OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʼRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
FARGʼONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
|
Fargʻona politexnika instituti rektori
________________Oʻ.R. Salomov
2022 yil “__” avgust
|
“RAQOBAT STRATEGIYASI”
FANINING OʼQUV DASTURI
Bilim sohasi
|
400 000
|
-
|
Biznes, boshqaruv va huquq
|
Taʼlim sohasi:
|
410000
|
-
|
Biznes va boshqaruv
|
Taʼlim mutaxassisligi:
|
70410101
|
-
|
Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
|
Fargʻona – 2022
Fan/modul kodi
SCME
|
Oʼquv yili
2022-2023
|
Semestr
1
|
ECTS-kreditlar
6
|
Fan/modul turi: Majburiy
|
Taʼlim tili:
Oʻzbek
|
Haftadagi dars soatlari: 4
|
1
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
|
72
|
108
|
180
|
2
|
I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad — talabalarda raqobatbardoshlik strategiyasining anʼanaviy usullari, imkoniyatlar va barqarorlik, raqobat oʻyinlari nazariyasining zamonaviy modellariga bagʻishlangan xam nazariy xam amaliy tomonlarini oʻrganish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi — talabalarda strategik tahlil qilish, biznes siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini tahlil qilish, uzoq muddatli va raqobatdoshligini aniqlaydigan boshqaruv qarorlari va harakatlari boʻyicha xulosalar chiqarishni oʻrgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga kuyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Strategiya asoslari
Raqobat strategiyasiga kirish. Imkoniyatlar va tarmoq tahlili (5 kuch tahlili). Konsolidatsiya va bozor tarkibi. Strategiyani aniqlash va baholash.
2-mavzu. Raqobat ustunligi
Birinchi navbatdagi ustunliklar. Pozitsiyalanish va tabaqalashtirish. Raqobat va qiymat zanjiri. Barqaror raqobat ustunligi. Ichki va tashki imkoniyatlardan samarali foydalanish. Raqobat ustunligining boshqa omillari.
3-mavzu. Statik raqobat
Konsentratsiyalashgan bozorlar. Strategik toʻldirish va almashtirish chegaralari. Uzaro taʼsir strategik oʻyini. Narx orqali raqobatlashuv. Quvvatlar orqali raqobatlashuv. Tabaqalashtirilgan va dinamik narx belgilash. Auksionda raqobatlashuv. Paketlash tirish.
4-mavzu. Dinamik raqobat
Moslashuvchanlik va real parametrlar. Tarmoqqa kirish strategiyasi va undan chiqish. Majburiyatlar va xoldan toydiruvchi kurashlar. Bozor signallari va shaʼn. Yirtqich narxlash siyosati. Talab sikllari va shoklarni boshqarish.
5-mavzu. Korporativ strategiya
Gorizontal qamrov i diversifikatsiya. Vertikal qamrov. Strategik alyanlar va qoʻshma korxonalar. Xalqaro strategiya: jahon bozorlarida qiymat yaratish.
6-mavzu. Antimonopol tartibga solish
Antitrest qonunchiligi. Qoʻshilishni (birlashishni) taʼminlash.
7-mavzu. Innovatsion va texnologik strategiya
Tarmoq samaralari. Innovatsiya va amaliyotda oʻrganish. Innovatsiya va qoʻshimcha aktivlar. Muvofiqlik i standartlar.
8-mavzu. Strategiyani amalga oshirish
Strategik nazorat va korporativ boshqaruv. Tashkilotning samarali dizaynini yaratish. Strategik liderlik. Korporativ tadbirkorlikni ragʻbatlantirish.
9-mavzu. Yangi firmalar, strategik oʻzgarishlar, notijorat tashkilotlari
Yangi firmalar. Strategik oʻzgarishlar. Strategiya va notijorat tashkilotlari. Kurs materiallarini notijorat muhitda sintez qilish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |