonefridiy. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Teri orqali nafis oladi. Nerv sistemasi bosh gangliylar, halqumni aylanib oʻtadigan halqa komissuralar va bir juft boʻylama nerv poyalari hamda ularni tutashtirib turadigan nerv tolalaridan iborat. Yassi chuvalchanglarga erkin yashovchi ksenoturbidlar va kiprikli chuvalchanglar, parazit yashovchi aspidagastreylar, trematodalar, monogeniylar, girokotilidlar, amfilinidlar va sestodalar sinflari hamda 12000 tur kiradi. Yassi chuvalchanglar germafrodit, jinsiy sistemasi juda murakkab, baʼzi turlari ayrim jinsli.Koʻpchiligining hayot sikli juda murakkab. Yassi chuvalchanglar orasida odam va hayvonlar uchun xavfli parazitlar ham koʻp uchraydi.


Xulosa
Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy ixtisoslashgan organlar va yadroga ega bo’lgan eukariot organizmlardir. Bu jihatda ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ularni hujayraning paydo bo’lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolutsiyasi natijasida kelib chiqqan deyish lozim.
Bir hujayralilar kenja olamiga mansub bo’lgan tiplar o’rtasidagi filogenetik munosabatlar hamda ular orasida eng qadimgi tuban tuzilishga eg bo’lgan vakillari to’g’risida turli xil fikrlar mavjud. Infuzoriyalar bir hujayralilar orasida eng murakkab tuzilgani bo’lsa, sporalilar, miksosporadiyalar va mikrosporadiyalar parazit hayot kechiradi. Shuning uchun bu 4 tipga mansub bo’lgan organizmlarni eng qadimiy hayvonlarga kiritish lozim emas.
G‘ovaktanlilarning parenximula lichinkasi Mechnikov ko'rsatib o‘tgan i jtsitellagajuda o‘xshash bo'ladi. Fagotsitellani o‘troq yashashga o‘tishi tufayli g'ovaktanlilar paydo bo‘lgan deyish mumkin. Lekin g‘ovaktanlilar embrion yaproqlarining teskari ag‘darilishi tufayli, ulaming tashqi qavatidagi xivchinli hujayralari botib kirib, ichki yoqachali xivcliinli qavat - xoan- otsitlami, ichki hujayralar esa tashqi dermal qavatni hosil qiladi. Bu dalil- lar g‘ovaktanlilar hayvonot olami evolyutsiyasining dastlabki bosqichida, ya’ ni embrion varaqlari shakllanishining boshlang ‘ich davrlarida hay von- larning umumiy shajarasidan ajralib, mustaqil rivojlanishga o‘tgan hayvon- larekanligini isbot etadi.
Barcha ko’p hujayralilarning bitta urug’langan tuxum hujayradan boshlanadi. Bu hol ko’p hujayralilarning bir hujayralilar bilan qarindosh ekanligini ko’rsatadi. Dastlabki ko’p hujayralilar volvoksga o’xshash bo’lgan.Lekin tayyor oziq bilan oziqlanadigan kaloniya bo’lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan.Dastlabki ko’p hujayralilar tanasi ikki qavat hujayradan iborat bo’lgan.Keyinchalik hujayralar har xil vazifalarni bajarishga moslasha borishi bilan ularning tuzilishida farq paydo bo’lgan.Darxaqiqat, bo’shliqichlilar ektodermasida xivchinli hujayraning bo’lishi ularning kaloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga dalil bo’ladi.
Hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyoti uch qavatli hayvonlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o’xshash bo’lgan.Evolutsiya davomida hujayralar toboro ixtisoslasha borishi natijasida to’qimalar kelib chiqqan.
Hayvonlarning bundan keyingi tarixiy taraqqiyoti tana bo’shlig’ning paydo bo’lishi va ichki organlar rivojlanishiga olib kelgan. Kiprikli chivalchanglardan to’garak chuvalchanglar va halqali chuvalchanglar, ulardan esa molyuskalar va bo’g’imoyoqlilar kelib chiqqan. Nafas olish va qon aylnish sistemasining paydo bo’lishi ovqat hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining takomillashib borishi bilan hayvonlarning tanasi ham yiriklashgan.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling