O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
4-asosiy savol: Moddiy va ma‘naviy madaniyat. 4-asosiy savolning bayoni: Moddiy madaniyat . O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining moddiy madaniyatlari etnik alomatlaridan ko‘ra aholining xo‘jaligi va xududiy o‘ziga xosligiga asoslangandir. Misol uchun uy-joylar milliy emas axolining o‘troq yoki ko‘chmanchi bo‘lishi bilan xususiyatlanadi. O‘troq axoli yashaydigan voxalar uy- joylari to‘g‘ri tomonli past tomli, tevaragi loy devordan to‘silgan xovli ko‘rinishida bo‘lgan. Uylarning bu xoldagi o‘ziga xosligi uning ichki loyixasi, tuzilishi bilan ajralgan. Tog‘lik xududlarda axoli uylari o‘zining arxaik ko‘rinishini uzoqroq saqlab qolgan. Ko‘chmanchilar o‘tovlari ikkiga, ya‘ni mo‘gul va turk tiplariga bo‘linadi. Ularning farqi faqat tomlarida bo‘lib birida konusli, ikkinchisida gumbazli. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoqlarda ikkala tip xam uchrasa, turkmanlarda turk tipi tarqalgan. O‘tovlarning konstruktsiyasida deyarli farq yo‘q, ularni jihozlashda toifaviy xususiyatlari ko‘rinishi mumkin. O‘rta Osiyo an‘anaviy kiyimlarida xam farqlanish gazmol yoki kiyim va uning qismlarida bo‘lmasdan boy va kambag‘alligida bo‘lgan. Xo‘jalik mashg‘uloti xam kiyimlarga ta‘sir etganligi tabiiy. Chorvadorlarning an‘anaviy kiyimlari jundan,dexqonlar va shaxar axolisi kiyimlarida paxta gazlamasi ko‘proq ishlatilgan. Ma‘naviy madaniyat. Ma‘naviy madaniyatda etnik o‘ziga xoslik ko‘proq ko‘rinadi. Lekin umumiylik xam aniq namoyon bo‘lishi tabiiy. Jumladan xalq og‘zaki ijodi dostonchilikdagi umumiylik asarlarning syujetlaridagina emas qaxramonlar nomlarida xam kuzatish mumkin, «Alpomish» dostoni o‘zbeklarga oid bo‘lsada qozoq va qoraqalpoqlarga xam yaxshi tanish. «Go‘ro‘g‘li» tojik.o‘zbek, turkmanlar uchun umumiydir. Deyarli barcha O‘rta Osiyo xalqlarida «Avesto»dan boshlangan Shirin va Shakar syujeti bilan bog‘liq she‘r va ashulalar mavjud. - 64 - O‘rta Osiyo va Qozrriston xalqlari ma‘naviy madaniyatiga katta ta‘sir ko‘rsatan narsalardan biri islom dinining yoyilishidir. XIX - XX asrda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari madaniyatining yuksalishi Rossiya istilosi xamda xukmronligi ta‘sirida o‘tgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling