O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 5111200 O‘zbek tili va adabiyoti


Download 311.54 Kb.
bet8/8
Sana02.01.2022
Hajmi311.54 Kb.
#197251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yusuf karshibayev shamsiddin o`g`li

X U L O S A
  • Badiiy adabiyot-ijtimoiy ong shaklning eng faol sohasidir. U hayotni
  • har taraflama chuqur tasvirlashi bilan fanning boshqa sohalaridan ajralib
  • turadi.
  • Obrazlilik - badiiy in’ikosning eng asosiy belgisi bo‘lib, u hayotni
  • jonlantirib, badiiy bo‘yoqlarda tasvirlab, inson tuyg‘ulariga ta’sir qiladi.
  • Ma’lumki, badiiy adabiyot qanday yashashni emas, qanday
  • yashamaslik kerakligini ham o‘rgatadi.
  • Adabiyotning badiiyligi uning obrazligidan kelib chiqadi. Badiiylik
  • deganda voqealikni hayotiy, jonli kartinalarda, o‘quvchida estetik zavq, jonli
  • tasavvur uyg‘otadigan qilib tasvirlash darajasi tushuniladi. Badiiylik asarda
  • hayotning haqqoniy aks ettirilishi, xarakterlarning tipikligi, san’atkor talqin
  • etgan ijtimoiy idealning muhimligi, asarning xalqchilligi, yozuvchining shakl
  • va mazmun elementlarini bir-biriga mutanosib qilib uyushtirishi kabilar bilan
  • belgilanar ekan, bu fantastik janrdagi asarlar uchun ham xosdir. CHunki bu
  • asarlarda voqealikni mohiyati haqqoniylik bilan ochiladi, yuksak insoniy
  • fazilatlar ulug‘lanali, ilg‘or g‘oyalar ifodalanadi: kompozitsiya mukammal,
  • til obrazli va shirali, barcha shakl elementlari g‘oyaviy mazmunga mos
  • bo‘ladi. Ularning yuksak badiiyligi ana shularda ko‘rinadi.
    • Keyingi yillar o‘zbek adabiyotida turli xil talqinlarning, xususan, tiriklik va
    • o‘lim falsafasining badiiy asardagi ifodasi, ruhiyat olamini tadqiq etuvchi turli
    • tamoyillar ustuvorligi sezilmoqdaki, buni adabiy-badiiy izlapishlar, mavjud
    • ijtimoiy sharoit yaratgan voqeliklar bilan izohlamoq mumkin. Ammo har
    • qanday yangilik eskilikdan "homila" olib etilishini unutmaslik lozim. Zero,
    • so‘z aytilgan, mohiyat eskirgan, ammo ifoda yangichadir. SHu nuqtai
    • nazardan noan’anaviy tamoyillar etakchiligida adiblarimizning shaxs
    • ruhiy holatlari bo‘rtib ko‘rinuvchi, qahramonning hech bir aqidalarga, qonunqoidalarga sig‘maydigan holatlari o‘ziga xos chizgilar bilai aks etayotgan
    • asarlar yozayotganligi, borliqqa o‘zgacha nazar tashlash, mohiyatning
    • sayqallanishi va ifodaning yangiligi natijasidir. YOzuvchilarimizning
    • an’anaviy tasvirlardan chekinib, yangicha yo‘nalishda ijod kilayotganligi
    • boshida biroz noqulaylik tug‘dirgan bo‘lsa ham, adabiy asarga bu xilda
    • yondashuv badiiyat qonuniyati doirasida adabiyotshunoslikning rivojlanishiga
    • monelik qilmasligini ko‘rsatayapti. Zero, har qanday talqin va tahdil asosida
    • inson taqdiri, uning mohiyati, tiriklik va o‘lim falsafasining inson hayotidagi
    • o‘rni yotadi. Adabiyotning bosh vazifasi ham insonni, uning borlig‘ini
    • badiiy tadqiq etishdan iborat. YAngi o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ifoda
    • yo‘sinlari yaratayotgan ijodkorlar asarlarida hayot falsafasining anglangan,
    • biroq inson ruhiyati oniy holatlarining talqini kuzatiladi. Ifoda tarzi, badiiy
    • asarlariga yakun bo‘lgan xulosalarning favqulodda adabiy bahslarga sabab
    • bo‘lganining siri ham adiblar taqdim etgan noan’anaviy tasvir usulidir.
    • Insonning haqiqiy qiyofasini ruhiy iztiroblar belgilaydi. Iztiroblar
    • kitobxon qalbiga ta’sir o‘tkazadi. Tabiiyki, bu ta’sirlar natijasida qalb
    • ezgulashadi. Ezgulikka da’vat badiiy adabiyotning asosini tashkil etadi. SHu
    • tufayli inson ko‘ngli adabiyotga hamohangdir.
    • Xulosa qilib aytganda, o‘zbek adabiyotida fantastik janrning
    • shakllanishi eng qadimgi davr yozma adabiyotdan boshlanib, asrlar osha
    • rivojlanib bugungi kunda jahon adabiyoti durdonalaridan ta’sir olib sayqal
    • topib bormoqda. Agar tom ma’nodagi o‘zbek fantastikasining yuzaga
    • kelishini 60-yillar deb belgilagan bo‘lsak, hozirda u o‘zbek adabiyotida
    • T.Malik, X.SHayxov, M.Mahmudov, B.Xoshimxo‘jaev, M.Xidir singari
    • fantast yozuvchilar barakali qalam tebratmoqdalar. Bu yozuvchilar birinchi
    • fantast yozuvchilar bo‘lsa ham, o‘zbek fantastikasi bo‘shliqdan paydo
    • bo‘lgan emas. Zero, o‘zbek adabiyotida fantastika elementlari eng o‘tmish
    • zamonlardan, xususan, folklordan mavjud bo‘lib, qadimiy va boy tarixga
    • egadir.
    • Bugungi kunda yaratilayotgan fantastik asarlar yoshlarimizni yuksak
    • ma’naviy, qahramonlik, milliylik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
    • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
    • 1. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., SHarafiddinov O. XX
    • asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. Toshkent, 1999
    • 2. XX asr o‘zbek adabiyoti (majmua). Toshkent, 1993
    • 3. Sultonov I. Saylanma. Uch jildlik. Toshkent, 1982
    • 4. Qo‘shjonov M. Saylanma. Ikki jildlik. Toshkent, 1983
    • 5. SHarafiddinov O. Haqiqatga sadoqat. Toshkent, 1989
    • 6. SHarafiddinov O. Ma’naviy kamolot yo‘llarida. Toshkent, 2001
    • 7. Normatov U. Qalb inqilobi. Toshkent, 1986
    • 8. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent, 2000
    • 9. Xudoyberganov N. Ishonch. Toshkent, 1988
    • 10. Mamajonov S. Ranglar va ohanglar. Toshkent, 1978
    • 11. G‘afurov I. Mo‘‘jizalar har kuni kerak. «SHarq YUlduzi» jurnali, 1981, 7-son
    • 12. SHukurov N. Bu olam sahnida. Toshkent, 1982
    • 13. Norboev B. Iste’dod, e’tiqod, zamon. Toshkent, 1982
    • 14. SHermuxammedov P. Barchadin yaxshiroq hayot guli... Toshkent, 1983
    • 15. Ibraximova R. Janr nauchnoy fantastiki v uzbekskoy sovetskoy literature.
    • Toshkent, 1987
    • Internet saytlari:
    • 16. www. literature. uz
    • 17. www. ziyonet. Uz
    • 18. www. ziyouz.com
    • 19. www. kutubxona.com
    • 20. www. ijod.uz
    • 21. www. adabiyot.uz.
    •  

    Download 311.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling