O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


-jadval  An’anaviy va noan’anaviy o’qitishning qiyosiy tahlili


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#119269
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi


1.1-jadval 

An’anaviy va noan’anaviy o’qitishning qiyosiy tahlili 

Mezonlar 

An’anaviy 

 o’qitish 

Noan’anaviy texnologik  

o’qitish  

Maqsad 

Bilim berish, ko’nikma 



shakllantirish 

Hamkorlikdagi faoliyat 

orqali bilim, ko’nikma va 

malakalarni 

shakllantirish 

o’rganuvchining 

roli 

Ko’rsatmalarga bo’ysinadi; 



Axborotni passiv qabul 

qiladi; axborotni o’zlashtiradi; 

o’rganish jarayoni uchun 

qisman 


mas’ul 

o’z g’oyalarini taklif qiladi; o’zaro 

bog’langan; faol ishtirok etadi; 

ta’lim jarayoniga to’liq mas’ul 

o’qishga 

Qiziqtirish 

(motivatsiya) 

Tashqi jamiyat tomonidan 

tazyiq ko’rsatiladi (oila, din, 

urf-odatlar va sh.k.); 

Talaba o’qishning shu zahotlik 

foydasini ko’rmaydi 

Ichki qiziqtiruvchi omillar. Talaba 

shu zahotlik foydani anglaydi 

Mazmun tanlovi 

o’qituvchi nazorat qiladi. 

Talaba qisman tanlaydi yoki 

umuman bunday huquqqa ega 

emas 

Ta’lim mazmuni talabalar tanlagan 



muammolarini echishga 

yo’naltirilgan 

Jarayon 

-direktiv (ko’rsatmali) 

yondashuv 

- talqin qiladi va baholaydi 

- mavzu bo’yicha ko’proq va 

yaxshiroq biladi 

- mutaxassislik tilida so’zlaydi 

- demokratik yondashuv 

- tinglaydi, qo’llab quvvatlaydi, har 

bir kishining fikri va g’oyalarini 

qabul qilishga tayyor 

- talabalar tilida so’zlaydi 

Usullar 

(metodlar) 

Talaba dalillar, axborot oladi 

o’qitish talabalarning bilim va 

ko’nikmasiga asoslanadi 

Qaror qabul 

qilish 

Qarorni o’qituvchi qabul qiladi 



Qaror birgalikdagi faoliyat 

davomida qabul qilinadi hamda u 

guruh va o’qituvchining 

muvaffaqiyatli hamkorligi 

 

 


 

 

14 



 

Bularga  «Kitob  bilan  ishlash»,  «o’quv  suhbati»,  «Davra  suhbati»,  «Aqliy 

hujum»,  «Kichik  guruhlarda  ishlash»,  «Bahs-munozara»  kabi  metodlarni  kiritish 

mumkin. 


Modellashtirish  –  real  hayotda  va  jamiyatda  yuz  beradigan  hodisa  va 

jarayonlarning  ixchamlashtirilgan  va  soddalashtirilgan  ko’rinishini  auditoriyada 

yaratish  va  ularda  talabalarning  shaxsan  qatnashishi  va  faoliyat  evaziga  ta’lim 

olishini  ko’zda  tutadi.  Uning  asosiy  maqsadi  talabalarning  faqat  tinglashi  emas, 

balki  bilimlarni  o’zlashtirishda  bevosita  ishtirokini  ta’minlash  orqali  ta’lim 

jarayonining  samaradorligini  oshirishga  qara-tilgan.  Bularga  ishbop  o’yinlar  va 

rolli o’yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin. 

Tadqiqot  –  talabalar  tomonidan  muammoni  tushunish  va  echish,  mustaqil 

bilim  olishni  kuchaytiradigan  va  shunga  unday-digan  usullar  yig’indisidan 

iboratdir.  Tadqiqotning  maqsadi  dars  jarayonida  talabalarda  savol  qo’yish  va 

ularga  javob  izlashida  qiziqishini  uyg’otishga  qaratilgandir.  Unda  o’qitish 

talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bularga 

muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mus-taqil izlanish, yo’naltiruvchi matn kabi 

metodlar kiradi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

15 



 

1.2. Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari 

fanining  vazifalari va mazmuni 

 

Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga 

oshirilar  ekan,  unda  uzluksiz  ta’lim  tizimini  shakllantirishga  juda  katta  ahamiyat 

berilmoqda.  

 «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning  ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, 

uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  ishlar  va  sarqitlardan  to’la  xolos  etish, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 

javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash»  kabi  maqsadi  ta’lim 

jarayoniga  boshqacha  nazar  bilan  qarashni  talab  etadi.  Umuman,      o’rta  maxsus, 

kasb-hunar  ta’limi  tizimida  bunday  muammolar  o’z  dolzarbligi  bilan  alohida 

ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi 

bo’luvchi,  buyuk  kelajagimiz  poydevorini  quruvchi  va  yuksaltiruvchi  yosh 

kadrlarni  tayyorlash  va  ularga  ta’lim  berish  respublikamiz  pedagoglari  oldida 

turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir.  

Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  uni  takomillashtirish  yuzasidan  ko’pgina  olimlar 

amaliy  va  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borayapti.  Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  uning 

asosiy  tuzilishi  haqida  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  atroflicha  bayon 

etilgan. Unda belgilanishicha, «Uzluksiz ta’lim  -  malakali raqobatbardosh kadrlar 

tayyorlashning  asosi  bo’lib,  ta’limning  barcha  turlarini,    davlat  ta’lim 

standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko’rsatish 

muhitini o’z ichiga oladi». 

Ushbu  ta’lim  tizimining  har  bir  bosqichida  fanlarni  o’qitishda  ularning 

uzluksizligi  va  uzviyligini  ta’minlash  kerak  bo’ladi.  Shu  maqsadda  fanlarni 

o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish 

muhim ahamiyatga ega. 

Ta’lim tizimi bosqichlarini quyidagi 1-sxema asosida tasniflash mumkin 

 


 

 

16 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                 1-sxema. Ta’lim bosqichlari tasnifi 

 

Gap  informatikani  o’qitish  kontseptsiyasi  haqida  borib,  barcha  ta’lim 



bosqichlarida  informatika  yo’nalishidagi  fanlarning  mazmunini  yaratish  va  ularni 

o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.  

Kasb-hunar  ta’limida  informatika    umumta’lim  fani  sifatida  qaralib,  uni  va 

boshqa  fanlarning  davlat  ta’lim  standarti  qabul  qilindi.  Har  bir  fanning  dasturlari 

va  ularga  qo’yilgan  talablar  Davlat  ta’lim  standart  (DTS)  ida    va  dasturlarning 

mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini 

ko’rsatadi.   

Uzluksiz  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  informatika    fanining 

vazifalari  va  mazmuni  haqida  respublikamizning    olimlari  va  tadqiqotchilari 

izlanishlar olib bormoqdalar.  Bulardan A.Abduqodirov, T.Azlarov, B.Boltaev  va 

Umumiy o’rta 

ta’lim    

 

O’rta maxsus  kasb-



hunar  ta’limi 

 

Akademik 



litseylar   

 

Kasb-hunar  



kollejlari   

 

Oliy ta’lim   



 

Magistratura     

 

Bakalaviatura   (4 



yillik) 

 

Oliy o’quv 



yurtidan keyingi 

ta’lim дастурлари 

Doktorantura  

(3 yillik) 

 

Aspirantura   



(3 yillik) 

 

Malaka oshirish va 



qayta tayyorlash 

 

Maktabgacha 



ta’lim   

 


 

 

17 



 

boshqalar  maktabgacha  ta’lim  va  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  informatika 

fanini  o’qitish  va  uning  uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  o’rni  masalalari  bo’yicha,  A. 

Abduqodirov,  M.Aripov,  A.Sidiqov,  U.Yuldashev,  R.Boqiev,  N.Tayloqov, 

A.Ahmedov, 

A.Hayitov, 

Isoqov 

I., 


M.Mamarajapov, 

D.Abduraximov, 

S.Qulmamatov,  D.Toshtemirov    va  boshqalar  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalarida  informatika  va  axborot  texnologiyalarni  o’qitish  muammolari  va 

ularni  takomillashtirish  usullari  bo’yicha  bir  qator  ilmiy-uslubiy  maqolalar  chop 

etganlar. [14], [11] [13]. 

Informatika  fani  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bosqichida  umumta’lim 

fani sifatida o’qitilar ekan, o’quv muassasasi etarli darajada moddiy-texnika bazasi 

va  zamon  talablariga  javob  beradigan  kompyuterlar  bilan  jihozlangan  bo’lishi 

lozim.  Bu  haqda  «Ta’lim  to’g’risida»gi  qonunda,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi»da  va  olimlarimizning  ilmiy  ishlarida  ham  ta’kidlab  o’tilgan.  Informatika 

fani kasb-hunar kollejlarida asosan 1  kurs o’quvchilariga o’qitiladi. Hozirgi kunda 

o’quvchilarga fan bo’yicha  o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 

vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  Davlat  ta’lim  standartlariga  ko’ra  barcha 

mutaxassisliklarda  umumta’lim  fani  sifatida  130  soatga  mo’ljallangan  talablar 

ishlab  chiqilgan.  Lekin  ayrim  kasb-  hunar  kollejlarida  mutaxassisliklar  bo’yicha 

«mutaxassislikka  kirish»,  «boshqaruv  jarayonida  informatika»  va  «avtomatika» 

fanlari ham o’qitib kelinadi. Bu fanlarning asosiy negizi sifatida albatta, kompyuter 

texnologiyalarini  o’rganish  va  ularni  o’quv  amaliyotida  qo’llash  kabi  nazariy  va 

amaliy  mashg’ulotlar o’rgatiladi. Shuning uchun hozirgi  kunda informatika   fani 

nafaqat umumta’lim fani sifatida, balki  maxsus  mutaxassislikka yo’naltirilgan fan 

sifatida  ham  chuqur  o’qitilmoqda.    Bu  fanning  mazmuniga  e’tibor  beradigan 

bo’lsak, mavjud dasturlarda soatlar miqdori turlicha taqsimlangan. Ularni o’qitish 

yuzasidan turli o’quv adabiyotlaridan foydalanilmoqda. Akademik litsey  va  kasb-

hunar  kollejlarida    informatika  umumta’lim  fanini  o’qitish  mavjud  dasturlar  va 

darsliklar asosida olib boriladi. 



 

 

18 



 

Ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi 

va  uzviyligini  ta’minlash  kerak  bo’ladi.  Shu  maqsadda  fanlarni  o’qitishning 

kontseptsiyasini  ishlab  chiqish,  u  asosda  talabalarga  bilimlar  berish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Gap  informatikani  o’qitish  kontseptsiyasi  haqida  borib,  barcha 

ta’lim bosqichlarida informatika  yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish  va 

ularni  o’rganish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Bu  mazmunda  uzluksiz 

ta’lim tizimi bosqichlarida quyidagilarga e’tibor berish nazarda tutilgan: 

- «Kompyuter mening do’stim», «Kompyuter olamiga sayohat»- maktabgacha 

tarbiya va boshlang’ich ta’lim bosqichlarida; 

- «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» –umumta’lim bosqichida;  

- «Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va axborot texnologiyalari 

elementlari» - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida; 

-  «Kasbiy  faoliyatida  zamonaviy  axborot  texnologiyalari»  -  oliy  ta’limning 

tayanch bosqichi(bakalavriat)da ta’lim yo’nalishlari bo’yicha; 

-  «Kasbiy  foaliyat  doirasining  tizimli  tahlili  metodologiyasi  va  eng  yangi 

axborot  texnologiyalari»  -  oliy  ta’limning  yuqori  bosqichi(magistratura)da  ta’lim 

yo’nalishlari bo’yicha; 

Bu kontseptsiya asosan fanning davlat ta’lim standartlari majmui, namunaviy 

o’quv rejalari va dasturlari, o’quv metodik adabiyotlar ishlab chiqishga asos bo’la 

oladi.  

Kasb-hunar  ta’limida  informatika    umumta’lim  fani  sifatida  qaralib,  uni  va 

boshqa fanlarning davlat ta’lim standarti qabul qilindi.  Har bir  fanning dasturlari 

va  ularga  qo’yilgan  talablar  Davlat  ta’lim  standart(DTS)  ida    va  dasturlarning 

mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini 

ko’rsatadi.  «Umrning  butun  ma’nosi  mavhumlikni  to’xtovsiz  zabt etish, tobora 

va hamisha ko’proq bilishga intilishdir» 

Ta’lim tizimi yangi mazmun asosida qayta tahlil qilinayotganligi sababli har 

bir fanning mazmuni ham ta’lim bosqichlari bo’yicha yangilanib borayapti. Kasb-

hunar  kollejlarida  o’qitilayotgan  informatika  umumta’lim    fani  ham  bundan 



 

 

19 



 

mustasno emas. Shu sababli “Informatika va axborot texnologiyalari”  umumta’lim  

fanining  asosiy  maqsadidan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limida  tahsil  olayotgan  o’quvchilarga  bu  fanning  nazariy  va  amaliy  jihatlari 

haqida  bilim  berish,  zamonaviy  kompyuterlarning  dasturiy  ta’minoti,  amaliy 

jihatdan  xizmat  ko’rsatuvchi  dasturlar  bilan  ishlash  malakasini  hosil  qilish, 

zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar berishdan iborat.  

 

Kasb-hunar  kollejlarida  o’qitilayotgan  “Informatika  va  axborot 



texnologiyalari”    umumta’lim    fanining  mazmuni  namunaviy  o’quv  dasturida 

quyidagicha qilib belgilangan: [9]. 

1.  Axborot va jamiyat 

2.  Axborot  texnologiyalari  va  tizimlari,  ularning  jamiyatdagi  o’rni  va 

ahamiyati. 

3.  Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti. 

4.  Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. 

5.  Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 

6.  Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash. 

7.  Kaspiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish asoslari. 

8.  Zamonaviy dasturlash tillari. 

9.  Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. 

10. Axborot xavfsizligi. 

11. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish. 

12. Model va modellashtirish asoslari. 

13. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari. 

14. WEB dizayn asoslari. 

Bu 


talablardan 

va 


 

fanning 


mazmunidan 

kelib 


chiqqan  holda 

kompyuterlarning  dasturiy  ta’minotini,  ayniqsa,  amaliy  dasturiy  ta’minotini 

o’qitish  muhim ahamiyat kasb etadi. 

Amaliy  dasturiy  ta’minot  -  axborot  tizimi  funktsional  vazifalarni  hal 

etishni  avtomatlashtirish  uchun  mo’ljallangan  dasturiy  mahsulotlar  yig’indisini 


 

 

20 



 

o’zida  namoyon  etadi.  Ular    universal  vositalar  (matn  muharrirlari,  elektron 

jadvallar,  ma’lumotlar  omborini  boshqaruv  tizimlari)  va    maxsus  vositalar  – 

funktsional  kichik  tizimlarni  amalga  oshiruvchi  turli  xil  ob’ektlar  (iqtisodiy, 

muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin. 

Yuqoridagi  ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki,  bu  ta’minotning  asosini  amaliy 

dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturlarni talabalarga o’rgatish va ularda ko’nikma 

va  malakalar  hosil  qilish  fanning  umumiy  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda 

kompyuter  texnologiyasini  kasbiy  sohalarga  qiynalmasdan  tadbiq  qilish  va  uning 

o’rni  haqida  tasavvurlarga  ega  bo’lishni  ta’minlashdan  iborat.      Har  bir  fan 

doirasidan  kelib  chiqqan  holda  bu  dasturlardan  foydalanishning  o’ziga  yarasha 

o’rni  mavjud.  Masalan:  fizika,  matematika,  kimyo,  astronomiya,  biologiya, 

anatomiya  va      tasviriy  sa’nat  fanlari  bo’yicha  yaratilgan  dasturlarni  kompyuter 

yordamida  o’rganish  uchun  talabalar  bu  dasturlar  bilan  ishlash ko’nikmasiga  ega 

bo’lishlari  kerak.  Ana  shunday  ko’nikmalarni  hosil  qilish  maqsadida      amaliy 

dasturlarni o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika umumta’lim   fanida 

amaliy  dasturlarni  o’qitish  zamonaviy  texnologiyalarning  amaliyotga  tadbiqi 

nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi.   

Amaliy dasturlarning  quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

- qo’lda bajariladigan ish vaqtini tejaydi; 

-aniq va tushunarli bo’lgan masalalar ustida ishlash imkoniyatini beradi;  

-  bajarish  jarayonidagi  kamchiliklar  yoki  nuqsonlarni  tez  bartaraf  etadi;- 

mutaxassislik  bo’yicha  atamalarning  dasturdagi  ma’nolarini  aniqlash  imkonini 

yaratadi; 

- fanni o’rganishda o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi. 

 

 

 

 

 


 

 

21 



 

1.3. Informatika va axborot texnologiyalarini innovatsion texnologiyalariga 

asoslangan  o’qitish usullari 

Pedagogikadan  ma’lumki,  har  bir  fanning  o’qitilishi  uni  tashkil  etish 

usullariga  va  metodlariga  bog’liq.  o’qitishning  metodlari  haqida  olimlar  muhim 

fikrlar  bayon  qilishgan.  Ularning  tadqiqotlarida  o’qitish usuli  o’qitish  metodining 

umumiy tizimdagi kichik tizim rolini bajarishi ta’kidlanadi.  

Ta’lim  mazmuni  o’quvchilarning  bilim  saviyasi,  o’zlashtirish  qobiliyatlari, 

ta’lim  manbai  va  didaktik  vazifalariga  qarab,  munosib  ravishda  quyidagi 

metodlarda tashkil qilinadi: [20]. 

 

og’zaki metodlar(ma’ruza, suhbat, hikoya va boshqalar);  



  amaliy  va laboratoriya ishlari; 

  mustaqil ishlash;  



 

o’qitishning mantiqiy metodi; 



 

ko’rgazmali metodlar; 



  muammoli izlanish (reproduktiv)  metodi; 

  induktiv va deduktiv metodlar; 



  muammoli evristik modellashtirish metodi; 

  ilmiy metodlar; 



 

o’qitishning nazorat va o’z-o’zini nazorat  qilish metodlari.  



Yuqoridagi metodlardan informatika   va uni o’qitish jarayonida bir qanchasi 

ishlatiladi.  Bulardan  og’zaki,  ko’rgazmalilik  metodlari  dars  turining  ma’ruza 

shaklida  qo’llanilib,  mustaqil  ishlash  metodlari,  amaliy  va  muammoli  yondashuv 

metodlari fanning amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida keng qo’llanilib kelmoqda. 

Shuning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fanni o’qitishda ma’ruza 

va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining roli muhimdir.   

 

Ma’ruzada  o’qitishning  yuqoridagi  metodlaridan  foydalanish  jarayonida 



talabalarga  nazariy  bilimlarni  og’zaki  va  ko’rgazmali  ko’rinishda  (Multimedia 

vositalaridan  foydalangan  holda)  yetkazib  beriladi.  o’quvchilarning  informatika 



 

 

22 



 

umumta’lim faniga bo’lgan motivatsiya (qiziqishi)si hosil bo’lishi uchun mumkin 

qadar bunday vositalardan foydalanish qulaydir.  

 

Amaliy-laboratoriya 



mashg’ulotlarida  esa  o’qitish  metodlaridan 

foydalanish  va  ularning  talabalar  bilish  foaliyatiga  ta’sir  qilishi  ko’p  jihatdan 

o’qituvchining darsni to’g’ri tashkil etishiga bog’liq. Shuning uchun ham amaliy-

laboratoriya  mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanish katta  mahorat talab 

qiladi.  

  

Darslarni tashkil etishda interfaol usullardan foydalanib, yangi pedagogik 



va  axborot  texnologiyalariga  tayanib  ish  olib  borish  va  uni  o’qitish  jarayoniga 

qo’llash zamon talabidir.  Interfaol usullardan foydalanish:  

- o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanday tushunchalarni bilishi va ularni bir-

biriga qanday bog’liqligini aniqlashga;  

- o’quvchilarning dars jarayonidagi faolligi oshishiga; 

- mavzular bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va ma’ruzada olgan 

bilimlarini kengaytirishga;  

- o’quvchilarning bilim darajalarini aniqlashga katta yordam beradi. 

 

Hozirgi  kunda  kasb-hunar  kollejlarida  yuqori  bilim  darajasini  ta’minlash 



bilan  bir  qatorda  ta’limni  insonparvarlashtirish,  raqobatbardosh  kadrlarni 

tayyorlash  uchun      pedagogika  zimmasiga  ma’lum  ma’noda  qator  zamonaviy 

vazifalar  yuklatilgan.  Shunday  fazilatlarni  o’stirish  va  rivojlantirish  imkoniyatini 

interfaol usullar beradi. Chunki ular o’z oldiga   bajarilishi shart bo’lgan quyidagi 

vazifalarni qo’yadi: 

 

-qo’yilgan   masalani albatta echish; 



 

-tarbiyaviy masalalarni bevosita va bilvosita echish. 

  Interfaol  usullar  sirasiga  loyiha,  klaster,  turnir-dars,  muammoli  vaziyat 

yaratish, aqliy hujum  va boshqa usullar kiradi. 



 

 

23 



 

 

 Bu  usullarning  informatika  va  axborot  texnologiyalari  umumta’lim   



fanini o’qitishda qo’llanilishi haqida qisqacha to’xtalaylik. [21]. 

 

Klaster  (tarmoq)  –  fikrlarning  tarmoqlanishi  hisoblanib,  undan  fanning 

nazariy qismida va o’quvchilarning mustaqil vazifalar bajarilishida qo’llaniladi. 

 

Klaster  usulini  ma’ruzada      biror  bo’lim  o’tib  bo’lingandan  so’ng 



umumlashtiruvchi  darslarda  joriy  qilish  mumkin.  Bu  quyidagi  bosqichda  amalga 

oshiriladi. 

1.  Umumiy fikr yoki savol talabalar o’rtasiga tashlanadi. 

2.  Talabalardan olingan fikrlar yozib boriladi yoki talabaning o’zi yozib oladi. 

3.  Fikrlar tugaguncha  orqali davom ettiriladi. 

     


Aqliy  hujum  -  darslarning  takrorlash  va  baholash  bosqichlarida  ko’proq 

qo’llaniladi.  

  

 

Blits-o’yin  usulida  kompyuterga  ma’lumotlar  kiritish  bosqichlari 



aralashgan holda beriladi va uni tartiblash talabalar bilimiga havola etiladi. To’gri 

tartiblangan  javoblar  o’qituvchi  tomonidan  berilib,  ularning  farqlar  yig’indisi 

hisoblanadi  va  har  bir  o’quvchi  o’qituvchi  tomonidan  tayyorlangan  shkalada 

baholanadi.  

 

Muammoli  vaziyat  usuli  –  nazariy  va  amaliy  mashg’ulotlarda  qo’llaniladi. 



Jumladan, kompyuterda kelib chiqadigan  holatlarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 

U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 

1.  o’qituvchi  tomonidan  biror  muammo  ko’rsatiladi.  (  Muammo  -  Sonli 

ma’lumotlar yacheykada ko’rinmay qoladi.) 

2.  o’quvchilar  bu  muammoning  kelib  chiqish  sabablarini  keltirib  o’tadilar. 

(Sabablar  -  sonlar  juda  katta  bo’lishi  mumkin,  yacheyka  formati  mos  emas, 

yashiringan bo’lishi mumkin va boshqalar) 

3.  Ushbu  muammoni  bartaraf  qilish  yo’llari  qidirib  topiladi.  (Bartaraf  qilish 

yo’llari  -  yacheyka  kengligini  o’zgartirish,  sonli  formatga  o’tkazish  yoki 

yashiringan holatni qayta tiklash) 



 

 

24 



 

 

Quyida  bu  texnologiyalarning  ayrimlarini  o’qitish  metodikasi  keltirib 



o’taman. 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling