O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 5111200 O‘zbek tili va adabiyoti


Download 311.54 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi311.54 Kb.
#197251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yusuf karshibayev shamsiddin o`g`li

 
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
    • KIRISH
    • Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek adabiyoti hamisha jamiyat hayotining
    • muhim muammolarini badiiy yoritib kelgan. Bu, ayniqsa, mustaqillikka
    • erishganimizdan keyin yanada to‘laroq namoyon bo‘lmoqda. Sababi, bugungi
    • kundagi adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda yangi
    • yo‘nalishlarni va oqimlarni, uslublarni va janrlar xilma-xilligini, rangbarangligining guvohi bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatidagi mamlakatimizda olib
    • borilayotgan demokratik jarayonlar, eng asosiysi, badiiy ijodga ta’lluqli
    • bo‘lgan ijod erkinligi bilan bog‘liqdir. XX asrda, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin fan va texnika jamiyat rivojlanishida beqiyos darajada ulkan rol o‘ynay boshladi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy fantastikaning tez sur’atlar bilan o‘sishiga olib keldi. Atom
    • va yadro jarayonlarini boshqarish, elektronika, kibernetika, genetika,
    • ufologiya singari fanlarining rivojlanishi, koinotni inson tomonidan
    • o‘zlashtirish kabi tarixiy voqealar ilmiy fantastikaning to‘g‘ri yo‘ldan
    • borayotganlidan dalolat beradi. Zero, undagi ilmiy farozlar fan-texnika
    • taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilab bermoqda edi. SHuni
    • ham aytish kerakki, ilmiy fantastika bugungi kunda fan-texnika muammolari
    • doirasidan chiqib, ijtimoiy-falsafiy masalalarni ham kamrab olmoqda.
    • Bugungi kunda xalqimizning madaniyati va ma’naviy salohiyati o‘sib
    • bormoqda. Biz o‘zligimizni anglab, milliy va ma’naviy-madaniy
    • qadriyatlarimizni tiklab olib jahon ham jamiyatida o‘zimizning munosib
    • o‘rnimizni tonishga intilayapmiz.
    • Xalq ma’naviy olamining boyishida esa badiiy adabiyotning o‘rni va roli beqiyosdir.
    • Badiiy adabiyotning tur va janrlari xilma-xil va rang-barang
    • bo‘lganidek, ularda ko‘tariladigan hayotiy muammolar ham serjilodir. Bu esa
    • har bir adabiy tur va janrlarning o‘ziga xosligi, tasvir ko‘lami hamda
    • mazmuni, syujeti va kompozitsiyasidan kelib chiqadi. O‘zbek adabiyotida
    • shunday bir qiziq hodisalardan biri-ilmiy fantastikaning tug‘ilishidir.
    • “Fantastika” tushunchasining o‘zi juda keng va murakkab, shu bilan
    • birga nisbiy xarakterga ega. Bu tushunchaning kengligi turning xilma-xilligi
    • bilan bog‘liq. Fantastika to‘g‘risida gapirganda, biz ilmiy, serguzasht va
    • noilmiy fantastikani tushunamiz. Zotan, badiiy osardagi fantastik
    • elementlarning o‘rni yozuvi dunyoqarashi, janr, g‘oyaviy estetik omillar,
    • shuningdek, yozuvchi niyatining amalga oshiruv usullari va xarakteri orqali
    • aniqlanadi.
    • Umuman, ilm-fanda fantastikani ikki asosiy guruhga tasnif etish qabul
    • qilingan. Bu ajratish fantastikaning qay yo‘sinda, qay usulda yaratilganiga
    • qarab tasnif etiladi. Albatta, bu tasnifni o‘zi nisbiydir.
    • Bularning birinchisi, fan va texnika yordamida inson yoki tabiat
    • tomonidan yaratiladigan g‘aroyib hodisa va narsalar. Ikkinchisi, g‘aroyibotlar
    • g‘oyri-tabiiy kuchlar tamonidan yaratiladi.
    • Albatta, fantastika qanday shaklda namoyon bo‘lmasin va
    • shakllanmasin, u birinchi navbatda real haqiqatni anglash, olamning,
    • borliqning paydo bo‘lish sir-asrorlarini tushintirishga intilish shakli sifatida
    • paydo bo‘lgan. U o‘zining butun tarixiy rivojlanishjarayonida hayotni badiiy
    • aks ettirishning o‘ziga xos usuli sifatida shakllandi va inson ongining o‘sishi
    • bilan bog‘liqda juda murakkab hamda davomiylikdagi rivojlanish yo‘lini
    • bosib o‘tdi.
    • Albatta, fantastik adabiyotining shakillanish sargashlarida ilmiytexnikaviy taraqqiyot, xususon, Jyul Vern asarlarining paydo bo‘lishi muhim
    • rol o‘ynadi. Zero, Jyul Vern asarlarida hali hayotda, turmushda bo‘lmagan,
    • keyinchalik amalga oshgan ko‘plab kashfiyotlar, ixtirolar tasvirlar berildi.
    • Zero, birgina uning «Kapitan Nemo» asarida suv osti kemasi, suv osti
    • skafandrlarining tasvirlanishi keyinchalik texnik ixtirolarning yaratilishiga
    • olib kelgan. Demak, badiiy fantastika hali inson qo‘li, aqli etmagan koinot
    • deb atalish buyuk ummoning, cheksiz gallaktikalarining ehtimoldan uzoq
    • yoki yaqin bo‘lgan sir-sinoatlarini, asrorlarni tasvirlash qudratiga ega.
    • Bugungi kunda ilmiy-fantastik janr nafakat rivojlangan Evropa va
    • amerika adabiyotlari uchun xos bo‘lmasdan, balki oldinlari bunday mustaqil
    • janrga ega bo‘lmagan o‘zbek, qaroqalpoq, qozoq, qirg‘iz adabiyotlarida
    • shakllanib rivojlanib bormoqda. Bu adabiyotlarda ilmiy fantastik janrning
    • shakllanishi fan-texnika inqilobi asrning samarasi, shu bilan birga, jahon
    • ilmiy fantastikasining ta’siri ostida ham rivojlanmoqda.
    • Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida T.Malik, X.SHayxov,
    • M.Mahmudov, B.Xoshimxo‘jaev, M.Xidir singari fantast yozuvchilar qalam
    • tebratib ijod qilmoqdalar. Tilga olingan yozuvchilar birinchi fantastlari bo‘lsa
    • ham, o‘zbek fantastikasi bo‘shliqdan paydo bo‘lgan emas. Zero, o‘zbek
    • adabiyotida fantastika elementlari eng o‘tmish zamonlardan, xususan,
    • folklordan mavjud bo‘lib, qadimiy va boy tarixga egadir.
    • Xullas, bu janrning badiiy imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish,
    • yozuvchining mahorat sirlarini ochib berish adabiyotshunosligimizdagi eng
    • dolzarb masalalardan biridir.
    • Izlanishning maqsad va vazifalari: Ushbu bitiruv malakaviy ishning
    • asosiy maqsadi va vazifasi o‘zbek adabiyotida fantastika janri masalasini
    • o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu maqsadni amalga
    • oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish mo‘ljallanadi:
    • • O‘zbek fantastikasining yuzaga kelish ildizlarini o‘rganish;
    • • O‘zbek fantastikasining shakllanish bosqichlarini tadqiq etish;
    • • Hojiakbor SHayxovning «Olmos jilosi», «Alanga» qissalari va «Tutash
    • olamlar» romani tahlili misolida o‘zbek fantastikasining yangi
    • bosqichlarini o‘rganish;
    • • «Olmos jilosi», «Alanga» qissalari va «Tutash olamlar» romani
    • asarlaridagi muammoning qaydarajada murakkabligiga va uning
    • echimiga ahamiyat qaratish;
    • • Asarlardagi xarakterlar talqinini yozuvchi mahorati masalasi jihatidan
    • o‘rganish;
    • • Fantastik asarlardagi badiiy xarakterlarning bugungi kun yoshlari
    • uchun ibrat bo‘larli jihatlariga ahamiyat berish kabilardan iborat.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling