Folklor(ingliz)
– xalq bilimi, xalq og‘zaki ijodi. F. ma‘lumotlari eng muhim etnografik
manbadir.
Fratriya(yunoncha)
– qabilaning bo‘linmasi bo‘lib, dastlab ko‘proq bitta urug‘dan paydo
bo‘lgan bir necha o‘zaro nikohli urug‘larni birlashtirgan. Qabilaning eng birlamchi shakli –
kam deganda ikki urug‘ning qismlari. Ba‘zan ―fratriya‖ atamasi urug‘ning analogi sifatida
xato ishlatiladi. Ekzogamiyaning muqarrar ta‘sir ko‘rsatishi faktini hisobga olib, N.A.Butinov
urug‘ ichida alohida mirostruktura – urug‘ o‘zagini ajratib ko‘rsatishni taklif etgan. Bu
tuzilma urug‘ga nikoh tufayli kirib qolgan kelgindilarga qarshi turuvchi qondosh qarindosh-
urug‘larning jipslashgan guruhidir.
Xalq -
kishilarning ko‘p qirrali, keng jamoasi, uning map‘nosi quyidagicha: 1) davlat
aholisi, mamlakat fuqarolari; 2) elat, ijtimoiy millat; 3) mamlakat aholisining asosiy mehnat
ommasi; 4) kishilarning muayyan yosh yoki kasbiy toifasi. Bunda tukshunishning ikki
asosiy darajasi mavjud: odatdagi va nazari
y. Birinchi ma‘noda xalq, davlat, mamlakatning
butun aholisi. Ikkinchi ma‘noda, bu tarix sub‘ekti, xalq ommasi, u o‘z ichiga sinflar va
ijtimoiy guruhlarni oladi, bu o‘zining ob‘ektiv holatiga ko‘ra jamiyatni taraqqiy ettirish
masalalarini ijobiy etishga qodir. Etnosotsial jihatdan xalq, bu
– urug‘, ya‘ni qabilani elat,
millatga aylantiruvchi shakllanish. Muayyan sotsiologik jihatdan xalq, bu mehnatning
ijtimoiy taqsimlanishi nuqtai nazaridan faoliyatning ommaviy turlarida band bo‘lgan ijtimoiy
guruhlar majmui.
Xalq yagona ijtimoiy bir butunlikni tashkil etadi, chunki umumiy tarixiy taqdir turmush
tarzi va ahloqning o‘xshash belgilariga ega, shuningdek yagona tarixiy umumiylikka
taalluqlilikni his etadi. Birgalikdagi mehnat faoliyati tufayli xalq jamoaviy ijtimoiy tajriba(til,
tarixiy xotira, madaniy qadriyatlar va me‘yorlar, turli malaka va o‘quvlar) egasi hisoblanadi.
Xudo(bog) -
barcha sinfiy davrlarda ishonishning xayoli ob‘ekti, insonlar taqdiriga ta‘sir
ko‘rsata oladigan oliy mavjudot(instant) bo‘lib, uning qudratidan dinga ishonuvchilar
foydasiga va zarariga foydalanish mumkin. Dinga ishonuvchining ongida xudo odatda
ijobiy mavjudot sifatida qaraladi, shuning uchun atamalar sohasida uni ishlatishda ruhlar
–
g‘ayri tabiiy mavjudotlar bilan almashtirib yubormaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |