Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: M/R = f(R) Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning kuyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin: 1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi. Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad xajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga boglik deb xisoblanadi. . Pulga talab grafigi
R
Md=f(R)
M/R
Pulning aylanish tezligini xisobga olmaganda, real pul koldigiga talab formulasi kuyidagicha bo`ladi: (M/P) D =f (R, Y); Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad. CHizikli bogliklikni e`tiborga olsak, kuyidagicha formula xosil bo`ladi: (M/P)D = kY - hR Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta`sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi). Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur`atini ayirib topiladi. Daromad darajasining o`zgarishi foiz stavkasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam pulga talabning ko`payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizigining siljishi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat kilinadi va (M/P)s darajasida kayd kilingan Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi mikdorini ko`rsatadi. (M/P) s = M*/P* Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi. R Ms M*/P* M/P chizma. Real pul vositalari zaxirasi taklifi grafigi
Do'stlaringiz bilan baham: |