O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Politexnika Instituti Elektr energetika fakulteti Elektr energetika kafedrasi
Download 0.8 Mb.
|
S 11 18 SHET Timurovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG‘ULOT HISOBOTI.
3- AMALIY MASHG‘ULOT HISOBOTI.
Shahar tashqi elektr yoritish tizimi yuklamalarini hisoblash. Shahar ko‘chalari, yo‘llari va maydonlarini tiplarini aniqlash va ularni tashqi elektr yoritish tizimi yuklamalarini hisoblashni o‘rganish. Shahar ko‘chalari, yo‘llari va maydonlarini kechki va tungi vaqtda yoritish – shaharlarni obod qilish va arxitektura-badiiy bezashda eng asosiy element hisoblanadi. MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan barcha energiyaning 17-19% yoritishga sarflanadi. Shaharlarning turar-joy sektorida esa yoritishga barcha iste’mol qilinayotgan energiyaning 85% to‘g‘ri keladi. Lekin shaharlarning obod bo‘lishiga tashqi yoritishning katta ahamiyatga egaligiga qaramasdan, u hali yetarlicha keng miqyosda qo‘llanilmayapti. Aholi yashaydigan joylardagi sun’iy yoritish uchun turli xildagi yoritish qurilmalaridan foydalaniladi: 1. Utilitar – asosiy vazifasi shahar ko‘chalari va maydonlarida transportning va yo‘lovchilarning xavfsiz Harakatlanishi uchun yetarlicha ko‘rinish hosil qilib berish; 2. Arxitektura-badiiy – asosiy maqsadiy ko‘cha va maydonlarni kechki paytlarda «yoritish arxitekturasini» Hosil qilish va badiiy jihatdan eng qadirli bino va inshootlarni ajratib qo‘yish; 3. Reklama – turli xil tovarlarni, teatr va kino tomoshalarini reklama qilish uchun mo‘ljallangan. Bunga magazin va kiosklarning vitrina yoritishlari ham kiradi; 4. Yoritish signallari ko‘rinishidagi yo‘l-transport – transport to‘xtash joyi, havsizlik orolchalari va harakatlanishni boshqarish ko‘rsatkichlari, yonuvchi belgi va nomerlar va b. Hozirgi vaqtda tashqi yoritish uchun yorug‘lik manbaalari bo‘lib cho‘g‘lanma lampalar, lyuminestsent va simobli lampalar xizmat qilmoqda. Cho‘g‘lanma lampalar, nisbatan arzon, keng diapazonli yoritish kuchi va boshqa ijobiy sifatlarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, elektr energiyani yorug‘lik energiyasiga aylantirishda kichik effektivlikka ega. Bunday lampalarning yorug‘lik berishi ularning quvvati va nominal kuchlanishiga bog‘liq. Cho‘g‘lanma lampalar quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda tasniflanadi: - fizik – cho‘g‘lanish jismining material turi, cho‘g‘lanish - jismi va ballonning formasi bo‘yicha; - elektr va yorug‘lik parametrlari bo‘yicha; - ekspluatatsion – qo‘llanilishiga qarab. Cho‘g‘lanma lampalarning yorug‘lik foydali ish koeffitsienti 3-5% dan oshmaydi. Shuning uchun keyingi yillarda ko‘chalarni yoritish uchun yangi, ancha tejamli gaz razryadli yorug‘lik manbalaridan yanada kengroq foydalanilmoqda. Turli tipdagi simobli lampalar keng tarqalgan: - past bosimli (0,01–1,00 mm.sim.ust) lampalar – bu naysimon lyuminestsent lampalardir; - yo‘naltirilgan rangli yuqori bosimli (0,3–3 atm.) lampalar – bu DRL (5-10atm) 300-400oS, yoy-razryadli lyuminestsent lampalar; -o‘ta yuqori bosimli (3 dan yuzlab atm.) – ksenonli natriyli lampalar. Bunday lampalar cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 2–2,5 marotaba tejamliroqdir. Tashqi yoritish uchun turli xil lampalardan ratsional foydalanish jabhalari: Cho‘g‘lanma – yuqori arxitektura-badiiy bezash talab qilinmaydigan barcha ko‘chalarni yoritish. Lyuminestsent – yuqori arxitektura-badiiy bezashni talab qiluvchi markaziy ko‘chalarni, magistrallarga tutashuvchi ko‘chalar, shuningdek, bulvar, skver va maydonlarni yoritish. Simobli to‘g‘irilangan rangli DRL – magistrallarni, keng ko‘chalarni va katta maydonlarni yoritish. Natriyli – shahar chetidagi avtoyo‘l va avtomagistrallarni yoritish, bino va monumentlarni pastdan sal yoritish. Yoritish uchun energiya sarfini quyidagi formula orqali hisoblanadi: bu yerda: Pн.ёр – yorug‘lik manbalarining o‘rnatilgan quvvati, kVt; Kбв – yoritish manbalarining o‘rnatilgan quvvatidan maksimal talab qilingan quvvatga o‘tishga beruvchi bir vaqtdalilik koeffitsienti; Tмакс – maksimal talab qilingan quvvatdan foydalanish vaqti. Yorug‘lik manbalari quvvatini aniqlashning bir necha xil usullari mavjud. Yoritishni batafsil xisoblash zarurati bo‘lmagan holda, eng ko‘p tarqalgan usullardan biri – yorug‘lik oqimidan foydalanish koeffitsienti bo‘yicha Hisoblash usulidir. Unga ko‘ra 1 m2 yoritilayotgan maydonning yoritgichlarini o‘rnatilgan quvvati quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda Eур – zarur bo‘lgan o‘rtacha yoritilganlik, lk bu formula orqali Haqiqiy Po‘r aniqlanadi va normalar bilan solishtiriladi. Jadvaldan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi. Quyidagi formuladan yoritgichning yorug‘lik oqimi topiladi: Quyida yoritgichlarning joylashish sxemasi keltirilgan. Ular: a) bir taraflama; b) o‘q bo‘ylab yo‘nalgan; c) ko‘chaning o‘qi bo‘ylab ikki qatorli; d) ikki qatorli to‘g‘ri burchakli; e,f) ikki qatorli shaxmatli; g) uch qatorli to‘g‘ri burchakli; h) to‘rt qatorli to‘g‘ri burchakli Xulosa. Shahar ko‘chalari, yo‘llari va maydonlarini tiplarini aniqlash va ularni tashqi elektr yoritish tizimi yuklamalarini hisoblashni o‘rgandik va amaliyotda bajardik, o’zimizga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldik. 4- AMALIY MASHG‘ULOT HISOBOTI. Shahar elektr ta’minotidagi TP chiquvchi 0,4 kV li tarmoq yuklamasini hisoblash. Shahar elektr iste’molchilarining elektr yuklamalarini hisoblash usullarining tadqiqi. Shahar tarmoqlarida hisobiy elektr yuklamalarni aniqlash. Shahardagi bino va inshootlarning ichki va tashqi elektr tarmoqlarini loyihalash vaqtida kutilayotgan elektr yuklamalarni to’g’ri aniqlash barcha shahar elektr ta’minoti masalalari kompleksining ratsional yechimi asosidir. Shahar tarmoqlarining jamoat va turar-joy binolarining Hisobiy elektr yuklamalari Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.04.17 – 98 «Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari. Loyihalash me’yorlari» bilan reglamentlanadi. Xonadonlarning elektr energiya qabul qilgichlaridan vujudga keluvchi transformator podstantsiyalarining ta’minlovchi liniyalarida, kirishlarida va 0,4 kV RU shinalarida Hisobiy elektr yuklamani quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi, kVt: bu yerda: Rсол.xoн - xonadon elektr qabul qilgichlarining solishtirma Hisobiy elektr yuklamalari, Havoni konditsioner-larining mavjudligi, ishlatilayotgan oshxona plitalarining turiga va ulangan xonadonlar soniga qarab 5-jadvaldan olinadi, kVt/xonadon nxoн - TP tarmog’iga ulangan xonadonlar soni. Turar joy binosining kirishiga, liniyasiga yoki TP ning 0,38 kV kuchlanishli shinalariga keltirilgan kuch elektr qabul qilgichlarning Hisobiy yuklamasi talab koeffitsienti usuli bo’yicha aniqlanadi. Lift qurilmalarining ta’minlov liniyasining Hisobiy yuklamasi Рҳ.л. quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt: bu yerda: Kт.л –talab koeffitsienti, QMQ ning 6-jadvalidan aniqlanadi; nл – liniya bilan ta’minlanuvchi liftlar soni. Sanitar-texnik qurilmalar elektr yuritgichlarining ta’minlov liniyasi Hisobiy yuklamasi ularning o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha, talab koeffitsientini Hisobga olgan Holda 10-jadvaldan aniqlanadi. Ta’minlov liniyasi kirishlaridagi, TP ning RU-0,38 kV li shinalaridagi maishiy pol usti elektr plitalaridagi hisobiy yuklamalar quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt: bu yerda: Рx.пл – pol usti elektr plitalarining Hisobiy yuklamasi, kVt; Рн.пл – elektr plitasining o‘rnatilgan quvvati, kVt; Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling