O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi foziljon Abidovich Xoshimov Abduraxim Dexqonovich Taslimov Ikromjon Usmonovich Raxmonov elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi
Download 305.4 Kb.
|
Nazorati va hisobi-fayllar.org
6.1.TT tarkibi va mazmuni
Texnik topshiriqni tuzilishi sifatidan sezilarli darajada AT ning sifati bog„liq bo„ladi. Buyurtmachi-tashkilot taqdim etilgan texnik topshiriqni tahlili qilish va tanqidiy baholashga ma‟suliyat bilan kirishishi kerak. Texnik topshiriqda tizim ishlashining muhim tomonlari yaqqol ko„rsatilishi zarur. Boshqa tomondan, AT da TT da berilgan talablar ishlab chiquvchini eng samarali texnik, texnik-iqtisodiyva boshqa echimlarni qidirishi va ishlatishini cheklamasligi kerak. Texnik topshiriq quyidagi bo„limlardan iborat: - umumiy ma‟lumotlar; - tizimning yaratish (rivojlantirish) vazifasi va maqsadlari; - avtomatlashtirish ob‟ektlarining xarakteristikalari; - tizimga talablar; - tizimni yaratish bo„yicha ishlar tarkibi va mazmuni; - tizimni nazorat qilish va qabul qilish tartibi; - tizimni ishlashga kiritishga avtomatlashtirish ob‟ektlarini tayyorlash bo„yicha ishlar tarkibi va mazmuniga talablar; - hujjatlashtirishga talablar; - ishlab chiqish manbalari; - ilovalar. Sanab o„tilgan TT bo„limlarini rasshifrovka qilish 4.2-jadvalda keltirilgan. “Tizimga talablar” bo„limi 4.3-jadvalda atroflicha ko„rib chiqiladi. Tabiyki, bu erda sanab o„tilgan barcha bo„limlar ham albatta istalgan topshiriqqa kirishi kerak emas. Ko„plab talablar ham buyurtmachi, ham ishlab chiquvchi uchun ayon bo„lishi mumkin. Masalan, agar buyurtmachi va ishlab chiquvchi koinot uchun apparaturalarni ishlab chiqish bo„yicha ko„p yillik birgalikdagi faoliyat bilan bog„langan bo„lsa, u holda minimal tashqi o„lchamlar va og„irliklar ishlab chiquvchi uchun ayon, bu har bir topshiriqda ularni oldindan shartlashishning ma‟nosi yo„q. Bu talablar ular ahamiyatli hisoblanmagan apparaturani ishlab chiqishga topshiriqda oldindan shartlashmaslik mumkin. 78
Texnik topshiriqda texnik-iqtisodiy samaradorlikni hisoblash, ishlab chiqarish tarmoq grafigi, ishlab chiquvchiga zarur ob‟ekt haqida ma‟lumotlar ilova qilinadi. Bunday ma‟lumotlar ob‟ekt sxemalari (prinsipial, tuzilmaviy, funksional bog„lanishlar va kommutatsiyalar), binolar bo„yicha ob‟ekt jihozlari va boshqarish tizimini joylashtirish rejalari, kabel galareyalari (kanallari) rejalari, boshqarish tizimini ta‟minlash uchun mo„ljallangan manbalarni joylashtirish rejalari, ob‟ektni ishlashi vaqt diagrammalari va h.k. bo„lishi mumkin. Avtomatlashtirish ob‟ektlarining o„ziga xos xususiyatlari, vazifasi, turi va tizimning ishlashi sharoitlariga bog„liq ravishda TT bo„limlarini ilovalar ko„rinishida rasmiylashtirish, TT qo„shimcha kichik bo„limlarini kiritish yoki olib tashlashga ruxsat etiladi. TT da tizim qismiga AT da TT bo„limlari mazmunini almashtiradigan bo„limlar kiritilmaydi. Download 305.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling