O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 345.69 Kb.
bet76/80
Sana06.09.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1673276
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Supersegment birliklar - ur²u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so’zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo’lishi bilan segment birliklardan farq qiladi.
Shakllantiruvchi vazifa – fonetik birliklarning "qurilish materiali", leksema yoki morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari.
Tanituvchi vazifa - fonetik birliklarning so’z qiyofasini "tanib olish" va shu orqali so’zning ma’nosini "eslab qolish" uchun xizmat qilishi.
Fonetik so’z - nutq tovushlarining ma’lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan so’zning fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani.
Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi.
Xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir til tovush-lari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi.
Tarixiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) o’rganadi.
Tavsifiy fonetika - xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bo²lamay) o’rganadi.
Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadigan fonetika.
Eksperimental (instrumental) fonetika - nutq tovushlari, ur²u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o’rganadigan fonetika.
Vokalizm- unli fonemalar tizimi.
Bo’g’in cho’qqisi - bo’²in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo’²in cho’qqisi sanaladi.
Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki.
Tilning vertikal (tik) harakati - tilning uch darajali ko’tarilishida yuzaga keladigan belgilar.
Tilning gorizontal (yotiq) harakati - fonemalar artikulyatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho’zilishi yoki orqaga tortilishi

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling