O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi foziljon Abidovich Xoshimov Abduraxim Dexqonovich Taslimov Ikromjon Usmonovich Raxmonov elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi


Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali


Download 305.4 Kb.
bet14/44
Sana10.11.2023
Hajmi305.4 Kb.
#1763288
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Nazorati va hisobi-fayllar.org

2.2. Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali 
hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish
RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi
(masalan, MPR-16 turdagi) bo„yicha yoki ma‟lumotlarni yig„ish va tayyorlash
qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash
qurilmalarida joylashishi mumkin va so„rov natijalari faylini shakllantiradigan
ko„chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oy davomida bir yoki bir
necha martta so„rov o‟tkazilishi mumkin (2.1-rasm).
Hisoblagichlar
va
MYTQ
orasida doimiy aloqa yo„q. MYTQ
kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma‟lumotlarni yig„ish markazi kompyuteri
so„rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma‟lumotlar
omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta‟minlangan bo‟lishi lozim.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko„chma kompyuter vaqti bilan so„rov
jarayonida amalga oshiriladi. Ko„chma kompyuter vaqti ma‟lumotlarni yig„ish
markazi vaqti bilan hisoblagichlar so„roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish
paytida amalga oshadi. Bu variantda ma‟lumotlarni yig„ish markazi uchun
ajratilgan kompyuter bo„lmasligi mumkin, uning rolini ko„chma kompyuter
bajarishi mumkin.
Ko„chma kompyuterdan interfeys o„zgartirgichlari, multipleksor yoki
modem orqali hisoblagichlarda so„rov o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish
quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:

iste‟mol parametrlarini aniq o„lchash;


korxona va uning ob‟yektlari bo„yicha energiya resurslarini tijorat va texnik


hisobga olish;

berilgan limitlarga va quvvatni texnologik cheklashlarga nisbatan berilgan


vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar,
kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob‟ektlari bo„yicha energiyadan
foydalanishni nazorat qilish;


25


elektr energiyani hisobga olish bo„yicha ma‟lumotlarga ishlov berish va


hisobotlarni shakllantirish;

ma‟lumotlarning to„liqligini diagnostika qilish;


ob‟ektlarning elektr bog„lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifi;


hisoblagichlarni diagnostika qilish;


yagona tizim vaqtini ushlab turish.


2.2-rasm. Interfeys o„zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali
hisoblagichlarda so„rov o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish

Download 305.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling