O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


 Elektron jadvallar moduli mavzulari mazmunining kasbga


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#119269
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi


2.2. Elektron jadvallar moduli mavzulari mazmunining kasbga 

yo’naltirilganlik muammosi

 

 

Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” umumta’lim 

fanining  “Elektron  jadvallar  moduli”  mavzulari  mazmunini  kasbga  yo’naltirilgan 

muammosini    o’qitishni  tahlil  qilamiz.  “Elektron  jadvallar  moduli”  mavzulari 

mazmunini  kasbga  yo’naltirilgan  muammosini    o’qitishni  o’rni  va  undan 

foydalanish  malakalarini  hosil  qilishni  Microsoft  Excel  amaliy  dasturi  misolida 

qarab  chiqamiz.  Microsoft  Excel  dasturini    kasbga  yo’naltirilgan  misol  va 

masalalarni tanlashni quyidagi 2.1-jadval bo’yicha tahlil qilamiz. 

2.1-jadval. 

Kasbiy sohalarda “Elektron jadvallar moduli”  mavzularning 

qo’llanilishi

 

№ 

Kasbiy  



sohalar 

 Microsoft Excel dasturining qo’llanilishi 

Sanoat 


 Dasturdan  sanoatda  kompyuter  texnologiyalarini  qo’llash, 

hisob-kitob  ishlarini  bajarish,      sanoat  detallariga  mos  jadvallar 

bilan  ishlash,  mahsulot  tayyorlash  texnologiyasini      dastur 

funktsiyalaridan  foydalanib  o’rganish  kabi  amaliy  ishlarni 

bajarish   

Transport 



Transportlar  harakati  jadvali,  yuk  tashish  masalalari,  eng  kam 

harajat  qilgan  holda  eng  ko’p  foyda  olish,  yo’lovchilar 

tashishdagi  harajat  kabi  jadval  usuli  bilan  hal  qilinadigan 

masalalarni echish.   

Qishloq va 



o’rmon 

ho’jaligi 

Qishloq  ho’jaligidagi  mahsulotlarni  etishtirishda  unumdorlik, 

tadbirkorlik,  boshqaruvchilik,  ozuqa  resurslaridan  unumli 

foydalanish  masalalari,  daraxtlarni  etishtirish  va  parvarishda 

amal qilinadigan tadbirlar haqidagi amaliy masalalarga jadvallar 

tuzish va hisob ishlarini olib borish 


 

 

37 



 

Iqtisodiy va 



ijtimoiy 

Bank  ishlaridagi  hisoblar,  jadvallar,  moliyaviy  masalalar, 

tadbirkorlik  ishlari  masala-lari,  huquqiy  idora  ishlaridagi 

boshqarish masalalari, statistik masalalarni tahlil qilish, jadvallar 

asosida  masalaning  grafik  holatini  tasvirlash  kabi  amaliy 

vazifalarni bajarish 

Ta’lim 


Ta’limni  boshqarish,  dars  jadvallari  tuzish,  o’quvchilar-ning 

bilimlari  baholash,  o’zlashtirish  ko’rsatkichlarini  aniqlash,  turli 

xil  matematik  formulalar  yordamida  amaliy  masalalar  modelini 

tuzib,  ularni  dastur  yordamida  hal  qilish  masalalarida  keng 

foydalanish.   Ma’lumotlar bazasi sifatida qo’llash. Testlar tuzish 

va o’tkazish. 

Aloqa 


Xizmat  ko’rsatish  turlariga  doir  masalalarni  hal  qilish, 

abonentlik  xizmatlari  va  turli  xil  tariflarni  hisoblashda  bu 

dasturdan foydalanish. 

Qurilish 



Muhandislik  ishlarida  uchraydigan  jadvallar  bilan  ishlash,  turli 

xil  loyihalarning  hisob  ishlarini  bajarish  va      diagrammalar 

tuzish.  Matematik,  statistik  funktsiyalarni  qo’llagan  holda 

amaliy masalalarning echimlarini topish. 

Uy joy va 



komunal 

ho’jaligi 

Uy-joy  va  kommunal ishlarida bajariladigan hisob-kitob ishlari, 

turli  to’lov  xizmatlarini  hisoblash,  jadvallar  asosida  to’lov 

xizmatlarini statistik tahlil qilish va diagrammalarini hosil qilish. 

Sog’liqni 



saqlash 

Dori-darmonlarni  tayyorlash,  sotish  va  ularni  ishlatish  bo’yicha 

hisob-kitob  ishlarini  bajarish,  narxlar  pereyskurantini  hisoblash 

ishlarini bajarish, parxez masalasiga oid jadvallarni hosil qilish. 

10 

Madaniyat 



va sa’nat 

Madaniy  va  ma’rifiy  ishlarni  rejalashtirish,  o’tkazish  vaqtlarini 

belgilash,  tomoshabinlarni  kinoteatrlarga  tushish  jadvallarini 

tahlil  qilish,  chipta  narxlari  va  undan  kelib  chiqadigan  foyda, 

xarajatlar mablag’larini hisoblash masalalarida foydalanish. 


 

 

38 



 

11 


Savdo, 

umumiy 


ovqatlanish 

va hizmat 

ko’rsatish 

Savdoni  tashkil  etish  va  boshqarish,  undan  olinayotgan  foyda, 

xarajat,  soliq  tizimi  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalar,  narxlarni 

tashkil  qilish,  ovqatlanish  xizmatlari(menyu)ni  ishlab  chiqish, 

mahsulotlarni  ishlatish  va  ulardan  foydalanish  masalalari 

bo’yicha hisob ishlarini bajarish. 

 

 Kasbiy  foaliyat  sohalarining  har  biri  kichik  mutaxassisliklarga  bo’lingani 



uchun  MS  Excel  dasturini  ayrim  faoliyat  sohasi  uchun  professional  darajada 

o’rganishni toqazo etadi.   

Misol  tariqasida  bo’lg’usi  soliqchi,  iqtisodchi  va  bankirlar,  ishbilarmonlik, 

tadbirkorlik  va  fermerlik  faoliyati bilan ish yurituvchilarni keltirish mumkin. Ular  

bu dasturlardan foydalangan holda  amaliy masalalar echishlari mumkin. Quyidagi 

amaliy masalani ko’rib chiqamiz. 

Masala. Kombinatga 1 m gazlama ishlab chiqarish 90 so’mga tushadi. Agar 

kombinatga 1 m gazlamadan demping natijasida tashqi bozorda 2%, ichki bozorda 

2,5%  foyda  olsa,  1355  m  gazlamadan  tashqi  va  ichki  bozorda  olingan  foydani 

taqqoslang. 

Bu masalani Microsoft Excel dasturidan bajarish tartibi: 

1.  Microsoft Excel dasturini ishga tushiring. 

2.  Kerakli formatlash holatiga o’tkazing. 

3.  Jadvallarni bezash ishlarini bajaring. 

4.  Masalaning matematik modelini tuzing. 

5.  Har  bir  yacheykaga  mos  ravishda  model  elementlarini  va  formulalarini 

kiriting. 

6.  Dasturning  mantiqiy    funktsiyalaridan  foydalangan  holda  masalani  hal 

qiling.  

7.  Tashkil etilgan jadval asosida diagramma tuzing. 

Amaliyotda qanday bajarilishni yuqoridagi tartib asosida amalga oshiramiz. 

1) Dasturni ishga tushirish uchun 



 

 

39 



 

Pusk – Programmo’ - Microsoft Excel  buyruqlarini bajaring. 

Microsoft  Excel  dasturi  oynasidagi  gorizontal  menyu  qatoridan  Формат- 

Ячейки buyrug’ini tanlang. Hosil bo’lgan darchadan  общий (Umumiy) формат 

turini tanlang va OK tugmasini bosing. 

Siz uchun kerakli yacheykalarni faollashtiring (yacheykalarni  qora konturga 

oling) va formatlash uskunalar panelidagi 

 Границы piktorgammasini tanlab 

undagi  G’uskunasini  tanlang.  Bundan  tashqari  siz  yacheykalarning  kengligi  ham 

yacheyka chegarasi ustiga keltirib o’zgartirishingiz mumkin.    

2)  quyidagi matematik model asosida ish olib boramiz 

A1 – yacheykaga «Gazlama ishlab chiqarish narxi»; 

V1 yacheykaga «Tashqi bozordagi foyda foizi»; 

S1 yacheykaga «Ichki bozordagi foyda foizi»;  

D1 yacheykaga «Ishlab chiqarilgan mahsulot»;  

E1  yachekaga «Tashqi bozordagi foyda  A2*V2G’100»; 

F1  yacheykaga  «Ichki  bozordagi  foyda  A2*S2G’100»  kabi  yozuvlarni 

kiriting. 

3)  A2dan  o’2  gacha  bo’lgan  yacheykalarni  son  qiymatlari  va  formulalarini 

kiriting. 

Yuqoridagi  ma’lumotlar  kiritilib  bo’lingandan  so’ng    V3  va    S3 

yacheykalarga  mos ravishda qE2*D2 va qo’2*D2 formulalarni kiriting. Shundan 

so’ng  D3  yacheykaga  mantiqiy  funktsiyadan  foydalanib  bu  ikkala  bozordagi 

foydalarning ko’pini chiqarishimiz kerak. Shuning uchun quyidagi ishlarni amalga 

oshiramiz. Standart uskunalar panelidagi  G’  funktsiyalar ustasi piktogrammasidan 

foydalanib    muloqat  darchasi  ochiladi    va  undan  «Логические»  turi  tanlanadi  va 

«OK» tugmasi bosiladi. So’ng «ЕСЛИ» funktsiyasidan foydalanib,  

 = Если( В3>С3, В3, С3) formulasini kiritamiz. 

Yuqoridagi  ishlar  bajarilgandan  keyin  kiritilgan  ma’lumotlaringiz    quyidagi 

ko’rinishni oladi. 


 

 

40 



 

 

4)  Jadvalning diagrammasini hosil qilish bo’yicha quyidagicha ish bajariladi. 



Yaratilgan  jadval  faollashtiriladi  va  master  diagramm  (diagramma  ustasi)  ishga 

tushiriladi, undagi diagramma turidan "гистограмма"  tanlanib, "далее"  tugmasini 

bosing,  keyingi  ko’rinishdagi  muloqat  darchalaridagi  savollarga  javob 

berganingizdan so’ng quyidagi diagramma hosil bo’ladi. 

 

 

 



 

 

Bu  ishlarni  bajarish  jarayonida  talabalar  o’z  sohalarida  amalga  oshirishi 



kerak  bo’lgan  ko’nikmalar  bilan  birga  u    quyidagi  tushunchalarni  ham 

o’zlashtirilgan  bo’lishi  taqozo  qilinadi.  Bular  Demping,  tashqi  va  ichki  bozor, 

foyda kabi tushunchalardir.  

  Microsoft  Excel  dasturini  qo’llanilishini  tahlili  shuni  ko’rsatdiki,  bu  dastur 

iqtisodiy masalalarni hal qilishda muhim o’rin tutar ekan. 

   Shunday  masalalar    sirasiga  chiziqli  dasturlash  masalalari  kiradi.  Chiziqli 

dasturlash  masalalarini  echishning  bir  necha  usullari  mavjud  bo’lib,  ular  Excel 

dasturida Solver (Поиск решения) buyruq darchasi orqali amalga oshiriladi.  

Mahsulot tashishning optimallashtirish masalasi.  

M  ta  ombordan  N    ta  iste’molchiga  eng  kam  (minimal)  xarajat  qilib, 

mahsulot  etkazib  berish  talab  qilinadi.  X

ij

  bilan  i-ombordan  j-chi  iste’molchiga 



 

 

41 



 

etkaziladigan mahsulot miqdorini belgilaymiz. P

ij

 - i-ombordan j-chi iste’molchiga 



bir o’lchov birligidagi  mahsulot tashish uchun ketadigan sarf-xarajat bo’lsin. Biz 

bu  erda  Q

min

  = 


P

ij



X

ij

  maqsad  funktsiyasining  minimumini  topish      masalasiga 



keldik.  

Bizning misolimizda 4 ta ombordan 5 ta iste’mol punktiga mahsulot etkazish 

talab qilingan bo’lsin. 

 Sarf-xarajatlar  deb  nomlangan  jadvalni  to’ldiramiz,    bu  jadvalga  R

ij 

larni 


kiritamiz. 

 

Bu jadvalni hosil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 



1)  B5:J5  diapozonni  faollashtiriladi  va  gorizontal  uskunalar  panelidagi  G’ 

piktogrammasini ishga tushirib jadval yacheykalari birlashtiriladi. 

2) Unga «Sarf xarajatlar jadvali» nomli ma’lumotni kiriting.  

3)  B6  -  yacheykaga  «Omborlar  Iste’molchi»  matnini  kiriting,  bu  

yacheykadagi  Omborlar  matnini  foallashtiring.  So’ng  «Формат»  menyusidan 

«Ячейки» buyrug’ini tanlab, undagi yozuvning «Нижний индекс»  parametrini 

o’rnating.  

4) Xuddi shunga o’xshash, «Iste’molchi» yozuvini belgilab olib, «Формат»-

«Ячейки» buyrug’ini tanlab «Верхний индекс» parametrini o’rnating.  

5)    В6  katakni  diagonal  bo’yicha  ikki  qismga  bo’lish  uchun        «Вид»  -> 



«Панель  инструментов»  ->  «Настройка»    buyrug’i  tanlang.  Hosil  bo’lgan 

«Настройка»  muloqat  darchasining  «Формат»  bo’limidan 



"диагональная 

граница  сверху  вниз"    buyrug’iga  mos  keluvchi  tugmani  uskunalar  paneliga 

sichqoncha yordamida olib o’ting.  



 

 

42 



 

6) В6 yacheykani faollashtirib, 

 tugmasini bosing u ikki qismga bo’linadi.  

Bizda  sarf-xarajatlar  jadval  (massiv)ini  bir  nom  bilan  nomlab  qo’yish 

imkoniyati  bor.  Bu  bizga  chiziqli  dasturlash  masalasini  hal  qilish  uchun  osonlik 

tug’diradi. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi  

7)  C7:G10  diapozonini    belgilab(faollashtirib)  oling.    «Вставка» 

menyusidagi «Имя» -> «Присвоить»  buyruqni bosing.  

8)  Hosil  bo’lgan  «Prisvoenie  imeni»  muloqot  darchasida  massivni  nomini  P  

orqali belgilab kiriting va tasdiqlash uchun OK tugmasini bosamiz. Massiv R nomi 

bilan ataldi. Formulalar qatorining chap qismida S7:G10 massiv uchun belgilangan 

P  nom hosil bo’ladi.  

9) Endi echim olinadigan maydonni tanlab, masala shartidagi etkazilishi lozim 

bo’lgan mahsulotlar miqdorlari uchun kerakli jadvalni to’ldiramiz.  

X  -  i-ombordan  j-iste’molchiga  etkaziladigan  mahsulot  miqdorini  massivini 

aniqlab olamiz.  

 

10)  Buning  uchun  J7:N10  yacheykalarni    faollashtirib,  «Имя»(ном) 



(formulalar    yozish  qatorining  chap  qismida)  massiv  nomini  X  deb  kiriting  va  

«Enter» ni bosing. 

 11)  Noto’g’ri  kiritilgan  nomni  o’chirish  uchun:  «Вставка»      menyusidan 

«Имя»  ->  «Присвоить»  buyrug’i  tanlanadi.  «Присвоение  имени»  muloqatli 

darchasida noto’g’ri nomni belgilaymiz va «Удалить»  tugmasi bosiladi.  


 

 

43 



 

12)  «Etkazish»  qatorining  har  bir  qatorida  j-iste’molchiga  berilayotgan 

umumiy  mahsulot  miqdorini  ko’rsatuvchi  formula  qo’yiladi.  Buning  uchun  J11 

yacheyka  tanlab  olinadi.  Uning  formula  satrida=СУММ(J7:J10)  formulasi 

kiritiladi.  £olgan  yacheykalarda  ham  bunday  formulani  osonlik  bilan  kiritish 

mumkin.  Buning  uchun  sichqoncha  ko’rsatkichi  J11  yacheykaning  pastki  o’ng 

burchagiga keltiriladi. Sichqoncha ko’rsatkichi o’zgarganda uning o’ng tugmasini 

bosib  turib,  N11  katakgacha  "surib  boriladi".  Buni  avto  to’ldirish  orqali  amalga 

oshiriladi.  Bu holda J11 katakdagi formulaning nusxasi K11:N11 kataklarga ham 

ko’chiriladi.  

"Talab"  qatorida  har  bir  iste’molchi  talab  qiladigan  eng  kam  mahsulotlari 

miqdorlari kiritiladi. Umumiy miqdorni hisoblash uchun esa, J12:N12 yacheykalari 

belgilab,  standart  uskunalar  panelidagi  «Автосумма»  tugmasi  bosiladi.  Bunda 

O12 katakka ularning umumiy yig’indisi hisoblanadi.  

"Ombordan  olinayotgan"  ustunida  har  bir  ombordan  olinayotgan  mahsulot 

miqdorini ko’rsatuvchi formulani kiritish kerak. O7 yacheykaani belgilab, formula 

qatorida =СУММ(J7:N7) formulasi kiritiladi. Bu formulani xuddi yuqoridagi kabi 

O8:O10 kataklarga ham nusxasi olinadi. 

"Omborda  mavjud"  ustunida  esa  har  bir  omborda  mavjud  bo’lgan 

«chegaralangan resurslar» miqdori kiritib chiqiladi. Yana umumiy miqdorni hosil 

qilib  turish  uchun  R7:R10  kataklarni  belgilab,  standart  uskunalar  panelidagi 

«Автосумма»  tugmasi  bosiladi.  Natijada  R11  katakda  umumiy  mavjud  bo’lgan 

mahsulot miqdori ko’rsatib beriladi.  

R12  etkazilayotgan  mahsulotdan  ombordagidan  kamligi  (omborda  mahsulot 

qolib  ketadi)  yoki  tengligi  (ko’p  bo’lishi  mumkin  emas)  umumiy  miqdorlarni 

solishtiruvchi,  nazorat  qiluvchi  =ЕСЛИ(  О12=Р11,  "Mos  keladi",  "Mos 

kelmaydi") formulasini kiritib qo’yamiz.  

Olib  ketilayotgan  va  etkazilatgan  mahsulotlar  miqdorini  ko’rsatuvchi 

yacheykalarga  nom  berib  qo’yamiz.  O6:R10  diapozon  belgilab,  «Вставка» 

менюсида  «Имя»->«Создать»    buyrug’i  tanlanadi.  «Создать  имя»  muloqotli 



 

 

44 



 

darchasida  «OK»  tasdiq  tugmasi  bosiladi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  amallarni 

o’xshash ravishda J11:N12 diapozon  uchun ham bajarib ko’ring.  

Bu  bilan    etkazilayotgan,  talab  qilinayotgan,  olib  ketilayotgan,  mavjud 

bo’lgan  mahsulotlarning  ustun  yoki  satrlarda  ifodalash  kabi  ma’lumotlarni  

kompyuterga kiritgan bo’lasiz.  

J13  katakka  "Natija"  yozuvini  kiriting.  Hamda  u  uchun  formulalar  qatori 

=СУММПРОИЗВ(P;X)  formulasini  kiritamiz.  J13  va  K13  yacheykalarining  

birlashtirish  maqsadga  muvofiq.  Buni  amalga  oshirish  uchun  «Формат»  

menyusidagi 

«Ячейка»  buyrug’i  orqali  hosil  qilinadigan  darchaning 

«Выравнение» bo’limida kataklarni birlashtirish parametrini o’rnatamiz.  

Demak,  chiziqli  dasturlash  masalasini  hal  qilish  uchun  hamma  berilganlar 

uchun  jadvallarni  tayyor  qilib  bo’ldingiz.  Masalaning  echimini  topish  uchun 

«Поиск  решения»  buyrug’i  «Сервис»  menyusida  tanlab  olinadi.  «Поиск 

решения»    darchasida  maqsad  funktsiyasi  kiritilgan  J13  bevosita  kiritish  yoki 

belgilab  ko’rsatish  yo’li  bilan  o’rnatiladi.  Navbatdagi  vazifa  «Равной»  (barobar) 

bo’limida  «минимальную  значению»  (eng  kichik  qiymat)  ni  topish  va 

ko’rsatishdan  iborat.  o’zgaruvchi  qiymatlar,  ya’ni  echimlar  chiqariladigan 

diapozon (massiv)ni «Изменяя ячейка», o’zgaruvchi yoki izlanayotgan echimlar 

katagi maydonida ko’rsatiladi. Buning uchun biz avval aniqlab nom berib qo’ygan 

X  massiv  nomini  kiritish  yoki  sichqoncha  yordamida  J7:N10  diapozonni  ajratib 

ko’rsatish mumkin.  

Chegirmalar  sistemasi  (doimo  mavjud,  chunki,  hech  bo’lmaganda,  X

ij 


lar 

noldan  katta  bo’lishi  kerak)  «Ограничения»  (Chegaralar)  maydonida 

ko’rsatiladi.  Chegara  qo’shish  uchun  «Добавить»  (qo’shimcha)  tugmasi  orqali 

hosil  qilingan  «Добавление  ограничения»  darchasidagi  «Ссылка  на  ячейку» 

(shartlar  qabul  qiluvchi  yacheyka)  uchun  «Ограничения»  maydonida  shartlar 

kiritaladi (Bu erda shartlar =, >, <, <=, >= matematik simvollar orqali ko’rsatiladi).  

Bizning misolda X

ij



0  hamda Х

ij

 butunligi sharti «Х=целое» (butun) hamda 



Х>= ko’rinishida kiritiladi.  

 

 

45 



 

Talab va taklif teng bo’lishi hamda omborda  mahsulot qolib ketmasligi sharti 

esa  "J11:N11=J12:N12  -  (qilingan  xarajat  iste’molchi  talabidan  kam  bo’lmasligi 

kerak)  kiritiladi.  Bu  erda  tenglik  belgisi  o’rnida  >=  belgisi  maqsadga  qarab  o’z 

o’rnida ishlatishi mumkin.  

Xuddi 


shunga 

o’xshash 

"Добавление 

ограничения" 

darchasida 

"О7:О10=Р7:Р10" shartni ham kiritamiz. 

 

 

 



   

Поиск решения bu holdagi umumiy ko’rinishi quyidagicha  bo’ladi.  

 

 

 



 

 

 



Endi  natijani  olish  uchun  «Выполнить»  tugmasini  bosamiz.  Mos 

echimlarni topish echimlarni topish jarayoni boshlanadi ma’lumotlar qatorida ish 

borishi haqida ma’lumotlar ko’rsatilib turiladi.  

So’ng «Результеты поиска решения» (natijalar) darchasi hosil bo’ladi. 

Natijalar X massiviga mos ravishda yozildi. 

 

 



 

 

 



Ushbu  masalani  hal  qilish  algortimini  saqlab  qolish  imkoniyati  mavjud 

bo’lib,  u  ham  «Результеты  поиска  решения»  (Echimni  topish  natijalari) 

darchasi orqali amalga oshiriladi. 


 

 

46 



 

  

Ushbu  darchadagi  «Сохранить  сценарий»  orqali  echimni  topish 



algoritmiga  nom  berib,  saqlab  qo’yamiz.  «Справка»  tugmasini  bosish  bilan 

qo’shimcha  ma’lumotlarni  olishimiz  ham  mumkin.  Echimlar  ko’rsatilgan  jadval   

quyidagicha tasvirlandi: 

 

Excel  dasturining  yana  bir  imkoniyati  -  diagramma  yordamida  echimlarni 

grafik  ko’rinishda  ham  ifodalash  mumkin.  Buning  uchun  Вставка  -  > 



Диаграмма buyrug’idan foydalaniladi.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

47 



 

2.3.Elektron jadvallar moduli bo’yicha ma’ruza, amaliy-laboratoriya  

mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish  metodikasi 

 

 

Mamalakatimizning  rivojlanishi,  dunyo  miqyosidagi  o’rni  va  solohiyatida  



ta’lim  sohasidagi  islohotlarning  amalga  oshirilishi  va  kiritilayotgan  yangiliklar 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  va  amaliy 

ishlar  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  va  «Ta’lim  to’grisida»  gi  qonunlarda 

ko’rsatilgan talablarga mos keladi [1]. 

 

Ta’lim  tizimidagi  bu  islohotlarning  amalga  oshirilishi  natijasida  har  bir 



fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlarida fanning uzviylik 

va uzluksizligini ta’minlash asosida hayot bilan boglab olib borish jihatidan qarab 

o’tish  kerak.    Shu  sababli      kasb-hunar  kollejlarida  informatika  fani  umumta’lim 

fani sifatida kiritilgan.  

Informatika  umumta’lim  fanining  maqsadiga  ko’ra,  o’rta  maxsus,  kasb-

hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga informatika ning amaliy 

jihatlari 

haqida 


bilimlar 

berish, 


zamonaviy 

kompyuterlarning 

dasturiy 

ta’minotlaridagi  amaliy  dasturlar  paketidan  foydalanib,  mutaxassislikka  yaqin 

amaliy ishlarni bajarish, ularning kelgusi mutaxassislik hayotidagi malakasini hosil 

qilish  va zamonoviy axborot texnologiyalari haqida ma’lumotlar berishdan iborat. 

Bu esa talabalarning o’zi ustida ishlashini, tanlagan kasbiga, maqsadiga erishishni 

hamda o’z ishlarini nazorat qilishlarini talab etadi. 

Ushbu  fanni  o’qitish  asosan  ma’ruza  va  amaliy-laboratoriya  mashg’ulotlari 

ko’rinishda  amalga  oshiriladi.  Kasb-hunar  kollejlaridagi  informatika  umumta’lim  

fanidan  amaliy-laboratoriya  mashgulotlarini  olib  borishda  guruhlar  ikkita  kichik 

guruhlarga  bo’linadi.  Bunday  dars  jarayonini  tahlil  qiladigan  bo/lsak,    quyidagi 

kamchiliklarni kuzatish mumkin: 

-o’quvchilarning topshiriqni tushunmasdan bajarishiga olib keladi; 

-kerakli  manbalardan  foydalanmaslik,  an’anaviy  dars  shakllarida  qotib 

qolishlariga olib keladi; 



 

 

48 



 

- ko’p vaqt ketadi; 

-kasbiy  faoliyatlariga  oid  topshiriqlar  berilmasdan,  mavzudan    tashqariga 

chiqmasdan qoladi. 

 

Yuqoridagilarni  bartaraf  qilish  har  bir  pedagogning  burchidir.  Informatika 



umumta’lim  fani  yuzasidan  olib  boriladigan  mashgulot      nazariy  va  amaliy 

shakllarda  tashkil  etadi.  Nazariy  darslar  ma’ruza  shaklida,  amaliy  darslar  esa  

amaliy-laboratoriya va mustaqil ta’lim shakllarida olib boriladi.  

Kasb-hunar kollejlarida informatika umumta’lim   fanidan olib borilayotgan 

darslarni  kuzatish  jarayoniga  oid  mulohazalardan  bu  bo’lim  bo’yicha  quyidagi 

xulosalarni aytib o’tishni joiz deb topdik.  

-  Nazariya bilan amaliyot birgalikda olib borilmaydi; 

- nazariy darslarda pedagogik va axborot texnologiyalari kamdan kam vaqtda 

qo’llaniladi. 

-  amaliy darslarda topshiriqlarni tanlashga e’tibor berilmaydi; 

-  o’qituvchilarning metodikasi turlicha; 

-  mutaxassislik sohalariga tadbiqlari uchun vazifalar berilmaydi; 

-  mavzuning  asosiy  imkoniyatlari  kasbiy  sohalarga  taalluqlilari  ko’rsatib 

o’tilmaydi. 

o’qituvchi fan metodikasiga kirishdan oldin darsga tayyorlanish davrida dars 

ishlanmasi(plan 

konspekt) 

yozishi 


kerak. 

Hozirgi 


kunda 

pedagogik  

texnologiyalarning kirib kelishi bilan dars ishlanmalari takomillashib bormoqda.  

Dars ishlanmasi  tuzishdan ko’zlangan maqsad o’qituvchining dars soatidagi 

foaliyatini  rejalashtirish,  dars  mazmunini  boyitish,  ta’lim  samaradorligini 

oshirishdan  iborat.  Davlat  ta’lim  standartlari,  o’quv  dasturlari  bilan  birga  ta’lim 

jarayonida  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarining  keng  qo’llanilishi 

tufayli darsga   qo’yilgan talablar ham o’zgarib bormoqda.    

Biz  nazariy  darslarning  tashkil  etilishi  va  undagi  ma’lumotlarni  uyidagi 

«Texnologik xarita» orqali amalga oshirdik: 

1. Darsning mavzusi. 


 

 

49 



 

2. Darsning maqsadi. 

3. Darsning turi. 

4. Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar. 

5. Dars uchun jihozlar va ma’lumotlar manbalari. 

6. Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti. 

Yuqoridagi  texnologik  xarita  tartiblari  va  uni  o’qitish  jarayonidagi 

o’zgarishlarni o’zgarmas deb qabul qilmaslik kerak. Chunki mashғulot turi va uni 

o’qitish usullariga qarab o’zgartirib borish ham mumkin. 

Laboratoriya mashғulotlari dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashғulot 

turi  bo’lib,  u  maxsus  jihozlangan  xona  yoki  alohida  ajratilgan  tajriba 

maydonchalarida,  shuningdek,  bevosita  ta’lim  ishiga  aloqador  ma’lum  bir 

masalalarni  (ob’ektlarni)  kuzatish,  o’rganish      yo’li  bilan  olib  boriladigan 

mashғulotdir[80].  

Amaliy-laboratoriya  mashQuloti  talaba  yoshlarning  fan  bo’yicha  amaliy  ish 

ko’nikmalarini  shakllantirib,  fan  va  texnikaga  ijodiy  yondoshishini  ta’minlaydi. 

Nazariy  olgan  bilimlarini  amaliyotda  mustahkamlaydi,  yangi  texnologiyalarning 

tahlili  va  uni  kelgusi  ishida  rejlashtirishga  imkon  yaratadi.  Bu  mashғulotda 

talabalarga  ilmiy  izlanishlar  olib  borish  malakasini  beradi  va  tajriba  natijalarini 

tahlil  qilish  va  uni  kelgusi  kasbiy  faoliyatida  qo’llay  olishning  umumiy 

metodikasini  egallash  imkonini  beradi.  Unda  talabalar  mustaqil  ravishda 

topshiriqlar  bajaradilar  va  tajribadan  o’tkazadilar.  Natijada  o’z-o’zini  baholash 

imkoniyati  yaratiladi,  ya’ni  nimalarga  qodir,  nimalarni  o’rganishi  kerakligini 

anglab etadilar. 

 Amaliy-laboratoriya  mashғulotlarini tashkil etish va ularni  o’tkazish usullari 

haqida  ham  bir  qator  olimlar  ilmiy  tadqiqot  olib  borishgan.  Ulardan 

A.Abduqodirov,  I.Isakov,  Abduraximov  D.,  Toshtemirov  D.  lar  ilmiy    ishlarida 

ta’lim  tizimidagi  informatika    va  boshqa  fanlar  bo’yicha    laboratoriya 

mashғulotlarining  o’rni,  ahamiyati,  tashkil  etish  usullari  va  ularni  o’qitishda 

qo’llash  haqida to’xtalib o’tganlar. 



 

 

50 



 

Biz  quyida  amaliy-laboratoriya  mashғulotlarini  rejalashtirish  va  uni  tashkil 

qilishning  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalariga  asoslangan  holda 

quyidagi bosqichlarini keltirishni lozim topdik. 

- amaliy-laboratoriya mashғulotining mavzusi; 

- mavzuning maqsadi, o’quvchilar shu mavzu asosida nimalarni bilib oladilar 

va qanday ko’nikma, malakalarni hosil qiladilar; 

- nazariy  materiallar  bilan  qisqacha      tanishtirish,  mavzuga  tegishli  ayrim 

formulalar va funktsiyalar tavsifini keltirish; 

- namunaviy topshiriqlarni keltirish; 

- talabalarning  mustaqil  bajarishi  mumkin  bo’lgan  topshiriqlarni quyidagicha  

3 turga ajratish mumkin:  



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling