O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol:
Xo‘jaligi va moddiy madaliyati. 3-asosiy savol bo`yicha dars maqsadi: Xo‘jaligi va moddiy madaliyati tushuntirib berish. 3-asosiy savolning bayoni: Neolit va bronza davridan Evropada dexqonchilik tarqalib deyarlik barcha xalqlar xo‘jaligi asosini tashkil qiladi. Shimoliy xududlarda suli, arpa, Markaziy va Sharqiy Evropada bug‘doy etishtirilgan. Janubiy rayonlarda ulardan tashqari makka va sholi ham etishtiriladi. Sabzavot, meva etishtirish xam deyarli barcha rayonlarda mavjud bo‘lgan. Uzum va zaytun xam etishtirilgan. O‘rta Kavkazda dexqonchilikdan tashqari chorvachilik muxim o‘rin tutadi. Shu turdagi xo‘jalik tipi Volgabo‘yi axolisi (boshqird, tatar, chuvash) uchun xam xosdir. Dexqonchilik ishlab chiqarish texnikasi xam umumiy xususiyatga ega. Xususan omoch dexqonchiligi Evropaga Old Osiyodan miloddan avvalgi II-I ming yillikda tarqalgan. Rossiyada omochning 2 turini er tarkibiga qarab eng il va og‘ir pluglardan foydalanganlar. Volga bo‘yida yog‘ochdan qilingan g‘ildirakli -saban pluti tarqalgan edi. Boltiq bo‘yida asosan rala va omochlar ishlatilgan. Don ekinlari o‘roq bilan (tekis va silliq), belo‘roqlar bilan yig‘ib, zanjir yoki mol tuyoqlari yordamida yanchilgan. G‘allaning suv yoki shamol tegirmonlarida, ba‘zida uyda kelilarda yanchishgan. Dexqonchilik faqat baland tog‘larda Alp, Karpat shuningdek Rossiya va Skandinaviyaning shimolida, Arktika xududida shakllanmagan. Chorvachilik barcha xalqlarda mavjud, lekin u yordamchi xo‘jalik shaklida bo‘lgan. Baliqchilik Evropaning qirroq xududlarida aksariyat xollarda iqtisodning yagona sohasi bo‘lgan. Islandiyaliklar, norvegiyaliklar, farerlar shuningdek Shimoliy Boltiq dengizi, O‘rta er dengizi axolisi baliqchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelishadi. O‘rta asrlarda vujudga kelgan kichik xunarmandchilik kasb-korlari XVII asrdan fabrika-zavod sanoati ishlab chiqarishga aylandi. Uy- joylari. Evropaning janubida shaxarlarshgag qishloqdan ajralib xunarmandchilik xamda savdo- sotiq markazlariga aylanishi, miloddan avvalgi II ming yildayoq Yunonistonda ro‘y beradi. Yunonlar va rimliklar o‘zlarida asos solgan shaharlardan tashqari: Barselona, Kadis, Kartaxena, Lirida, Leon; Frantsiyada Marsel, Nitstsa, Arl, Tuluza, Lion, Bordo, Parij, Reyms; Germaniyada Kyoln, Augsburg, Trir, Regensburg; Angliyada, Chester, London, York shaxarlarida) ham antik davr me‘morchiligi namunalari saqlanib qolgan. Evropada kichik shaharlar, aholi qo‘rg‘onlari qishloqlar (ko‘p ko‘chali, doirasimon bir ko‘chali va hokazo.) xam keng tarqalgan. Uy-joylari. Qurilish ashyolari, rejasi, tomining shakliga qarab farqlanadi. Ularning turli xil bo‘lishi esa tabiiy iqlim sharoiti va axolining xo‘jaligiga, qurilish ashyolarining mavjud ekanlig iga bog‘liq bo‘lgan. Jumladan Boltiq bo‘yida uydagi rigalar yog‘ochdan qilinib tomlari somondan yopilgan, togli Kavkazda -Svanetiyada 2-3 qavatli toshdan qilingan minora shaklidagi mudofaa uchun qulay uylar qurilgan. Uy-joylarning viloyat doirasidagi xususiyatlari minglab yillardan buyon saqlanib kelmoqda: O‘rta er dengizi tipi: asosan 2-3 qavatli uylar tog‘ yon bag‘rida qurilib, uylarni oldi etnik xususiyatlarini saqlab qolgan. Alp uylari-2 qavatli yirik uylar birinchi qavati toshdan, 2 chisi aksariyati yotochdan qilingan. Tomlari ikki qirrali, xo‘jaligi binolari birinchi qavatda. - 93 - Frankon yoki yuqori nemis uylari- asosan janubiy va o‘rta Germaniyada ko‘proq tarqalgan. Turar joy, xo‘jalik binolari kompleksidan iborat. Eski sakson tipi. Shimoliy va Shimoli- G‘arbiy Germaniya, Janubiy Daniya, Sharqiy Gollandiya tarqalgan. 5.G‘arbiy Polsha tipi-oddiy yog‘ochlardan yo‘nib qilingan uylar, Yashash xonalari yoniga xo‘jalik binolari qo‘shib qurilgan. Kiyimlari. Evropa axolisi kiyimlari o‘z taraqqiyotida eng sodda ko‘rinishidan tortab bugungi kundagi zamonaviy turlarigacha bo‘lgan davrlarni boshdan kechirgan. Eng qadimgi belbog‘chadan keyinchalik shimlar, yubkalar uchun elka beldan yuqoriga kiyadigan kiyim turlari shakllangan. Ko‘ylakning o‘tmishdoshi to‘g‘ri burchakli gazmol dastlab boshdan (kalla kirish uchun) o‘rtasidan kesib teshik qilingan va ikki yoni tikilgan. Rim tunikasi, yunonlar xitoni xam shu tarzda tikilgan. Uning ustidan antik davrda tikilmagan o‘rama kiyim yoki plash kiyilgan. (Rim togasi, yunon ximatoni) O‘rama kiyim elkada bog‘lanib qo‘yilgan yoki qistirilgan. Tikilgan kiyimdar ko‘p xollarda shimol yoki cho‘l xududlari aholisiga xos bo‘lgan. Antik davr yodgorliklarida: skiflar, daklar, slavyanlar, germanlar va keltlar shim yoki yopiq elkaga kiyiluvchi kiyimlarda tasvirlangan. Rimliklar shim kiyishni varvarlarga xos belgi xisoblaganlar. Buyuk xalqlar ko‘chishi german slavyanlarning ilgarigi Rim imperiyasi xududlarida tarqalishi shimning xam keng miqyosda istemolga kirishini ta‘minlagan. Dastlab shim deyarlik barcha xududlarda tor kiyilgan. Keng shalvar tipining yoyilishi turklar istilosi bilan bog‘liq bo‘lishi extimol. Kalta shim kelt va german davlatlarida zadagonlar (pantalonlar) kiyimi sifatida tarqalgan. Ayollarning belga cha kiyimlari fartuk tipida bo‘lib, (ko‘pincha 2ta) yubkalar bir nechtadan kiyilgan (ayniqsa bayramlarda). XIX asrda moda bo‘lgan «tyurngor» lar xam shu bilan bog‘iq bo‘lgan. Beldan tepaga (elkagacha) kiyadigan kiyimning turlari gazmoli va sifati xam xilma — xil bo‘lgan. Boshlik (kopyushon) «bluza»— uzun ko‘ylak frantsuzlarda, beshmet (kaftan) kavkazda keng tarqalgan. Bugungi kunda evropaliklar an‘anaviy kiyimlari qisman qishloq axolisi tomonidan yoki bayramlarda kiyiladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling