O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


Download 33.91 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi33.91 Kb.
#1206870
1   2   3   4
Bog'liq
BMI Muratov 2022

BMI dolzarbligi:
Tasviriy san’at darslari o’qivchilarga zarur bo’lgan badiiy estetik ma’daniyatga doir elementlar, bilim va malakalar beruvchi omildir.
Chunki har bir oʻquvchi kelajakda qaysi sohada ishlashdan qatʼiy nazar, u goʻzallikda bahramand boʻlishi, undan zavqlanib dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tilkashi lozim. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan sanʼat asarlari bilan muzey, koʻrgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek, koʻpchilik oʻquvchilar oʻzlarining kelajak hayotlarida maʼlum miqdorda rasm ishlariga toʻgʻri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, meʼmorlar uchungina emas, oʻqituvchilar, injinerlar, tibbiyot hodimlari, quruvchilar, agronomlar, harbiylar va olimlar uchun ham zarurdir.
Ularning har biri oʻz faoliyatlarida rasm, sxemalar diagrammalar, eskizlar orqali soz bilan tushuntirib boʻlmaydigan oʻz gʻoya va fikrlarni tasvirlab koʻrsatishga harakat qiladilar lekin bu tasviriy amaliy memorchilik sanʼatlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan degan maʼnoni anglatmaydi.
Maʼlumki, taʼlim tarbiya jarayonida boshlangʻich sinf taʼlimi alohida bosqich boʻlib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlantirish davri hisoblanadi chunki 5-6 yoshdan, 13-14 yoshgacha boʻlgan davrda bola shaxsiy yetuklik va oʻsmirlik davrida bola shaxsi koʻrish, kuzatish, idrok etish tasavvur va tafakkur qilishga oʻrganish jarayonidagi eng shiddatli bosqichida boʻladi.
BMI obyekti: Umumiy orta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darsidan tashqari mashg’ulotlarida bolalarga akvarelda notyurmort ishlashni o’rgatish jarayoni.


BMI predmeti: Umumiy orta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini samaradorligini shirish hamda grafik savodxonlikni shakillantirish.


Mavzuning maqsadi: O’ta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini o’qitishdan maqsad bolalarda kuzatuvchanlikni o’stirish, borliqni ko’ra bilish, ranglarni o’ta nozik did bilan farqlay olish qolaversa shu orqali xotirani rivojlantirish hisoblanadi.



Download 33.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling