O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim yo’nalishi Maxsus sirtqi bo’limi 18.


Download 26.64 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi26.64 Kb.
#265845
Bog'liq
to'gar must nurmatova


O’zbekiston Respublikasi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Farg’ona davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti

Musiqiy ta’lim yo’nalishi

Maxsus sirtqi bo’limi 18.19-guruh talabasi

Nurmatova O’g’iloyning

Musiqa to’garaklarini tashkil etish fanidan

Mustaqil ishi.

Musiqa to’garaklari tashkil etish yo’llari.

Reja:r


1.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi

2.Darsdan tashqari musiqa to’garak mashg`ulotlari tashkil etish.

3.Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki

mashg`ulotlarini tashkil etish.

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslari 1-sinfdan yettinchi sinfgacha har haftada birmarta o`tiladi. Respublikamizdagi umumiy or`ta ta’lim maktablaridagi musiqa darslari DTS da belgilab qo`yilgan talablarga muvofiq tarzda tuzilgan dastur hamda aniq calendar reja asosida tashkil etiladi. Dars o’quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy bo`lgan quyidagi kabi ba’zi bir talablarga javob berishi kerak :


  • Dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak.

  • Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, iqtidor va ko’nikmalar alohida aniqlanishi lozim.

  • Mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning

erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma’qul bo’ladi

Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumining aniq bo’lishi va u oldindan belgilanishi kerak.

Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa darslariga qo’yiladigan umumiy tashkiliy talablar quyidagicha bo`lishi mumkin:


  • Har bir dars mavzusini taqvimiy rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan aniq dars rejasi mavjud bo’lishi,

  • O`tilayotgan darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi,




  • Darsning boshidan to oxirigacha o’quvchilarning ongli intizomi ta’minlanganligi,

  • Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanilishi,

  • dars o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi kerak.

Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo’lib,

darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo’ladigan ko’rinish tarzida rejalashtirish va o’zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o’tkazaverish mumkin emas. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o’tkazilganda ham o’zining o’ziga xos jihatlariga ko’ra farq qiladi. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o’tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o’qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir darsni tashkil etishda har doim o’qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko’rish mumkin. Masalan, kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko’rinishda tashkil etiladi:



  • tashkiliy ish,

  • o’quvchilarga berilgan mustaqil ishlarning bajarilishini

tekshirish.

  • Oldingi darslarda o’rganilgan material yuzasidan o’quvchilardan so’rash,

  • yangi materialning o’qituvchi tomonidan bayon etilishi,

  • o’rganilgan materialni mustahkamlash,

  • mustaqil ish uchun topshiriqlar, uyga topshiriqlar, vazifalar

berish.

Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o`zbek xalqi o`z madaniyati va san’atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1996-yil, 31-dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, madaniyat va san’at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida”gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san’at kollejlari va boshqa madaniyat va san’at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta’minlanyapti. Bu qaror va farmoyishlarning amalga oshirilishi natijasida o`rta umumta’lim maktablaridagi bolalarning musiqiy ijodkorligini rivojlantirish uchun ham zarur moddiy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, maktab o’quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoiti bor bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak. Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud.

Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Musiqa san’ati bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar.

Musiqa san’ati aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz.

Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari

Respublikamizda ta’sis etilgan davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta’lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o`stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo`yadi.

Davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda keng ko`lamli tadbirlar ishlab chiqildi va ular muntazam izchillikda hayotga tatbiq etilmoqda. Musiqa madaniyati darsi o`quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, nafosat tuyg`usini shakllantitishning asosiy omilidir.Bundan tashqari o`quvchilar darsda olgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar.

Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.Bu kabi musiqiy to`garak a’zolari hozirgi kunda o`z san’atlarini faqatgina Respublikamizda emas, balki turli chet davlatlarda ham namoyish etib, ko`plab olqishlarga va faxrli o`rinlarga sazovor bo`lmoqdalar.

Musiqa to`garaklarida o`quvchilar asosan quyidagi yo`nalishlarda bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin:



  • Jamoa bo`lib kuylash




  • Turli cholg`u asbobida chalish




  • Musiqa tinglash madaniyati




  • Ansambl va orkestr jamoasida ijro etish




  • Turli raqs usullarini amalda bajarish




  • Elektron asboblarda chalish.

Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir.Buning uchun asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:




  • Cholg`u asbobi, uning tuzilishi hamda tarixi bilan tanishtirish.




  • Cholgu` asbobini to`g`ri ushlashni o`rgatish.




  • Cholg`u asbobida tovush hosil qilishning o`ziga xos yo`llarini o`rgatish.

  • Mezrob yoki kamonchani to`g`ri ushlashni o`rgatish.




  • Rubobni sozlashni o`rgatish.




  • Musiqa savodi haqida yetarlicha ma`lumot berish.




  • Ijroda ishlatiladigan shtrixlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatish.




  • Qiziqarli va maqsadli repertuar tanlash, ishlash va hokazo.

To`garak repertuarini tanlashda to`garak rahbari uning bolalarning yoshiga, ijro etish imkoniyatiga, qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berishi zarur. Shuningdek, repertuardagi asarlarning mazmuni milliy, mafkuraviy dunyoqarashimizga mos kelishi hamda ijrochilarning va tinglovchilarning estetik didini to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash bilan bir vaqtda yoshlarni ma’naviy kamolotga undashga xizmat qilishi juda muhimdir.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-

Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika ”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Maktabdan va sinfdan tashqarida tashkil etilgan yakka tartibdagi

musiqa mashg'ulotlari bolalarni musiqaga jalb etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ularga ijodiy jarayonda faol qatnashish imkoniyatini bermoqda.

Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi? Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi.

Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`xzbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy” Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz.

Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnasjgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi:
O`zimga tushdi bir kun bu ahvol,

Bor ekan nag`ma oning oti rayol,

Eshittim bir qiz anda bahri najot,

Qilur nag`ma tili bilan munojot.


Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a,

Karam qilar der men bag`ri adog`a.

Maqominio qilur har nav’ bunyod,

Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod.


Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir,

Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr.

O`shal dam bo`ldi holatim digar dun,

To`lub toshdi yurak monandi Jayxun.


Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim.

Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.


  • Darsning ovoz sozlash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarni idrok etish orqali musiqay tovushlarning aniq balandligini, cho`zimini his qilishni, idrok etishni hamda sof ovoz hosil qilishni o`rganishadi.

  • Darsning jamoa bo’lib kuylash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy mavzuni idrok etish orqali sof ovozda ifodali kuylashni o`rganishadi.

  • Darsning musiqa savodini o`rganish qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarning tuzilishini, nazariy jihatdan idrok etish orqali musiqiy asarlarning strukturasini idrok etishni o`rganishadi.

  • Darsning musiqa tinglash qismi musiqani idrok etishni o`rganishda alohida ahmiyatga ega bo`lib, bunda o`quvchilar musiqiy asarlarni tinglab tahlil qilish orqali ularning tuzilishi, registri, tembri, tempi, dinamikasi, tovushlarning past-balandligi, diapazoni hamda alohida berilgan musiqiy asarning asosiy mazmunini aynan

tinglash orqali idrok etish malakalariga ega bo`lishadi.

  • Darsning musiqaga mos harakatlarni bajarish qismida o`quvchilar asosan musiqaning tempini, tembrini, dinamikasini, shaklini hamda xarakterini his qilishni, idrok etishni o`rganishadi.

Bu o`rinda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi usullardan har bir darsda uning oldindan tuzilgan rejasiga ko`ra turlicha vaziyatlarda foydalanishi mumkin. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati o`qituvchisining yuqorida ko`rsatilgan darsning tarkibiy qismlaridagi imkoniyatlardan har bir alohida olingan darsda qay darajada foydalanishuga bog`liq.

2.2. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (darsda o`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.

Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.

Bundan tashqari o`quvchilar darsda olgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.

Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1-sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan maktab o`quvchilari qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.

Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.

Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi

asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.

Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.



Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.
Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling