O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol: Xo‘jaligi va ijtimoiy tashkilotlar. 3-asosiy savolning bayoni: An‘anaviy xo‘jalik turlari neolit davridayoq shakllana boshlab XIX asrga kelganda 3 ta xo‘jalik madaniy tiplari: O‘troq dexqonchilik (tojiklar, o‘zbeklar, turkmanlar va qisman qoraqalpoq va qirg ‘izlar). Ko‘chmanchi chorvachilik-qozoq, qirg‘izlar va qisman turkmanlar va o‘zbeklar. Yarim o‘troq aralash dexqonchilik-chorvachilik shakllangan. Qoraqalpoq, qisman o‘zbeklar, turkman, qozoq va qirg‘izlar ushbu kompleks xo‘jalikni olib borishgan. Neolit d avrida shakllangan dexqonchilik qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan edi. Uning eng shimoliy xududlarga tarqalishi uchun minglab yillar kerak bo‘lgan. Sun‘iy sug‘orish inshoatlari qurilishi, ularni tartibda saqlab turish nixoyat katta mehnat talab qilgan. - 63 - Ko‘chmanchi chorvachilik bilan cho‘l-dasht zonalarida yashovchi aholi miloddan avvalgi II-I ming yillikning chegarasida shug‘ullana boshlagan. O‘ning 3 ta turi: «meridional», «vertikal» va «statsionar» o‘troq turlari rivojlangan. O‘rta Osiyoning tog‘li xududlarida yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari xo‘jaligining ajralmas qismlaridan biri xunarmandchilik va turli kasb —korlar xam bo‘lgan. Xususan ko‘chmanchi chorvadorlar xo‘jalikda zarur jundan, teridan qilinadigan ashyolarni o‘zlari tayyorlashadi. Turli xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul axoli qadimdan iqtisodiy — savdo munosabatlarida bo‘lib, bu voqelik axoli turmushining barcha soxalarida o‘z ta‘sirini qoddirgan. Ijtimoiy tashkilotlar. Xo‘jalikning turli xilda bo‘lishi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining ijtimoiy munosabatlariga xam o‘z ta‘sirini ko‘rsatib uning xilma-xil bo‘lishini ta‘minlaydi. Xususan o‘troq dehqonchilik axolisi miloddan avvalgi III ming yillikda (jez davrida) vujudga kelgan. Toifaviy munosabatlar shakllanib miloddan avvalgi 1 ming yillikda dastlabki davlatlar shakillangan. Ko‘chmanchi chorvadorlarning doimiy yurishlari va xududga kelib joylashuvlari natijasida o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Natijada toifaviy jamiyatning shak llanishi xam xududning turli qismida turlicha davrda bo‘lgan. Umuman tadqiqotchilar voxalar aholisi ijtimoiy munosabatlarini patriarxal-feodal tip sifatida ko‘rsatishadi. O‘z navbatida ko‘chmanchilar jamiyatidagi tabaqalanish xam kuchayib, minglab chorva molli boylar bilan bir qatorda 20- 30 bosh molli axoli ko‘pchilikni tashkil qilgan. Jamoada kambag‘al, batrak, cho‘ponlar, xizmatchilar guruxi xam shakllangan. Qozoqlardagi «oqsuyak» xon, sultonlar yoki «qorasuyak», qolgan axoli ushbu jarayonning yakuni deyi sh mumkin. Qirg‘izlarda oliy toifa manak, turkmanlarda -ig deb atalgan. Chorvadorlar xayotiga katta ta‘sir qiladigan narsalardan biri ―udumdlar‖ tartibi bo‘lib, mulkiy tabaqalanish davrida vujudga kelgan udumlardan kambag‘allarni (xatto qarindoshlari bo‘lsa xam) o‘z foydalariga ishlatish uchun foydalanilgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling