“treybalizm”, “traybalizm”
atamalari ham kirib kelgan(inglitzcha tribe-
qabila ma‘nosini bildiradi), u Afrika va Osiyodagi
yosh davlatlarda mavjud bo‘lgan etnik vaziyatni tavsiflab beradi. U joylarda mustamlaka
rejimi davrida mavjud bo‘lgan qabilaviy alohidalik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan.
Treybalizm birlashish jarayonlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi hamda qabilalar o‘rtasida
ziddiyatlar keltirib chiqaradi. Siyosiy matbuotda treybalizm atamasi millatchilikning sinonimi
sifatida foydalaniladi.
XX asrning ikkinchi yarmi etnografiya uchun ibtidoiy jamiyat tarixining eng muhim
muammolariga taalluqli munozaralar xarakterlidir. Davrlarga bo‘linish muammolari ijtimoiy
yacheykani tariflash, matriarxat-
ona urug‘ining tutgan o‘rni xususidagi munozaralar shular
jumlasidan.
Endogamiya
(yunoncha ichki nikoh ma‘nosini bildiradi) – bu qabilaning faqat birinchi
etnik birligi sifatida muhim belgisi bo‘lib qolmay, shu bilan birga ibtidoiy davrdagi ijtimoiy
tashkilotning oliy shakli sifatida ham muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |