7-MAVZU: O’zbekiston xududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari
Ajratilgan soat – 2 soat
Ko’riladigan savollar rejasi
Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligining siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.Ingliz-rus raqobati.
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.
Qo’qon xonligidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qo’qon adabiy muhiti.
Darsning maqsadi:
Temuriylar inqirozga uchragach, Shayboniylar davlatining tashkil topishi va uchta xonlikka bo’linib ketishi kelgusida o’zaro urushlar inqirozlarni boshlab berganligi bu taraqqiyotga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatganligini tushuntirib berish. Rossiya bosqini arafasida xonliklarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar:
1-asosiy savol bo’yicha:
Mang’itlar sulolasining hokimiyatga kelishi. Buxoro amirligining siyosiy tarixi. (Muhammad Rahimxon,Doniyolbiy, Shoxmurod, Haydar, Nasrullo, Muzaffar)Buxoro amirligidagi saroy mansablari. Amirlikning iqtisodiy va madaniy hayoti. O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati (1.314-320;2.191-193;3.191-214.)
2-asosiy savol bo’yicha:
Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi. XIXasrning boshlarida Xiva xonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. Xonlikning ma’muriy-hududiy tuzilishi. Munis, Ogahiyning madaniy hayotdagi o’rni. (1.323-329;2.204-206;3.235-255.)
3-asosiy savol bo’yicha:
Qo’qon xonligidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayot. Buxoro va Qo’qon munosabatlari. Qo’qon xonligi va Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi. Qo’qon adabiy muhiti. Nodira, Uvaysiy, Dilshod Barno, Mahzuna. (1.329-334; 2.207-217; 3.214-234)
Adabiyotlar:
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Sagdullaev A., Aminov B., MavlonovO’., Norqulov N. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti T.: Akademiya. 2000. 271 b.
Ahmadjonov G’. A. Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda T. 2003. 270 b.
Tarix shohidligi va saboqlari T.:Sharq,.2001.463 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |