O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol: Ijtimoiy turmushi
va ma‘naviy madaniyati. 3-asosiy savolning bayoni: Deyarlik barcha Evropa xalqlarida oilaviy turmush formalari umumiy bo‘lib, kichik oilalar xukmronligi bilan xususiyatlidir. Patriarxal- urug‘chilik tartiblari albanlar («fas»), chernogoriyaliklar («birodarlik») tog‘li shotlandlarda («klan») va Kavkaz xalqlarida saqlanib qolgan xolos. Xususan kavkazliklar mexmondorchilik va qo‘noqlik, otaliqlik (abxaz, adeglar) qoidalariga rioya qilishib kelmoqda. Yirik patriarxal oilalar yaqin o‘tmishda Bolqon xalqlarida bolgarlar, makedoniyaliklar, serblar, bosniyaliklar va albanlarda mavjud bo‘lgan. Ularda bu oila turi «zadruga» deb nomlangan. Yirik patriarxal oilalar boshlig‘i «domachina» va ayol «domachitsa» xo‘jalikni boshqargan. Yirik oilalar shotland, basklar va norve giyaliklarda ham bo‘lgan. Patriarxal oilalar jamoasi buzilishi davrida «minorat» (kelt, germanlar, qisman slavyanlarda) o‘rta asrlarda «mayorat» udumi bilan almashtirilgan. Patriarxal oilalar udumlarining xususiyatlari XVII-XVIII asrlarda Kavkazdagi keng miqyosdagi tarqalishi kuzatiladi. Jumladan tadqiqotchilar armanlar hovlisida 20 tagacha beshik bo‘lganligini yozganlar. Oilaviy urf- odatlarda, xususan to‘y marosimlarda ma‘lum arxaik ko‘rinishlar saqlanib qolgan. Masalan kelin o‘g‘irlash, qalin to‘lash, kelinni «sotib olish udumi», kelin uchun - 94 - to‘lovlar kabilar shahar va qishloqlarda saqlanib) qolgan. Qalin olish Sharq, Evropa Volga bo‘yi va Kavkaz xalqlarida ham mavjud. Ijtimoiy turmush. Qishloq jamoalarida erdan birgalikda foydalanish (XVII)asrga qadar ) mavjud bo‘lgan. Ba‘zi xalqlarda erkaklar ittifoqlari, ba‘zida ayollarning itgifoqlarida urf-odatlar, irimlarga qattiq rioya qilingan. Evropada qadimgi xo‘jalik tashkilotlari-xunarmandlar sexlari bo‘lgan. Keyinchalik ular asosida kasaba uyushmalari shakllangan. Sex uyushmalari keyinchalik sport, ovchi, talabalar, turistlar, qo‘shiqchilar jamoasi tashkilotlari sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan. Din. Evropaning ko‘pchilik xalqlari xristian diniga e‘tiqod qiladi. XI asrdan xristian cherkovi 2ga bo‘lingan: rim-katolik, grek-provoslav cherkovlariga. Keyinchalik reformatsiya harakati natijasida yangi: lyuteran, kalvinizm, anglokan cherkovlari vujudga keladi. Rasmiy cherkov bilan yonma-yon deyarlik barcha xalqlarda xristianlik va islomga qadar bo‘lgan diniy tasavvurlarning sarqitlari saqlanib qolgan. Boltiq bo‘yi xududi katoliklik, provoslaviya va lyuteran cherkovlari xamkorlikda faoliyat qilmoqda. Qalmoqlarda buddizm, kavkazliklarda xristianlik va islom dinlari majud. Xristianlikni dastlab 301 yilda armanlar, sharqiy-provoslav mazxabini qabul qilganlar. Lekin arman-grigorian cherkovi Isoning ilohiyligiga monofizitlikka asoslagan. Gruziyada xristian-pravoslav cherkovi 337 yildan mavjud. Islomning paydo bo‘lishi VII-VIII asrlarda arablar istilosi bilan bog‘liq. Ozarbayjon,Dog‘iston so‘ngra tashviqot yo‘li bilan Volga bo‘yiga qadar tarqalgan. Ozarbayjonliklar-shia, qolganlar sunna mazxabiga qarashlidir Xalq og‘zaki ijodi. Taraqqiy qilgan Evropa xalqlarida xalq og‘zaki ijodini professional san‘atdan ajratish qiyin . Xalq og‘zaki ijodi durdonalarining eng qadimiylari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida aks etsa, keyinchalik o‘rta asrlar Evropasida «Nibelunglar xaqida qo‘shiq», finlarning «Kalevala», inglizlarning «Robin Gud qissasi» lari, frantsuzlarning «Roland haqida qo‘shiq» dostonlari va xokazolarni ko‘rsatish mumkin. Ertaklarni Evropada kapitalistik jamiyat vujudga kelganga qadar faqat bolalar emas, kattalar xam sevib eshitganlar va o‘qiganlar. XVII asrda Sh. Perro, aka-uka Grimmlar, Anti- Arne, Gofman, Andersen, Selma Lagerlef, Oskar Uayld va boshqalar o‘nlab va yuzlab ertaklar yozganlar. Hozirgi kundagi ko‘plab professional san‘at turlari xalq ijodiyotidan boshlangan. Xususan zamonaviy teatrning boshlanishi Qadimgi Yunonistondagi Dionisga bag‘ishlangan xalq bayramlaridan ekanligi xam ma‘lum. Uyg‘onish davrida dunyoviy professional teatrlari — drama, tragediya, komediya, XVI asrdan Italiya —opera san‘ati vujudga keladi. Shu bilan birgalikda Evropada xalq qo‘g‘irchoq teatrlari, sirklari saqlanib kelmoqda. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling