ASOSIY MA`LUMOTLAR
Ekologik muammolarni echish va atrof-muhitni zararli chiqindilardan muhofazalash maqsadida turli aralashmalardan u yoki bu moddani ajratib olishga to`g’ri keladi. Masalan, tutun yoki changli aralashmalardan gazni tozalab olish, to`qimachilik va engil sanoat korxonalaridagi changli havo tarkibidan kalta tolachalarni ajratib olish, oqova suvlar tarkibidan qimmatbaho elementlarni ajratib olish, don maxsulotlarini quritishda hosil bo`ladigan changlarni ajratib olish, qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida tsement, oxak, ganch, marmar, granit va xokazolarni changli havo tarkibidan ajratib olish kabi muammolarni echishga to`g’ri keladi. Buning uchun sanoatda bir kator ajratib olish usullari (masalan, cho`ktirish usullari,sentrofugalash usuli, suyuqlik yordamida ajratib olish usullari) mavjud bo`lib, ularning orasida filtrlash (17-rasm), aloxida o`rin egallaydi.
17-rasm. Sanoat korxonalardagi changli havoli filtrlash qurilmalari
Suyuq yoki gazsimon aralashmalarni govak to`siq filtr orqali tozalash jarayoniga, filtrlash deb ataladi. Filtrning asosiy vazifasi – suyuq yoki gazsimon moddani utkazib yuborish va ulardagi qattiq zarrachalarni ushlab qolishdan iborat.
Paxta, ipak, jun, gazlama, kichik teshikli to`rlar, sintetik materiallar (masalan, polimer materiallari va ulardan olingan tolalar, varaka va plenkalar), sochiluvgan materiallar (qum, tuproq, maydalangan ko`mir, bentonitlar va b.) va sopol buyumlari filtr sifatida ishlatilishi mumkin. Ammo filtrni tanlash va undan foydalanish uchun quyidagi shartlar inobatga olinishi kerak.
Filtrlovchi material govak tuzilishga ega bo`lishi kerak.
Govaklar o`lchami to`siq ustida cho`kma zarrachalarni ushlash qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
Filtrlovchi material muhit ta`sirida (masalan, suyuqlik yoki gaz ta`sirida) kimeviy barkaror bo`lishi kerak.
U mexanik jihatdan mustahkam va yuqori haroratlarda chidamli bo`lishi kerak.
Tozalanishi kerak bo`lgan muhit (gaz, bug, suyuqlik) turiga va ish bosimiga qarab, filtrlar 2-xil bo`ladi:
Suyuqliklarni tozalash filtrlari.
Gazlarni tozalash filtrlari.
Hozirgi paytda sanoatda gidrostatik bosim ostida ishlaydigan filtrlar, nasos yoki kompressorlar yordamida hosil qilinadigan bosim ostida ishlaydigan filtrlar, vakuum va markazdan kochma kuchlar ta`sirida ishlaydigan filtrlardan kengrok qo`llaniladi.
To`qimachilik va engil sanoat korxonalarida, ip yigiruv fabrikalarida va paxta tozalash zavodlarida to`rli filtrlardan(18-rasm) ko`proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |