93
2) uyurmaviy toklar va o„zakning qayta magnitlanishiga yo„qotishlarni 4 -
10 marttaga kamayishi;
3) aniqlik sinfi bo„yicha oshirilgan (ikkilangan) texnologik zahira;
4) merologik xarakteristikalar saqlanib qoladigan uzoqroq xizmat qilish
muddati (va bu bilan potensial katta tekshirishlararo interval;
5) o„zak materialiga va misga kam harajatlar, kam tashqi o„lchamlar, kam
o„zak va umuman TT og„irligi.
Nanokristalli o„zakli TT ning ko„rsatilgan avzalliklari elektr energiyani
o„g„irlanishlariga va tijorat yo„qotishlarni ortishiga ularni barqarorroq qiladi, elektr
energiyani texnologik yo„qotishlarni va ekspluatatsion harajatlarni kamaytiradi.
SHuning uchun qonuniyatli xulosa kelib chiqadi – hisobga olish aniqligini
oshirish uchun nanokristalli qotishmadan o„zakli TT ni qo„llash zarur. Lekin,
bunday tok transformatorlarining xatoliklari quyidagi ikki shartlar bajarilganida
ortadi:
-
maksimal birlamchi tokda;
-
ikkilamchi zanjirda yuklamaning ortishi bilan (yuklama qarshiligini
ortishi).
SHuning uchun amalda TT ikkilamchi zanjirlarini montaj qilish va
ishlatishga talablarga qat‟iy rioya qilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: