O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi foziljon Abidovich Xoshimov Abduraxim Dexqonovich Taslimov Ikromjon Usmonovich Raxmonov elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi
Download 305.4 Kb.
|
Nazorati va hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. ENHAT NING TEXNIK VOSITALARI 7.1. Hisoblagichlarni tok transformatorlari orqali ulash
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Texnik topshiriq va uning avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishdagi ahamiyati nimadan iborat? 2.
3.
4.
5.
6.
7.
90
7. ENHAT NING TEXNIK VOSITALARI 7.1. Hisoblagichlarni tok transformatorlari orqali ulash Energiya tizimlari 0,4 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarida va iste‟molchilarda o„lchov tok transformatorlaridan (O„TT) foydalanib elektr energiyani tijorat hisobga olish so„nggi yillarda bir fazali ikki cho„lg„amli 0,5 sinfdagi tok transformatorlari va 2,0 sinfdagi induksion uch elementli elektr hisoblagichlaridan (aktiv va/yoki reaktiv energiya) ommaviy foydalanish asosida qurildi. Ulardan har biri o„z tok bo„yicha zanjirlari bilan uchta bir fazali TT orqali ulanadi, parallel zanjirlari bilan (kuchlanish bo„yicha) esa to„g„ridan-to„g„ri o„zgaruvchan tok past kuchlanishli uch fazali to„rt o„tkazgichli tarmog„i liniyasiga ulanadi (7.1-rasm). 7.1-rasm. Uchta bir fazali TT orqali uch fazali uch elementli hisoblagichni ulash sxemasi Uch fazali uch elementli hisoblagich 91
zanjirlari ulanadigan qo„shimcha o„lchov kuchlanish transformatorlari ishlatiladi. Ko„rsatilgan vositalarni real sharoitlarda qo„llanilishidagi kafolatlanadigan o„lchashlar aniqligi o„lchov kompleksi – uchta TT li hisoblagichning yo„l qo„yiladigan nisbiy xatoligi chegarasi orqali aniqlanadi. Bu xatolikning tashkil etuvchilari TT va hisoblagichning tizimli va tasodifiy asosiy tokli va burchakli xatoliklari, shuningdek, turli ta‟sir etuvchi omillar ta‟siri bilan bog„liq ularning qo„shimcha xatoliklari hisoblanadi. Iste‟molchilar yuklamalarining kamayishi va sezilarli tebranishlarida ko„rib chiqilgan hisobga olish katta xatolik bilan farqlanadi, bu umuman elektr energiyani asbobli kamomadiga va tijorat yo„qotishlarini ortishiga olib keladi. Elektr tarmoqlar hududlarida (ETH) unin nimstansiyalarida ko„pincha yuqori kuchlanishlar tomoni bo„yicha olingan olingan elektr energiya va past kulanishlar tomoni bo„yicha iste‟molchilarga berilgan elektr energiya bo„yicha 20 % va undan ortiq nobalans qayd etilmoqda. Ba‟zan iste‟molchi elektr ienergiyadan foydalanayotgan, unda past quvvatli elektr qurilmalar va yoritish ishlayapdi, energiya tizimining hisoblagichlari esa nolli iste‟molni ko„rsatadigan mantiqqa zid holatlar yuz beradi. Turli baholashlar bo„yicha asbobli kamomad orqali aniqlanadigan elektr energiyani tijorat yo„qotishlari (o„lchash vositalarining xatoliklari, ularning noto„g„ri tanlanishi va ishlatilishi) ulushi butun tijorat yo„qotishlarining 25 - 30% ga etadi. YUzaga kelgan holatdan chiqish, bir tomondan, kam sezgir va noaniq induksion hisoblagichlarni elektron hisoblagichlarga, 0,5 sinfdagi TT larni birlamchi tokning katta o„zgarish diapazonida yo„l qo„yiladigan xatoliklarning eng past darajalarini ta‟minlaydigan 0,5S sinfdagi TT larga almashtirish (5.1- jadval), boshqa tomondan TT modellarini to„g„ri tanlash va ularni xatosiz ishlatishdan iborat. 92
7.1-jadval Birlamchi tokning katta o„zgarish diapazoniga 0,5 va 0,5S aniqlik sinflaridagi tok transformatorlari tokli xatoliklarining bog„likliklari Birlamchi tokning katta o„zgarish diapazoni Tokli xatolik 0,5 aniqlik sinfi 0,5 S aniqlik sinfi 100 – 120% I 1 n 0,5%
20 – 100% I 1 n 0,75%
5 - 20I 1 n 1,5%
1 – 5% I 1 n me‟yorlashtirilmagan 1,5% Download 305.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling