O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi fargona davlat universiteti
Kreativ iqtisod va kreativ tadbirkorlikni rivojlanishida xorij tajribasi
Download 0.84 Mb.
|
2 kurs kreativ tadb. sillabus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativ tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish bosqichlari
- Kreativ tadbirkorlik loyihasida qiymat zanjiri
- Marketing yetti tamoyili va marketing rejasini ishlab chiqish
- Tushumlar va xarajatlar boyicha prognoz hisobotining shaklini tuzish tartibi
- Mualliflik huquqi va intellektual mulkni himoya qilish
- Kreativ iqtisod va kreativ tadbirkorlikni rivojlanishida xorij tajribasi
- Ijodiy tadbirkorlikda "yuqori qiymat" yaratish asoslari
- Ijodiy tadbirkorlikni tasniflashda xorijiy mamlakatlar modeli va tajribasi
- Yevropa mamlakatlarida ijodiy tadbirkorlikni rivojlantirish tajribasi
- Ozbekiston Respublikasida ijodiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan meyoriy hujjatlarni tahlil qilish
- Moliyaviy menejment va risklarni boshqarish
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Amaliyot mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ta`minot talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. O‘quv kursi boy`icha materiallar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Amaliy mashg‘ulot natijalari tahlil etiladi va hulosa qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzulari talabalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Mavzular yuzasidan talabalar mustaqil ish, taqdimotlar tayyorlash va himoya qilishi tavsiya etiladi. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi. Talabalarni baholash Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (topshiriqlar, mustaqil ish, test va yozma ish natijasi)ga asoslangan. O‘quv mashg‘uloti davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan davomat, joriy va oraliq natijasiga 50 ball, yakuniy nazorat natijasiga 50 ball ajratiladi. Joriy va oraliq ballarning umumiy natijasi 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi. Nazorat turlari bo‘yicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
14ntishi va uning taqsimoti muo * Izoh: 1. Seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ajratilgan 15 ball mavzulardan kelib chiqqan xolda taqsimlanib, aniq topshiriqlar beriladi. 2. Davomat bo’yicha ajratilgan 5 ball o’quv mashg’ulotlariga 76%dan ortiq qatnashgan talabalarga qo’yiladi. 3. Fan bo’yicha yuqorida keltirilgan nazoratlarda to’plangan reyting ballari umumlashtiriladi yakunda ballar 5 baholik tizimga konvertatsiya qilinadi. Mustaqil ishni baholash. Berilgan mavzular bo‘yicha mustaqil ishini baholash - Mavzular boyicha referat yozish va rasmiylashtirish - 3 ball; - tanlangan mavzular bo‘yicha kuzatuv ishlarini olib borish va ma’lumotlar to‘plash- 3 ball; - hisoblash ishlarining to'g'riligi – 3 ball; - tadqiq qilinadigan mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash - 3 ball; - Tanlangan mavzu yuzasidan tayyorlangan referat va taqdimotda hulosa va tavsiyalarning mavjudligi - 3 ball. Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi: - mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat); - mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik; - asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish; - mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; - nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish. AKADEMIK VA ETIK TALABLAR Nazorat topshiriqlarini bajarishda ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaydi. Test, o‘quv loyihalari, mustaqil ishlar, joriy, oraliq, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan ko‘chirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa talabaning o‘rniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi. Kurs bo‘yicha har qanday nazorat topshirig‘ini soxtalashtirgan talaba “fanni o‘zlashtirmagan” hisoblanadi. Mashg‘ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa electron qurilmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashg‘ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin еmas. Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘lish talab еtiladi. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar. Узерина М.С. Этика делового общения: учебное пособие / составитель М. С. Узерина. – Ульяновск: УлГТУ, 2004. – 72 с. Колоколов В.А., Титов В.А. Креативное предпринимательство. //Современные наукоемкие технологии. – 2007. – № 5. Фейгельман H.B. Фандрайзинг в системе деятельности некоммерческих организаций / Фейгельман H. B.// Известия ТулГУ. Экономические и юридические науки. – 2010. – № 1–2. Артемьева Т.В., Тульчинский Г.Л. Фандрейзинг: привлечение средств на проекты и программы в сфере культуры и образования. – СПб.: Издательство «Лань»; «Издательство Планета музыки», 2010. Шевченко Д.А. Фандрайзинг образовательной организации: учебное пособие для обучающихся по дополнительным профессиональным программам. – М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2017. – 335 с. Дусмухамедов О.С. Основы креативного предпринимательства. Учебное пособие/ ГИИКУз. – Ташкент, 2021. – 158 с. Qо‘shimcha adabiyotlar Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida" 2006 yil 20 iyuldagi ZRU-42-sonli qonuni. O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonuni, 2014 yil 6 maydagi ZRU-370-sonli qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi PQ-6000-sonli "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920-sonli qarori. Захарова И.В. Маркетинг: учебно-практическое пособие / И.В. Захарова; Ульян. гос. техн. ун-т. – Ульяновск: УлГТУ, 2011. – 138 с. Даушев Д., Клёцина А., Меньшенина И., Тульчинская Т. Фандрайзинг: истории из российской практики. Сборник кейсов. – СПб.: ЦРНО, 2012. Internet saytlari 1. www.gov.uz 2. www.lex.uz 3. ziyonet.uz. 4. uza.uz 5. www.culturepartnership.eu 6. www.britishcouncil.uz 8. www.hobiz.ru 9. www.indigogo.com Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling