O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “etnik guruh”
Shamanstvo-shamanlik(tungus
– manchjuriyada ruhoniy-―saman‖ so‘zidan) – ibtidoiy diniy e‘tiqodlarning shakllaridan biri, insonning maxsus shaxs – shomon(afsungar) tomonidan amalga oshiriladigan alohida marosi harakatlari yordamida ruhlar bilan aloqa o‘rnatish mumkinligiga ishonishidir. Bunda maqsad kasalliklarni davolashda, hayvon va baliq ovlashda, narigi dunyoda eson-omon sayr-sayoxat uyushtirishda va shu kabilarda ana shu ruhlarning yordamiga ishonishdir. Shomonlik Sibir va Shimol xalqlarida keng tarqalgan. Eski jdunyodagi xalqlarda so‘nggi poleolit va neolit davrida, shuningdek mulkiy tabaqalangan jamiyatning vujudga kelish davrida uchraydi(arxeologiya ma‘lumotlari va qadimgi yozuv yodgorliklari ana shundan dalolat beradi). Ekzogamiya( yunoncha ―tashqi, tashqari nikoh‖) ma‘nosini bildirib, urug‘ning muhim belgisidir. Ekzogamiya printsipiga so‘zsiz rioya qilinishi urug‘ naslining tozalanishi, irsiy barqarorlikni ta‘minlash xo‘jalik va oilaviy nikoh hayotida muhim rol o‘ynagan. Elat (xalq – norodnosti) – yagona hudud, til madaniyat, xo‘jalik hayoti va turmush miqyosida qabilaviy munosabatlarning buzulishi natijasida yuzaga kelgan kishilar uyush masi. Elat ijtimoiy umumiylik shakllaridan biri hisoblanadi,tarixan urug‘ qabila birlashmalaridan kelib chiqadi va ulardan muayyan majmua bo‘lib ajraladi. Agar urug‘ - 120 - qabilachilik xususiyatlari ularning qon- qarindoshlik aloqalarining mohiyatli belgisi bo‘lsa, bunda millat uchun rivojlangan iqtisodiy makon xosdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan elatga avvalo quldorlik va feodalizm xosdir, shu bilan birga u biror shakldagi milliy davlatchilik tuzilmasini barpo etadi. Lekin elat ijtimoiy rivojlanishining keyingi bosqichlarida ham mavjud bo‘ladi, chunki bir qator sabablarga ko‘ra u millat bo‘lib shakllana olmaydi. Elat- tarixiy birligi tabaqalangan jamiyatning barcha davrlarda Er yuzining turli mintaqalarida boshqa etnik birliklar bilan bir qatorda mavjud bo‘lib kelgan. Shuni hisobga olish kerakki, ―elat‖ va ―millat‖ atamalarining ayni bir vaqtda mavjud bo‘lishi yana bir-birini to‘ldirib borishi haqida tasavvur beradi. Adabiyotlarda “etnik guruh” atamasi ham uchraydi, uni ba‘zan etnik guruhning qandaydir bir o‘tish shakli deb qarashadi. Ko‘pincha bu atama tarix maydonidan tushib ketgan birliklarni tariflash uch un qo‘llanadi. Umumiy ilmiy atamalarning katta guruhi etnografiya tomonidan etnik tarixga, jahon madaniyati tarixi muammolariga nisbatan ishlatiladi Ulardan ko‘plari biologiya, sotsiologiyadan olingan. Hozirgi zamon siyosiy matbuotidan etnografik adabiyotga Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling