O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Politexnika Instituti Elektr energetika fakulteti Elektr energetika kafedrasi


Shahar elektrlashtirilgan transporti yuklamalarini hisoblash. Shahar elektrlashgan transporti yuklamasini hisoblash


Download 0.8 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1526799
1   2   3   4   5
Bog'liq
S 11 18 SHET Timurovna

Shahar elektrlashtirilgan transporti yuklamalarini hisoblash. Shahar elektrlashgan transporti yuklamasini hisoblash.
SHAHAR ELEKTRLASHGAN TRANSPORTI

  • Hozirgi vaqtda zamonaviy shaharni jamoat transportisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu, ayniqsa, tumanlari orasidagi masofa bir necha o’n kilometrni tashkil etadigan, axolisi juda ko’p bo’lgan shaharlarga tegishlidir. Yaxshi rivojlangan ommalashgan transportlar sababli shahar atroflari va ularga intiluvchi aholi yashaydigan rayonlar zamonaviy shaharlarga qo’shilib kengaymoqda. Rivojlangan shahar transportining mavjudligi shahar xududini oqilona rejalashtirish, sanoat korxonalarini shahar h.k.ining chetida joylashtirish, ko’kalamzorlarni ratsional va bir tekis taqsimlash va shunga o’xshash imkoniyatlarni beradi.

  • Zamonaviy shahar elektrlashgan transporti – yo’lovchi -transportining tejamkor, ishonchli, gigienik va sig’imli turidir. Bunday transport atrof-muhit muhofazasi, to’liq harakatlanish havfsizligi va ishonchliligi, yo’lovchilarga qulaylik, harakatlanish vaqtida shovqinning kamligi, harakatlanish chastotasi va muntazamligini yuqoriligi kabi talablarga javob beradi.

  • Shahar elektr transportining asosiy turlariga tramvay, trolleybus, metropoliten va shahar atrofi poezdlari kiradi. Ayrim hollarda boshqa turdagi, masalan, yuritgichi akkumulyatorlardan ta’minlanuvchi elektromobillar ham kiradi.

  • Elektrlashgan transport deb shunday harakatlanadigan tarkibga aytiladiki, unda harakatlanuvchi g‘ildiraklardagi tortish kuchi (tyaga) elektr yuritgichlari bilan hosil qilinadi, ularni ta’minlash uchun energiya esa statsionar stansiyalardan olinadi. MDH da elektr tyaga (Elektr kuchi bilan tortish) uchun o‘zgarmas tok va 50 Gs chastotali bir fazali o‘zgaruvchan tok qo‘llaniladi.

  • MDH da elektr tyagada qo‘llaniluvchi nominal kuchlanishlar va tok tizimlari jadvalda keltirilgan.



  • Eng avvalo, transportning elektr jihozlari, shikastlangan detallarni tez O’zgartirish, buzilgan apparatlarni ta’mirlash yoki almashtirish imkonini beruvchi ishonchli va sodda tuzilishga ega bo’lishi kerak.

  • Montaj ulanishlarning tuzilishi shunday bo’lishi kerakki, ularning tok yurituvchi qismlari mexanik yuklanmasligi kerak.

  • Tramvay vagonlarida faqatgina o’zgarmas tok yuritgichlari qo’llaniladi.

  • Ketma–ket qo‘zg‘atishli yuritgich eng yaxshi tortish hususiyatiga ega, lekin elektr energiyani rekuperatsiyalash qo‘llanilganda aralash qo‘zg‘atishli yuritgich eng maqbul hisoblanadi. Shuning uchun tramvay vagonlarida ketma–ket va aralash qo‘zg‘atishli tortish yuritgichlari qo‘llaniladi.

  • Harakatlanish tezligi yurish sifatining yaxshilanishi mamlakatimiz va chet el metropolitenlarida kuzatilayotgan harakatlanuvchi tarkibning energo qurollanganligining oshishi tendensiyasi evaziga amalga oshirilmoqda. MDHda tortish yuritgichlarining bitta vagonga yig‘indiviy quvvati 272 kVt dan (E vagon) 440 kVt gacha (I vagon) oshdi. Stokgolmda bu ko‘rsatgich–440 kVt, Tokioda–404 kVt. MDH da eng yuqori konstruksion harakatlanish tezligi 100 km/soat ni tashkil etadi, chet elda, masalan, San–Fransiskoda–130 km/soatni tashkil qiladi.

Xulosa.
Biz shaxar elektr ta’minoti fanidan Shahar elektrlashtirilgan transporti yuklamalarini hisoblashni o’rgandik. Shahar elektr transportining asosiy turlari bo’yicha sinab ko’rdik.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling